Manufaktura bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud boʻlmagan sharoitdagi kooperatsiyadir. Manufaktura davrida ishlab chiqarishning umumlashuv jarayoni davom etadi



Yüklə 230,86 Kb.
səhifə6/17
tarix07.02.2023
ölçüsü230,86 Kb.
#83305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
81-bilet
Yangi davr deb ataluvchi zamonda F.ning ijtimoiy roli yanada oshdi. U madaniyatning muhim tarmogʻi va texnikaning nazariy asosiga aylana boshladi. 16—17-asrlarda klassik fizikaning poydevori qurildi. F.ning nazariya darajasiga koʻtarilganligi tafakkurning induktiv va deduktiv rivojlanishiga yoʻl ochib berdi. Mavjud ilmiy faktlar I.Nyuton tomonidan dinamikaning asosiy qonuni sifatida taʼriflandi. Bu umumlashtirilgan qonundan 16—19-asrlarda xususiy qonuniyatlar kashf etildi. Lagranj, Eyler, Gauss va boshqa ijodi mexanikani moddiy nuqtalar sistemasi tarzida shakllanishiga olib keldi. Mexanika F.i shu darajada mantiqiy rivojlandiki, har xil soha olimlari unga havas qila boshladilar va uning isbotlangan qonuniyatlaridan boshqa sohalarda ham foydalanish harakatiga tushdilar.

Sanoatda tub oʻzgarishlar yuz berishi (18-asr oxiri) tufayli F.ning taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. 19-asrda fizikada yangi F.lar (termodinamika, klassik elektrodinamika) paydo boʻldi, biol.da evolyutsion taʼlimot va hujayra nazariyasi vujudga keldi, energiyaning saklanish va oʻzgarish qonuni shakllandi, astronomiya va mat.da yangi konsepsiyalar rivojlandi (J.Maksvell, M. Faradey, J. Lamark, Ch.Darvin, T.Shvann, M.Shleyden va boshqalar). Geom. sohasida inqilobiy taʼlimot yaratildi: asrlar davomida hukm surib kelgan Yevklid geometriyasi yagona emasligi, balki noyevklid geom.lar ham borligi N.Lobachevskiy tomonidan bayon etildi va keyinchalik isbotlandi. DM.Mendeleyevning davriy sistemasi xar xil kimyoviy elementlar orasidagi ichki boglanishni ifodaladi. Mat. va fizikada 20-asrda ham katta yutuklar qoʻlga kiritildi, texnika F.larida radiotexnika, elektronika kabi sohalar paydo boʻldi. F. va texnikaning yanada rivojlanishiga taʼsiri borgan sari ortib borayotgan kibernetika vujudga keldi. Fizika va kimyo F.laridagi muvaffaqiyatlar hujayralardagi biologik jarayonlarni yanada chuqurroqoʻrganishga imkon berdi, bu hol qishloq xoʻjaligi va tibbiyot F.larining rivojlanishiga olib keldi. F.ning ishlab chiqarish bilan yaqin hamkorligi yuz berib, uning ijtimoiy xayot bilan aloqalari mustahkamlana boshladi. Hozirgi F.lar fantexnika inkilobinnng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

F. tizimi umuman kuyidagi katta guruhlarga boʻlinadi: tabiiy F.lar, gumanitar F.lar, texnika F.lari va ijtimoiy F.lar. Bu guruhlarning har qaysisidan juda koʻp mustaqil F. sohalari ajraladi. Mustaqil F.lar bir-biriga bogʻliq sohalarda ilmiy izlanishning yirik va istiqbolli muammolarini yechishga toʻgʻri keladi, bu hol hrz. paytda fanlararo va kompleks tadqiqotlarni keng avj oldirishni taqozo etadi. Tabiatni muhofaza qilish muammosi bunga yaqqol misol boʻla oladi. Bu muammo texnika F.lari, Yer toʻgrisidagi F.lar, biol„ mat., tibbiyot, iqtisodiyot va boshqalar bilan qoʻshilib ketgan. Bu xildagi ilmiy va ilmiytexnik muammolarni hal qilish uchun xoz. fanlarda tadqiqotlarni dasturiymaqsadli tashkil etish metodi keng qoʻllaniladi. Ilmiy tadqikrtlarni 2 ga: fundamental va amaliy tadqiqotlarga ajratish qabul qilingan. Tabiat, jamiyat, tafakkurga xos qonunlarni bilib olish fundamental tadqiqotlarning, bu tadqiqotlar natijalarini bilim orttirish va ijtimoiyamaliy muammolarni hal qilish uchun qoʻllash amaliy tadqiqotlarning vazifasidir. Fundamental tadqiqotlar, odatda, amaliy tadqiqotlardan oldinda boradi va ular uchun nazariy asos yaratadi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash, ilmiy yutuqlar natijalarini amaliyotga tezroq joriy etish — hozirgi davr F.i uchun muhim vazifalardan biridir.

Hozirgi davrda F. jamiyat taraqqiyotini olgʻa siljituvchi kuch va vosita boʻlib qolayotganligini kuzatish mumkin. Xalq va millat dunyoqarashini shakllantirish, taʼlimtarbiya, axloq normalarini vujudga keltirish, maʼnaviy barkamol insonni tarbiyalashda F. alohida oʻrin tutmoqda. Mustaqillik sharoiti Uzbekistonda F.ning rivojiga katta ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Avvalo, F.imiz strukturasi keskin oʻzgardi: maʼnaviy F.lar hisoblanuvchi tasavvuf ilmi tiklandi, hadis bilimlariga yoʻl ochildi, binobarin, ziyolilarimiz, talabalarning ruhiy dunyosi ancha boyidi, yangi oliy oʻquv yurtlari, universitetlar tashkil qilindi;



Yüklə 230,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin