Mantiqiy, kombinatorik va nostandart masalalar



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/51
tarix10.10.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#64850
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51
4-masala. 8 ta tanganing bittasi qalbaki. Uning massasi boshqa 
tangalar masssasidan og`ir. Toshsiz, pallali tarozida ikki marta tortish 
orqali qalbaki tangani qanday aniqlash mumkin? 
Yechish. 8 ta tangani 3 tadan qilib 2 ta guruhga ajratsak, u holda
3-guruhda 2 ta tanga bo`ladi. Birinchi tortishda 1- va 2- guruhlardagi
3 tadan tangalarni tarozining har bir pallasiga qo`yamiz. Bunda 
quyidagi ikki hol bo`lishi mumkin: 
1– hol. Tarozi pallasiga qo`yilgan tangalar bir xil massaga ega.
Bu holda ikkala guruhdagi tangalar haqiqiy bo`lib, qalbaki tanga 3-
guruhda bo`ladi. U holda ikkinchi tortishda 3-guruhdagi 2 ta tangani 
tarozining har bir pallasiga bittadan qo`yamiz. Tarozining qaysi bir 
pallasiga qo`yilgan tanganing massasi og`ir bo`lsa, u qalbaki bo`ladi. 
2– hol. Agar ular bir xil massaga ega bo`lmasa, bu holda qaysi 
guruhdagi tangalar massasi og`ir bo`lsa, qalbaki tanga o`sha guruhga 
tegishli bo`ladi va qalbaki tangani aniqlash, yuqoridagi 1-masala 
yechimiga keltiriladi. 
Uning yechimiga ko`ra buni amalga oshirish uchun 1 marta 
tortish bajarilishi zarur. Demak, biz 2 marta tortish orqali qalbaki 
tangani aniqlash mumkinligini ko`rsatdik. 
Yuqorida ko`rib o`tilgan massalarda qalbaki tangalarni 
aniqlashda uning massasi boshqa tangalar massasidan yengil(yoki 
og`ir) ekanligi ko`rsatildi. Lekin agar masala shartida qalbaki 
tanganing massasi boshqa tangalar massasidan yengil yoki og`ir 
ekanligi ko`rsatilmasdan, faqat massasi farqlanishi haqida so`z 
yuritilsa, 

holda 
bunday 
masalalarni 
yechish 
jarayoni 
murakkablashadi. 


36 
5-masala. Uchta tangadan bittasi qalbaki va u boshqalardan 
massasi bilan farqlanadi. Ikki marta toshsiz, pallali tarozida tortish 
orqali qalbaki tangani qanday aniqlash mumkin? 
Yechish. Tangalarni 1, 2 va 3 sonlari bilan nomerlaymiz.
1) 
1 va 2 tangalarni tortamiz; 
2) 
Agar ularning massasi teng bo`lsa, u holda ikkala tanga 
haqiqiy bo`lib, 3tanga qalbaki bo`ladi; 
3) 
Agar ularning massasi teng bo`lmasa, u holda ulardan biri 
qalbaki bo`lib, uchinchi tanga esa haqiqiy bo`ladi; 
4) 
Qalbakiligi gumon qilinayotgan tangalarning biri bilan 
haqiqiy tangani tortamiz. Masalan, 2 va 3 tangalarni tortamiz. 
5) 
Agar ularning massasi teng bo`lsa, u holda ikkala tanga 
haqiqiy bo`lib, birinchi tanga qalbaki bo`ladi, aks holda esa 2 tanga 
qalbaki bo`ladi. 
Masalani yechish jarayonida qo`llanilgan mulohazalar zanjirini 
quyidagi blok-sxema ko`rinishida ifodalash mumkin.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin