II. Almashtirish (lot.–conversio) shunday mantiqiy xulosa chiqarish usuliki, unda xulosa berilgan mulohazadagi subyekt va predikatning о‘rnini almashtirish orqali keltirib chiqariladi:
Almashtirishda berilgan mulohazadagi terminlar hajmi e’tiborga olinishi shart.
Juz’iy inkor mulohazadan (0) almashtirish usuli bilan xulosa chiqarib bо‘lmaydi.
Almashtirishga misol: A. Hamma shifokorlar oliy ma’lumotlidir.
B. Ba’zi oliy ma’lumotlilar shifokorlardir.
Demak, almashtirish usuli qо‘llanganda mulohazadagi subyekt va predikat hajmi aniqlanadi va shu asosda mulohazadagi terminlar о‘rni almashtirilib, xulosa chiqariladi. Bu usul, ayniqsa, tushunchaga berilgan ta’riflarning tо‘g‘riligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
III. Predikatga qarama-qarshi qо‘yish (lot.– contrapositio) bevosita xulosa chiqarishning mantiqiy usullaridan biri bо‘lib, bu usul qо‘llanganda berilgan mulohaza avval aylantiriladi, sо‘ngra almashtiriladi. Natijada hosil bо‘lgan mulohazaning (xulosaning) subyekti asos mulohaza predikatiga zid, predikati esa uning subyektiga mos bо‘ladi:
Bunda, xulosadagi S ning inkor shaklida bо‘lishi xulosa bog‘lovchisining inkor etilishi natijasidir. Predikatga qarama-qarshi qо‘yishda A-YE ga, YE-I ga, 0-I ga о‘zgaradi.
Turli mulohazalardan bunday usul vositasida xulosa chiqarish quyidagi shaklda kо‘rsatilgan:
Masalan:
1. A. Hamma musulmonlar Islom diniga e’tiqod qiladilar.Islom diniga e’tiqod qilmaydiganlar musulmon emas.
Juz’iy tasdiq (I) mulohazadan predikatga qarama-qarshi qо‘yish usuli bilan xulosa chiqarib bо‘lmaydi. Chunki, «Ba’zi S-P mulohazani aylantirsak «Ba’zi S-P mas emas», ya’ni juz’iy inkor hukm kelib chiqadi. Undan almashtirish orqali xulosa chiqarib bо‘lmaydi.