Mantiqiy amallar va ifodalar Mantiqiy amallar



Yüklə 26,2 Kb.
səhifə2/2
tarix02.06.2023
ölçüsü26,2 Kb.
#123911
1   2
1-tema.Mantiqiy amallar va ifodalar

A

B

A Λ B

1

1

1

1

0

0

0

1

0

0

0

0

A va B mulohazalarning kamida bittasi rost boʻlganda rost boʻladigan yangi murakkab mulohazani hosil qilish amali mantiqiy qoʻshish amali deb ataladi.
Bu amalni dizyunksiya (lotincha: disjunctio – ajrataman) deb ham atashadi Mantiqiy qoʻshish amali ikki yoki undan ortiq sodda mulohazalarni “YOKI” bogʻlovchisi bilan bogʻlaydi hamda va “A yoki B”, “A or B” , “A V B”, “A + B” kabi koʻrinishlarda yoziladi.
Mantiqiy qoʻshish amalining rostlik jadvali quyidagicha:

A

B

A V B

1

1

1

1

0

1

0

1

1

0

0

0

A mulohaza rost boʻlganda yolgʻon, yolgʻon boʻlganda esa rost qiymat oladigan mulohaza hosil qilish amali mantiqiy inkor amali deb ataladi.
Bu amalni inversiya (lotincha: Inversio – to’ntaraman) deb ham atashadi Mantiqiy inkor amali “A EMAS” , “not A” , “ ᒣ A” , “” koʻrinishlarda yoziladi. Mantiqiy inkor amalining rostlik jadvali quyidagicha:

A

ᒣ A

1

0

0

1

Koʻrinib turibdiki, mantiqiy oʻzgaruvchilar, munosabat­lar, mantiqiy amallar va qavslar yordamida mantiqiy ifodalar hosil qilish mumkin ekan.
Mantiqiy ifodalarda mantiqiy amallar quyidagi tartibda bajariladi: inkor ( ù ), mantiqiy koʻpaytirish ( Ù ), mantiqiy qoʻshish ( Ú ).
Teng kuchli yoki bir xil amallar ketma-ketligi bajarilayotganda amallar chapdan oʻngga qarab tartib bilan bajariladi, ifodada qavslar ishtirok etganda dastlab qavslar ichidagi amallar bajariladi. Ichma-ich joylashgan qavslarda eng ichkaridagi qavs ichidagi amallar eng avval bajariladi.
Mantiqiy amallarga misollar keltiramiz.
1–misol. A mulohaza rost qiymat qabul qilsa, “A va (A EMAS)” mulohazaning qiymatini aniqlang.
Yechish. A rost qiymat qabul qilganligi uchun (A EMAS) yolgʻon qiymatga ega boʻladi. U holda rost va yolgʻon qiymatlarning koʻpaytmasidan (“VA” amali) yolgʻon natijaga ega boʻlamiz. Shunday qilib, javob “yolgʻon” ekan.
2–misol. A va B mulohazalar rost qiymat qabul qilganda A Λ B V A mulohazaning qiymatini aniqlang.
Yechish. I usul. A va B mulohazalar rost qiymatli boʻlganligi uchun A Ù B amal rost qiymat qabul qiladi. U holda jadvalga koʻra ikkita rost qiymatni mantiqiy qoʻshishdan rost qiymat hosil boʻladi. Javob: rost.
II usul. 1 · 1 + 1 = 1 + 1 = 1. Javob: rost.
3–misol. (Е > D) Λ A Λ ᒣB mantiqiy ifodaning qiymatini D = 3,2 va E = –2,4, A = “rost” va B = “rost” bo’lganda hisoblang.
Yechish. I usul. (–2,4 >3,2) munosabat notoʻgʻri boʻlganligidan bu mulohaza “yolgʻon” boʻladi. Demak, A mulohazaning qiymati “rost” bo’lsa ham (Е > D) Λ A mulohaza qiymati “yolgʻon” bo’ladi. B mulohazaning qiymati “rost”, shuning uchun ᒣB mulohaza “yolgʻon” qiymatli boʻladi. U holda (Е > D) Λ A Λ ᒣB mantiqiy ifoda “yolgʻon” qiymat qabul qiladi. Javob: yolgʻon.
II usul. (–2,4 > 3,2) · 1 · 0 = 0 · 0 = 0. Javob: yolgʻon.
4-masala. D V ᒣB Λ A mantiqiy ifodaga mos rostlik jadvalini tuzing.
Yechish. Avval jadvalning birinchi uch ustuniga A, B, D mulohazaning qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlarini yozib olamiz (7-sinfdagi ovoz berish natijalari jadvalini eslang). So’ng bajarilish tartibiga asosan amallarni yozib boramiz:

A

B

D

ᒣ B

ᒣ B Λ A

D V ᒣB Λ A

1

1

1

0

0

1

1

1

0

0

0

0

1

0

1

1

1

1

1

0

0

1

1

1

0

1

1

0

0

1

0

1

0

0

0

0

0

0

1

1

0

1

0

0

0

1

0

0

Mantiqiy amallar mantiq ilmida ham algoritmik tafakkurni rivojlantirishda ham juda katta ahamiyatga ega. Masalan, quyidagi masalani qaraylik.
5-masala. Bir kishi aytdi “Men yolg’onchiman yoki qora sochliman”. U kishi kimligini aniqlang.
Yechish. Masala shartidagi mulohazalar uchun belgilashlar kiritamiz:
D= “Men yolg’onchiman yoki qora sochliman”;
A= “Men yolg’onchiman”; B= “Qora sochliman”
U holda masala shartidagi murakkab mulohazani shunday yoza olamiz: D=A YOKI B. Bu amal uchun rostlik jadvali quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:

A

B

D=A YOKI B

rost

rost

rost

rost

yolg’on

rost

yolg’on

rost

rost

yolg’on

yolg’on

yolg’on

Endi masala yechimini topish uchun quyidagicha mulohaza yuritamiz:
a) agar A mulohaza “rost” bo’lsa, u holda masala shartidagi mulohazani aytgan kishi yolg’onchi bo’ladi va shuning uchun uning hamma gapi yolg’on. Demak, D mulohaza “yolg’on” bo’lishi kerak. Lekin jadvaldan ko’rinadiki, A mulohaza “rost” bo’lganda D mulohaza “yolg’on” bo’la olmaydi.
b) agar A mulohaza “yolg’on” bo’lsa, u holda masala shartidagi mulohazani aytgan kishi rostgo’y bo’ladi va, tabiiyki, uning hamma gapi rost. Demak, D mulohaza “rost” bo’lishi kerak. Jadvaldan ko’rinadiki, bunday hol faqat A mulohaza “yolg’on” va B mulohaza “rost” bo’lsagina o’rinli.
Javob: masala shartidagi da’voni aytgan kishi rostgo’y va qora sochli ekan.

Ikkita A va B sodda mulohaza bir paytda rost bolgandagina rost boladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali konyunksiya (lot. conjunctio – boglayman) – mantiqiy kopaytirish amali deb ataladi. Mantiqiy kopaytirishni ifodalaydigan quyidagi jadvalga rostlik jadvali deyiladi: ABA & B Ikkita sodda mulohazaning va boglovchisi orqali boglanishidan hosil bolgan yangi mulohazaga sodda mulohazalar kopaytmasi dеyiladi. A va B, A and B, A B, A·B, AB, A&B korinishlardan biri orqali mulohazalar konyunksiyasi bеlgilanadi.


Ikkita sodda mulohazaning yoki boglovchisi orqali boglanishidan hosil bolgan yangi mulohazaga sodda mulohazalar yigindisi dеyiladi. Ikkita A va B sodda mulohazaning kamida bittasi rost bolganda rost, qolgan holatlarda yolgon boladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali dizyunksiya (lot. disjunctio – farqlayman, ajrataman) – mantiqiy qoshish amali deb ataladi. A yoki B, A or B, A B, A + B, A U B korinishlardan biri orqali ikkita A va B mulohaza konyunksiyasi bеlgilanadi. AB A B
Bеrilgаn А mulоhаzаga emas shaklidagi toliqsiz felni qoshish orqali hosil qilingan yangi mulohazaga sodda mulohazaning inkori dеyiladi. A mulohazani qiymati rost bolganda yolgon, yolgon bolganda rost qiymatga ozgartira oladigan amalga inversiya (lot. inversio – tontaraman) – mantiqiy inkor amali deyiladi. A emas, not A, A, Ā korinishlardan biri orqali A mulohazaning inversiyasi bеlgilanadi. AA 01 10
A mulohaza rost, B mulohaza yolgon bolgandagina yolgon, qolgan holatlarda rost boladigan mulohazaga A hamda B mulohazalarning implikatsiyasi deyiladi. Implikatsiya sozi mahkam boglayapman degan manoni anglatadi. A=>B, A–>B korinishlardan biri orqali A mulohazaning implikatsiyasi bеlgilanadi. AAA =>
A va B mulohazalar bir vaqtda rost yoki bir vaqtda yolgon bolganda, rost boladigan mulohazaga A va B mulohazalarning ekvivalensiyasi deyiladi belgi ekvivalensiya belgisi deb ataladi. A B yozuv A mulohazadan B mulohaza va B mulohazadan A mulohaza kelib chiqadi yoki A boladi, faqat va faqat shu holdaki, agar B bolsa yoki A ekvivalent B deb oqiladi. Mantiqiy ifodalarda mantiqiy amallar quyidagi ketma-ketlikda bajariladi: 1) inversiya ( ); 2) konyunksiya (&); 3) dizyunksiya ( ); 4) implikatsiya (=>); 5) ekvivalensiya ( ). AB A B
Yüklə 26,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin