Manufaktura bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud boʻlmagan sharoitdagi kooperatsiyadir. Manufaktura davrida ishlab chiqarishning umumlashuv jarayoni davom etadi



Yüklə 230,86 Kb.
səhifə10/17
tarix07.02.2023
ölçüsü230,86 Kb.
#83305
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bugʻ mashinasi — birlamchi porshenli dvigatel; bunda siqilgan suv bugʻining potensial energiyasi mexanik ishga aylanadi. Uzluksiz ishlaydigan Bugʻ mashinasi loyihasini I. I. Polzunov ishlab chiqqan (1763). Universal dvigatel sifatida 1774—84 yillarda J. Uatt yaratgan. 19-asr oxirigacha sanoat va transportda yagona dvigatel boʻlgan. Bugʻ mashinasini rivojlantirish ishi fabrika va zavodlarelektr stansiyalariparovozkema va lokomobillar uchun, qishloq xoʻjaligi va mahalliy sanoat ehtiyojlari uchun statsionar Bugʻ mashinasi yaratishga olib keladi. Bugʻ mashinasining tortish harakteristikasi yaxshi, ortiqcha bosim va reverslashga moslashuvchan, puxta va oddiy tuzilgan. Quvvati 15 MVt gacha, f. i. k. 20—25% ga yetadi. Kamchiligi iqtisodiy samaradorligi pastligi va quvvati cheklanganligidir.

5-savol Charlz darvin Genetika rivojlanishi

Evolutsiya" soʻzi birinchi marta Shveysariya tabiatshunosi va faylasufi Sh. Bonne (1762) tomonidan embriologiyaga oid ishlarda qoʻllangan.


Biologiyada evolutsiya (lotincha: evolution — „avj olish“) atamasi ostida organizmlar guruhi ichidagi irsiy belgilardagi farqlar kelib chiqishi tushuniladi. Bu belgilar nasl qoldirish oqibatida ajdodlardan avlodlarga koʻchirulivchi genlar ifodalanishidir. Shu genlardagi mutatsiyalar oʻzgargan yoki yangi belgilar keltirib chiqarib, organizmlar orasidagi farqlarni paydo qila oladi. Yangi belgilar, shuningdek, organizmlar guruhlari yoki turlar orasida (gorizontal gen koʻchishi oqibatida) ham kelib chiqishi mumkin. Biologiyada, evolutsiya ushbu belgilarning tabiiy tanlanish va/yoki genetik dreyf oqibatida tayinli bir guruh ichida keng tarqalishi yoki aksincha, yoʻqolib ketishida namoyon boʻladi, deb qabul qilingan.
Tabiiy tanlanish yashab qolish va nasl qoldirish uchun foydali belgilarning saqlanib qolishi va yoyilishi, zararli belgilarning esa kamayishiga sabab boʻluvchi jarayondir. Bu hodisa foydali belgilarga ega organizmlarning nasl qoldira olishi qobiliyati kuchayib, shu belgilarning keyingi avlodlarga qoldirilishi tufayli yuz beradi. Koʻp avlodlar davomida belgilarning kichik, tasodifiy va omadli oʻzgarishlari oqibatida moslashuvlar roʻy berib, shu belgilarga ega organizmlar tabiiy tanlanadi.[1] Genetik dreyf esa irsiy belgilar chastotasida tasodifiy oʻzgarishlar hosil qiladi. Genetik dreyf oqibatida paydo boʻlgan oʻzgarishlar saqlanib qolishi berilgan individ yashab qolib, nasl qoldirish yoki qoldirmasligiga bogʻliq boʻladi.
Turlarning bir taʼrifi ularni oʻzaro qoʻshilib, nasldor avlod qoldira oladigan organizmlar guruhidir, deydi. Biroq, turlar oʻzaro koʻpayishdan xoli guruhlarga ajralganida, mutatsiya, genetik dreyf va yangi belgilarning tabiiy tanlanishi avlodlar davomida farqlar yigʻilishiga va yangi turlar paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Organizmlar orasidagi oʻxshashliklar ular shunday jarayon orqali umumiy ajdoddan (yoki umumiy genofonddan) kelib chiqqanligidan guvohlik beradi.
Yerdagi turlarning vaqt oʻtishi bilan oʻzgargani 19-asr boshlaridayoq maʼlum boʻlsa-da, bu qanday qilib yuz bergani noaniq edi.[2] Evolutsiyaning tabiiy tanlanish vositasida roʻy berishi haqidagi nazariya shu oʻzgarishlar yuz berishi mexanizmini izohlab berdi; bu Charles Darwin va Alfred Russel Wallace tomonidan oʻrtaga tashlangandi va Darwin'ning 1859-yilda yozilgan Turlarning kelib chiqishi haqida kitobida yoritilgandi.[3] Bu nazariya odamlar ilohiy kuch tomonidan hayvonot olamidan ajratilganiga ishonuvchi diniy peshvolar qarshiligiga uchradi. 1930-larda Darwin tabiiy tanlanishi Mendel'ning nasldorlik nazariyasi bilan qoʻshilib, zamonaviy evolutsion sintez shakllandi; u evolutsiya birliklari (genlar) va mexanizmi (tabiiy tanlanish) orasida aloqa oʻrnatdi. Bu nazariya koʻp narsani izohlovchi va bashorat qila oluvchi boʻlib chiqib, zamonaviy biologiyaning asosiy tashkillashtiruvchi prinsipiga aylandi va Yerdagi hayot shakllari orasidagi farq va oʻxshashliklarni tushuntirib bera old.Evolutsiya eng avvalo insonlar va barcha tirik organizmlaring kelib chiqish tarixini oʻrganadi. Evolutsiya faqatgina tirik organizmlarda balki barcha narsalarni kelib chiqish jarayonini oʻrganadi.

6-salov
FRENSIS BEKON 
(LORD VERULAMSKIY)
(1561-1626)

Ingliz faylasufi Frensis Bekon 1561 yilning 21 yanvarida Londonda tug‘ildi. U Angliyaning siyosiy hayotida ko‘zga ko‘rinarli o‘rin egallagan dvoryan oilasiga mansub bo‘lib, otasi Nikolas Bekon qirolicha Yelizavetaning birinchi vaziri va muhrdori edi.


Bekonning onasi – Anna Kuk qirol Eduard VI ning tarbiyachisi bo‘lib xizmat qilgan.
1573 yilning bahorida 12 yoshli Bekonni Kembrijdagi Triniti kollejiga tahsil olish uchun jo‘natadilar.
Frensis Bekon 16 yoshdan boshlab ingliz diplomatlari tarkibida bir necha yil Farangistonda xizmat qiladi. U yerda Farangiston madaniyati, ilm-fanining taniqli namoyandalari bilan tanishadi.
Bekon 18 yoshida otasidan ayriladi. 23 yoshida qirolicha Yelizavetaning nufuzli a’yonlaridan sanalgan amakisi lord Berli ko‘magida mamlakat parlamentiga saylanadi.
F.Bekon Angliyaga qaytgach, huquq ilmini o‘rganishga kirishadi.
U huquqshunoslik uyushmasining rahbari lavozimiga tayinlanadi. Bekon keng miqyosdagi sud amaliyotlarini olib boradi va huquqshunoslik masalalariga doir asarlar yozadi. Bekonning sud jarayonidagi yuksak mahorati hamda sud hakamlari yig‘ilishidagi so‘zamolligi va aql-farosati barchani hayratga solgan. Hech kim uningchalik aniq, qisqa, zalvorli, ayni damda o‘ta ma’nodor gapirolmagan. U so‘zlayotganda tinglovchilar har bir so‘zni jon quloqlari bilan tinglab, kiprik qoqmay o‘tirishgan.
Bekon 52 yoshida Angliyaning bosh prokurori etib saylanadi.
1617 yildan esa qirol Yakov I ning muhrdori bo‘lib xizmat qiladi. Keyinroq lord-kantslerlik martabasiga ko‘tariladi. 
1621 yilda Bekon parlament tomonidan fitnachilik va poraxo‘rlikda ayblanib sud qilinadi. Sud Bekonga 40 ming funt-sterling jarima solish va Tauer qal’asiga bandi etish haqida hukm chiqaradi. To‘g‘ri, ikki kundan so‘ng bu hukmning ayrim bandlari bekor qilingan bo‘lsa-da, ammo Bekonning davlat arbobi sifatidagi faoliyati butkul barham topadi. Lordlar palatasining hukmiga muvofiq u qirol saroyiga yaqinlashmaslik va 12 mil uzoqlikda yashashga mahkum etiladi.
Faylasuf hayotining so‘nggi yillarini betoblik va qashshoqlikda o‘tkazadi. 1626 yilning bahorida u tovuq go‘shti qor ostida qanday saqlanishini sinab ko‘rish uchun uni qo‘llari bilan qorga ko‘madi va shu bahona bo‘lib, qattiq shamollaydi. Bir necha hafta xastalanib yotgach, vafot etadi.

RENE DEKART


(1596-1650)

Farangistonlik faylasuf, riyozatchi, tibbiyotshunos olim va uslubiy nazariyotchi Rene Dekart Turen muzofotining Lae shaharchasida dvoryan oilasida dunyoga keldi.


1606 yilning bahorida otasi Dekartni La-Fleshdagi diniy kollejga o‘qishga jo‘natadi.
1618 yilda Dekart Gollandiyaga jo‘naydi va o‘z xohishi bilan armiyaga yollanib, ispan-avstriya qo‘shinlariga qarshi kurashda ishtirok etadi.
1619 yildan boshlab Dekart falsafa bilan jiddiy shug‘ullanishga kirishadi.
1625 yilda Dekart Parijga keladi va olimlar bilan tanishadi. Faylasuf bu yerda tarixda «odam jurnal» deb nom qoldirgan Mersen Maren bilan yaqin do‘st tutinadi.
Rene Dekart tabiatan qiziqqon bo‘lsa-da, bahs va tortishuvlar chog‘ida doimo o‘zini munosib tuta bilgan. U birinchi bo‘lib «Efir» atamasini va u haqidagi g‘oyani fan olamiga olib kirdi. «Fikrlayapman, demak mavjudman», — degan naqlni ham Dekart o‘ylab topgan. Shuningdek, u birinchi bo‘lib, kamalakning paydo bo‘lish sabablari va uning tabiatini tushuntirib berdi.
Dekart 1650 yilning 11 fevralida yetti kun davom etgan ayovsiz bezgak xurujidan so‘ng vafot etadi.
Bizgacha Rene Dekartning quyidagi asarlari yetib kelgan: «Aqlni boshqarish qoidalari», «Koinot yoki olam haqida mushohadalar», «Falsafa ibtidosi», «Uslub haqida mushohadalar», «Handasa» va boshqalar.


Yüklə 230,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin