Manufaktura bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud boʻlmagan sharoitdagi kooperatsiyadir. Manufaktura davrida ishlab chiqarishning umumlashuv jarayoni davom etadi



Yüklə 230,86 Kb.
səhifə5/17
tarix07.02.2023
ölçüsü230,86 Kb.
#83305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Aloqa – turli vositalar yorda-mida axborotlarni uzatish va kabul ki-lish; xalq xoʻjaligining pochta, tele-fon, telegraf, radio, televideniye va boshqa orqali axborotlarni uzatish va qabul kilishni (pochta orqali buyumlar yubo-rishni ham) ta’minlaydigan tarmogʻi. Aloqa jamiyatning ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliya-tida, davlat, qurolli kuchlar va jami transport turlarini boshqarishda, shuningdek aholining madaniy-mai-shiy ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyatga ega. Qadimda xabarlar bir manziddan ikkinchisiga choparlar, kabutarlar yor-damida yetkazilgan, ularni uzatishda shartli signallar – gulxanlar, chiroqlar, har xil ovoz chiqaruvchi asbo-blar qoʻllanilgan. Keyinchalik xabarlar yozma holda joʻnatiladigan boʻldi, natijada pochta aloqasi paydo boʻldi. Sanoat va savdo taraqqiyotining jadal sur’atlari axborotlarni tez yetkazishga imkoniyat yaratadigan yangi Aloqa usullariga katta ehtiyojni yuzaga keltirdi. 18-asr oxirida optik aloqa paydo boʻldi, 19-asrda axborotlarni sim orqali katta tezlikda uzatishning elektr usullari kashf etildi. 1832-yilda P. L. Shilling elektr telegrafii yaratdi. 1837-yilda S. Morze elektromagnit telegraf apparatini (qarang Telegraf ayaoqasi), 1876-yilda A. G. Bell telefonii (qarang Telefon aloqasi) kashf etdi. A. taraqqiyotida navbatdagi eng muhim boskich – A. S. Popov tomonidan Simeiz aloqa – radioaloqaning yaratilishi boʻldi. Shundan soʻng A. vo-sitalarining texnika taraqkiyoti tez sur’atlarda bordi, axborotlarni ishon-chli va tez uzatishi, quvvati va liniyalari soni jihatidan katta ustunlikka ega boʻlgan yangi tizimlar paydo boʻldi va keng qoʻllanila boshladi. Birinchi
telefondagi so'zlashuv 1876-yil
10-mart kuni bo'lgan. Bellning shimiga kislota quyiladi va u o'z
hamkasbiga telefon orqali
murojaat etib:-Janob Uotson, siz
hozir mening oldimga kela
olasizmi, menga kerak bo'ldingiz-
deydi. Birinchi telefon stansiyasi 1877-yili Kannikuta (AQSh)da
ochildi. Stansiyadagi telefonchilar
abonentlarni bir biriga qo'l bilan
bog'lab bergan. 1883-yilda Boston
va Nyu-York orasida yangi telefon
aloqasi yo'lga qo'yildi. Shundan so'ng telefon aloqasi dunyo
mamlakatlarida juda tez tarqaldi.
Bu ixtironi fan texnikaning katta
yutuqlaridan biri desak bo'ladi.
Telefon aloqasi to hozirgi
kungacha ko'p bosqichlardan o'tdi. Ular kun sayin mukammallashib
va takomillashib bormoqda.

90-bilet
Yangi usul maktablari — musulmon maktablarining taʼlim usuli va dasturlarini isloh qilib, bolalarga ona tilida xatsavod oʻrgatgan va yangilik gʻoyalarini ilgari surgan oʻquv yurtlari. Dastlab Qrimning Boqchasaroy shahrida 1884-yil maʼrifatparvar Ismoilbek Gasprinskiy tomonidan tashkil etilgan va u "usuli savtiya tadrijiya" ("rivojlanuvchi tovush usuli") maktabi boʻlgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Turkistonda tijorat va sanoatning rivojlanishi bu sohalarni boshqara oladigan shaxslarni yetishtirish ehtiyojini tugʻdirdi. Koʻp asrlik maktabxonalar yoshlarga zarur dunyoviy bilim va koʻnikma bermas edi. Shuning uchun yangi usulda taʼlim beradigan maktablar ochila boshladi. 1893-yil Buxoro amiri Abdulahadxon ruxsati va Moʻminxoʻja Vobkendiy va gʻijduvonlik Domla Fozil saʼyharakati bilan dastlabki yangi usul maktabi ochildi. Oʻzbekiston hududida keyingi Yangi usul maktablarim. 1898-yil Qoʻqonda Salohiddin domla va Samarqanddagi paxta zavodi huzurida tatar muallimlari tomonidan ochilgan (oʻzbeklar bu davrda bunday maktablarni "noʻgʻoy maktab" deb atagan). 1900-yildan boshlab Toshkentda jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Munavvarqori Abdurashidxonov, Samarqandda Abduqodir Shukuriy (Shakuriy) tashkil qilgan Yangi usul maktablarim. ish boshlagan. Bunday maktablar Andijon va Namanganda, Xiva xonligida ham ochilgan. 1908-yil Buxoroda A. Burhonov tomonidan tashkil etilgan boshqa yangi usul maktabi koʻp oʻtmay yopib qoʻyilgan. Yangi usul maktablarim.da maktabxonadagi yakka oʻqitish usulidan sinfda dars berish usuliga oʻtildi, sinflarda geogr. xaritalari, globus va boshqalar koʻrgazmali qoʻllanmalar paydo boʻldi. Yangi usul maktablarim.da xatsavod bolalarning ona tilida tovush usuli — usuli savtiyaaa oʻrgatilgan. Maktablar asosan 1— 4sinfdan iborat boshlangʻich maktablar boʻlgan. 1913/14 oʻquv yilidan ayrim joylarda 2 bosqichli tizim joriy qilina boshlandi. Bu tizimdagi maktablar namuna maktablari deb atalib, ularning 1bosqichi tahziriy (boshlangʻich) sinflar, 2bosqichi rushdiy (yuqori) sinflar deyilgan. Xususan, M.Abdurashidxonovning namuna maktabi, A. Shukuriyning Samarqanddagi va A. Ibodiyevttt Qoʻqondagi maktabida rushdiy (yuqori) sinflar (5— 6sinf) ham ish boshlagan.

YA.u.m. uchun maxsus binolar qurilmatan. Ular xususiy boʻlib, koʻp hollarda maktab uchun muallimning oʻz uyidan yoki biron boʻsh turar joy binolaridan hamda baʼzi shaxslarning tashqi hovlilaridan foydalanilgan. Chor hukumati amaldorlari bunday maktablar milliy madaniyatning oʻsishiga yordam berishidan choʻchib, podsho hokimiyati uchun xatarli deb hisobladilar. Shuning uchun ularning faoliyatini boʻgʻib qoʻyadigan turli tadbirlar qoʻrildi. Xususan, 1911-yilda mahalliy millat maktablarida (rustuzem maktablaridt tashqari) oʻquvchilar qaysi millatdan boʻlsa, muallimlar ham shu millatdan boʻlishlari lozim degan qaror qabul qilindi. Shu qaror asosida tatar muallimlari ishdan boʻshatilib, bir necha oʻnlab Yangi usul maktablarim. yopib qoʻyildi. Yangi usul maktablarim.ning biron joyda rasmiy tasdiqlangan yagona oʻquv rejasi, dasturi boʻlmagan. Darslar muayyan maktab rahbari va muallimlari tomonidan tuzilgan oʻquv rejasi va darsliklar asositsa olib borilgan. Mas, A. Shukuriy oʻz maktabining 1 va 2 bosqich sinflari uchun oʻquv dasturi va rejasini Behbudiy bilan birgalikda tuzgan. Yangi usul maktablarim.da dunyoviy fanlar bilan bir qatorda diniy darslar ham oʻqitilgan. Alifbe kitobi bilan "Alifboyi Qurʼoniy" ham oʻrgatila boshlangan. Dunyoviy fanlardan fizika, kimyo, geom., arifmetika, geogr., ayrim maktablarda 4sinfdan rus tili ham oʻqitilgan. Rus tilidan imtihonlar Toshkentdagi 2 bosqichli rustuzem maktabida oʻtkazilgan va oʻquvchilar bilimi 5 balli tizim asosida baholangan. Yangi usul maktablarim.da yuqori sinflar uchun fizika, kimyo, geom. kabi oʻquv fanlaridan oʻzbek tilida darslik, oʻquv qoʻllanmalari boʻlmagan. Muallimlar bu fanlar boʻyicha tatar, turk tillarida nashr qilingan qoʻllanmalardan foydalanishga majbur boʻlganlar. Ayrim muallimlar oʻzlari darsliklar yozib, shu asosda taʼlim berganlar. Saidrasul Saidazizov "Us todi avval" (1902), Behbudiy "Risolai asbobi savod" (1904), "Risolai jugʻrofiya umroniy" (1905), Munavvarqori "Adibi avval", "Adibi soniy" (1907), Abdulvohid Burhonov "Rahbari xat" (1908), Avloniy "Birinchi muallim" (1910), "Ikkinchi muallim" (1912), Rustambek Yusufbek oʻgʻli "Taʼlimi avval", A.Ibodiyev



1. /КАПМУН~1.DOC




84-bilet

G’arbiy Evropada kapitalistik munosabatlarning paydo bo’lishi .


1. XVI asr boshlarida sanoat va qishloq xo’jaligida ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti


Evropada so’nggi o’rta asrlar XVI asr va XVII asrning birinchi yarmini o’z ichiga oladi.

Bu davrning eng muhim voqeasi – feodal munosabatlarning emirilishi va kapitalistik mu-

nosabatlarning paydo bo’lishi hisoblanadi . Angliya va Niderlandiya kabi davlatlarda bu

jarayonlar nisbatan jadal rivojlanadi .

Kapitalistik munosabatlar paydo bo’lishining asosiy sharoiti ishlab chiqaruvchi kuchlar-

ning rivoji va mehnat qurollarining mukammallashishi edi . XVI asr boshlarida hunar-

mandchilikning ba’zi sohalarida rivojlanish sodir bo’ladi . Sanoatda suv g’ildiragi tobora

keng ishlatila boradi . Antik davrdan boshlab qo’llaniladigan suv tegirmoni o’rniga XIII

asrdan boshlab yuqoridan aylantiriladigan g’ildirak qo’llanila boshlanadi . Bunday g’ildi-

rak movutsozlikda , konchilikda , metallurgiyada , qog’oz ishlab chiqarishda tarqala

boradi .


To’qimachilikda ham rivojlanish kuzatiladi . Yigiruv ishlari takomillashadi . Vertikal

to’qimachilik stanoklari takomillashgan gorizontal stanoklar bilan almashtiriladi .

Qator Evropa davlatlarida ipak va ip – gazlama ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi . Yan-

gi bo’yoqlar tayyorlanib , bo’yash jarayonining o’zi takomillashadi .

Konchilik ishlarida va metallurgiyada muvaffaqiyatlarga erishiladi . Mehnat qurollari

va qurol– yarog’lar ishlab chiqarish uchun qora metallga ehtiyoj ortishi chuyan, mis,

temir, qazib olishni ko’paytirishni talab qiladi . Yer ustidagi foydali qazilmalar bu davrda

tugagani uchun , XV asrdan ko’p tarmoqli chuqur shaxtalar qazila boshlangan . O’tga

chidamli g’ishtdan katta domna pechkalari qurilib , unga suv g’ildiragi bilan havo purkash

tufayli yuqori temperatura hosil qilingan . ( chuyan olingan ) Chuyandan to’p va o’qlar

quyilgan . Suv bilan og’ir mexanik bolg’alar haraktga keltirilgan .

Kitob bosishning ixtiro qilinganidan keyin tipografiya ishlari rivojlanib ketadi . Bu vaqt-

da avtomatik mexanizmlardan prujinali va mayatnikli soatlar ma’lum bo’lgan . XV asrdan

pista ko’mir o’rniga toshko’mir ishlatila boshlanadi .

Ishchilarning mahorati va ish tajribasi oshishi ham muhim ahamiyatga ega edi . Ishlab

chiqarish texnoligiyasi murakkablashuvi bilan mehnat taqsimotining oshishi ixtisoslashuv-

ning chuqurlashuviga, yangi kasblarning ajralishiga, ish asboblarining takomillashuviga va

mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi .

XIV – XV asrlarda kemasozlikda va dengizchilik ishlarida yutuqlar qo’lga kiritiladi .

Kemalar hajmi kattarib , ularning texnik jihozlanishi yaxshilanadi . Natijada dunyo

savdosi kengayadi .

Sanoat rivojlanib , qishloq xo’jalik mahsulotlariga talab kuchayadi va qishloq xo’jalik

mahsulotlari tayyorlanishi va uning tovarligi oshadi . Lekin qishloq xo’jaligida sanoatda

bo’lganidek keskin rivojlanish kuzatilamaydi . Feodal ekspluatatsiya dehqonlar mehnati-

ning samaradorligiga yo’l qo’ymagan .

Qishloq xo’jalik qurollari o’zgarishsiz qolsada , endi takomillashib , yaxshi metalldan

tayyorlana boshlanadi , engil va qulayroq ko’rinish oladi .

XV asr II yarmidan boshlab 1– 2 ot qo’shilgan engil pluglardan foydalana boshlaydilar.

Qishloq xo’jaligida ham ma’lum siljishlar ro’y beradi: hosildorlik oshadi, ekin maydonlari

kengayadi. Ekin maydonlarini kengaytirish uchun ko’l va botqoqliklarni , dengiz toshib tu-

radigan tekisliklarni quritish injenerlik hisoblarini taqozo qilar edi . Agrotexnika yaxshila-

nadi. Tuproqni toqf, go’ng, kul va b. bilan o’g’itlash tarqaladi. Uch dalali almashlab ekish

bilan bir qatorda ko’p dalali almashlab ekishga o’tiladi .

Chorvachilik ham rivojlanadi . Niderlandiya , Angliya , Germaniya kabi davlatlarda

chorvani bir joyda saqlab boqish qo’llaniladi , uning zotdorligi oshadi .

Uzumchilik, polizchilik, bog’dorchilik rivojlanadi. (Ayniqsa shaharlarga yaqin yerlarda)

Ekin navlari yaxshilanadi .

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari tayyorlash bo’yicha hududlarning ixtisoslashuvi kuzati

ladi. M., Gollandiya- sut chorvachiligi bo’yicha ixtisoslashadi ( sut va pishloq eksport

qilgan ) , Germaniyaning Reyn viloyatlari - uzumchilik va vinoning ba’zi turlarini

tayyorlashga, Valensiya va Granada – ipak tayyorlashga , Kastiliya – ingichka tolali

qo’ychilik va yung sotishga ixtisoslashadi .

Umuman qishloq xo’jaligida o’zgarishlar kapitalistik munosabatlarning paydo

bo’lishiga olib keladi . Biroq feodal tartiblar hali qishloq xo’jaligida tub o’zgarishlarga

yo’l qo’ymaydi .

Shahar va qishloqlarda tovar xo’jaligining kengayishi yakka ishlab chiqarishning yirik

kapitalistik ishlab chiqarish bilan almashinuviga shart – sharoit yaratadi .

Mayda feodal ishlab chiqarish o’z sodda ish qurollariga ega bo’lgan krepostnoy va

qaram dehqonlarga yer berish orqali tashkil qilingan . Tsex va qishloq hunarmandlari ham

o’z ish qurollariga va xom– ashyoga ega bo’lganlar . Kapitalistik ishlab chiqarish usuli esa

nisbatan yirik korxonalarda ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo’lgan shaxsan erkin

kishilarning yollanma mehnatiga asoslanadi . Shuning uchun ishlab chiqaruvchilarning

ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo’lishi kapitalistik ishlab chiqarishning shart– sha-

roiti hisoblanadi. Kapitalist feodaldan farqli ravishda yollanma ishchini sotishi va sotib oli-

shi mumkin emas . Bu shart – sharoitlar dastlabki kapital jamg’armalar jarayonida yarati-

ladi .


XVI– XII asrlarda savdogarlar, so’dxo’rlar tomonidan soliqlar sotib olinishi, qirollarga

katta % evaziga qarz berish, so’dxo’rlik qilish orqali ko’p miqdorda pul mablag’lari to’p-

lanadi . Davlatning proteksionizm va merkantilizm siyosati ham jamg’armalar yig’ilishiga

yordam beradi . ( proteksionizm – chetdan keltiriladigan mollarga baland boj to’lovlari jo-

riy qilinishi )

Mustamlakalarni talash – jamg’armalarning muhim manbalaridan biri edi . Ispan va

portugallar Yangi Dunyoda cheksiz boyliklarni qo’ga kiritdilar. Amerika konlarida mahal-

liy va Afrikadan keltirilgan negr – qullar ishlatilib , qimmatbaho metallar Evropaga tashila

boshlangan . Mustamlakalarda savdo savdogarlarni boyitadi . Ispan va portugallardan

keyin golland va ingliz istilochilari va savdogarlari mustamlakalarni talashni boshlaydi .

Mustamlakalardan orttirilgan boylik metropoliyaga oqib kelib , kapitalga aylanadi .

Mustamlakalardan juda ko’plab oltin va kumush oqib kelishi natijasida inflyatsiya sodir

bo’lishi “ baholar inqilobi ” deb atalgan hodisani keltirib chiqaradi . Bu esa ko’plab savdo-

garlar va tadbirkorlarning qo’lida katta mablag’ hosil bo’lishiga olib keladi . Baholar inqi-

lobi avval Ispaniya va Portugaliyaga, keyinroq Frantsiya, Angliya, Niderlandiya va b. dav-

latlarga yoyiladi .

Soliqlar oshishi, qarzlar ko’payishi natijasida shahar va qishloq aholisining katta qis-

mini ommaviy qashshoqlanishiga olib keladi . Ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish

ositalaridan mahrum qilinishi ichki bozorni kengaytiradi . Endi kechagi dehqon va hunar-

mand tovar iste’mol qiluvchiga aylanib , o’z ishchi kuchini sotib kun ko’ra boshlaydi .

Yangi mamlakatlarning kashf qilinishi va mustamlakachilik tizimining paydo bo’lishi

bilan savdo dunyo miqyosida olib boriladi . Dunyo kapitalistik bozorining yuzaga kelishi

muhim tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi , chunki mamlakatning burjuacha rivojlanish darajasi

uning dunyo bozorida tutgan mavqeiga bog’liq edi .

Shunday qilib, dastlabki jamg’armalarning natijasi yirik mablag’larga ega bo’lgan bur-

jua tipidagi tadbirkorlar paydo bo’lishiga va shahar hamda qishloq ahloisining yoppasiga

ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo’lgan pauperlarga , korxonalarning yollanma

ishchilariga aylanishiga olib keladi . Kapitalistik korxonalar kapital va yollanma

mehnatning qo’shilishini va uning natijasida qo’shimcha qiymat hosil qilinishini ta-

qazo qilgan .

Yollanma mehnat evaziga yashovchilar kapitalistik munosabatlardan avval paydo bo’-

ladi . Ayniqsa , Angliyada yerlar to’sib olinib, qo’ychilik yaylovlariga aylantirilganda

aholi qashshoq – daydilarga aylanadi . Qirol farmonlaridan birida : “ Avval 200 kishi

ishlagan maydonda 2– 3 cho’pon qolgan” – deyilgan edi . Qolganlari haydab yuboriladi .

Kapitalistik korxonalarda mehnat og’irligi ham daydilar ko’payishiga sabab bo’ladi .

Ayniqsa , Niderlandiya , Frantsiya va Ispaniya kabi davlatlarda daydilarga qarshi qonli

qonunlar chiqariladi . Daydilar hatto o’limga mahkum etilganlar . Daydilarni yumushxona-

larga joylashtirganlar . Bunday joylarda og’ir mehnatdan va ochlikdan ko’plab daydilar

halok bo’lganlar . Shu usullar bilan kapitalistik korxonalar uchun ishchilar armiyasi hosil

qilingan .

Kapitalistik ishlab chiqarishning ilk shakli oddiy kapitalistik kooperasiya bo’lib , buna

tadbirkor bir xil ishni bajaruvchi mayda hunarmandlarni ishlatgan . Ish qurollariga ko’ra

manufaktura o’rta asr hunarmandchiligidan kam farq qilgan ( lotin “ manufaktura”– qo’lda

ayyorlash ) . Biroq alohida korxonalarda mehnat taqsimoti sodir bo’lgan . Ishchilar alohi-

da vazifani bajarganligi mehnat unumdorligini oshirgan . Manufakturaning tsex cheklovla-

ridan xoli ekanligi uning rivojlanishiga imkon beradi . Manufakturaning uch asosiy ko’ri-

nishi mavjud bo’lgan: markazlashgan, tarqoq va aralash. Markazlashgan manufaktura nis-

batan samarali va rivojlangan bo’lgan . Bu yirik kapitalistik korxona bo’lib , yuzlab ishchi

har xil ishlarni bajarganlar . To’qimachilik , konchilik , metallurgiya , poligrafiya , shakar-

pazlik kabi tarmoqlarda markazlashgan manufakturalar paydo bo’ladi . ( Bu yerda texno-

logik jarayon ko’plab ishchilarni yonma – yon ishlashini taqazo qiladi ) . Armiya va davlat

ehtiyojlari uchun davlatlar ham markazlashgan manufakturalarga asos solganlar .

Tarqoq manufakturada savdogar yoki tadbirkor uy hunarmandlarini xom – ashyo bilan

ta’minlab, ularning mahsulotlarini sotish bilan ham shug’ullangan . Shu tariqa

hunarmandlar yollanma ishchilarga aylana boradi. Bunday manufakturalar tsex reglamenti

bo’lmagan joylarda, to’qimachilik sohasida paydo bo’ladi . Uy hunarmandlarini ishlatish

bilan birga tadbirkor ko’plab kishilar ishlaydigan manufakturalar tashkil qilganlar . Bu

yerda nisbatan murakkab va muhim operatsiyalar bajarilgan . ( bo’yash , tayyor

mahsulotga ishlov berish va b., )

Chuqur mehnat taqsimoti evaziga markazlashgan manufakturalarda mehnat unumdor-

ligi oshadi . Hamma operatsiyalarni bajargan ishchi bir kunda 20 igna tayyorlagan bo’lsa ,

bunday manufakturalarda 10 ta ishchi ma’lum bir operatsiyani bajarib, 4800 igna tayyorla-

gan . Mehnat taqsimoti ma’lum bir ishchi bajaradigan ishni mexanizlashtirish –

mashinalarni paydo bo’lishiga turtki bo’ladi . Feodal munosabatlari hukmronligi davrida

markazlashgan manufakturalar kamdan – kam uchraydigan voqea edi .

Reformatsiya davrida katolik cherkovi va monastir yerlarini musodara qilinishi va soti-

lishi Angliya , Germaniya va Niderlandiya kabi davlatlarda dehqonlarning ommaviy ra-

vishda yashash vositalaridan mahrum bo’lishini tezlatdi . Reformatsiya yer egaliklari qo’l-

dan– qo’lga o’tishiga va agrar munosabatlar xarakteri o’zgarishiga olib keladi . XVI- XVII

asrlarda qishloqlarda ham kapitalistik munosabatlar paydo bo’ladi . Biroq ish qurollari ri-

vojlanishi , ijtimoiy mehnat taqsimoti va feodal munosabatlarning emirilishi qishloqlarda

sekin boradi . Shunga ko’ra kapitalistik munosabatlar ham sekin rivojlanadi .

Qishloq xo’jaligini kapitalistik asosda qayta tashkil qilish uchun Angliya va Niderlan-

diyada qulay shart – sharoit yuzaga keladi . Angliya dvoryanlari va burjuasi musodara qi-

lingan monastir yerlarini sotib olib , aholini haydaydi va bu yerda qishloq xo’jalik ishchi-

lari – batraklarning yollanma mehnatiga asoslangan dehqonchilik xo’jaliklari va qo’ychilik

aydonlari tashkil qildilar .

Yangi egalari yerni dehqonlarga va shahar burjuasiga ijaraga beradi. Ko’plab davlatlar-

da ijaraning birinchi shakli chorikorlik bo’lgan . Bunda mulkdor ijarachiga yer , urug’ va

ish qurollarini bergan . Ijarachi ba’zida yollanma mehnatdan foydalanib ijaraga olingan

yerda xo’jalik yuritgan . Yer nisfikorlik asosida ham ijaraga berilgan . Bunda ikki tomon

teng xarajat qilgan va daromadni teng taqsimlagan .

Fermerlik paydo bo’lgandan keyingina kapitalistik ijara yuzaga keladi . Fermer katta

yer maydonlarini ijaraga olib , yollanma ishchi kuchi bilan unga ishlov bergan . Bunday

vaqtda yer egasiga beriladigan renta yollanma ishchilar yaratgan qo’shimcha qiymatning

bir qismini tashkil etgan . Shu tariqa qishloq xo’jaligida kapitalistik ishlab chiqarish muno-

paydo bo’ladi . Fermerlik Angliyada , Niderlandiyada , Shimoliy Frantsiyada tarqaladi .

Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlarida krepostnoy mehnatga asoslangan

barshchina xo’jaliklari kengayadi . Asosiy ijtimoiy va siyosiy kuch bo’lib turgan

dvoryanlar tovar pul munosabatlari rivojlanishidan o’z manfaatlari yo’lida foydalanadilar .

G’arbiy Evropa davlatlarida shaharlarning kengayishi bilan qishloq xo’jalik mahsulotlari-

ga ehtiyoj ortishi bu hududlarda yirik barshchina xo’jaliklarini rivojlanishiga turtki beradi .

Sotishga ko’proq g’alla chiqarish uchun feodallar qarzdor dehqonlar yerlarini , jamoa

yerlarini tortib olib, o’zlarining ekin maydonlariga aylantiradilar . Bu yerda barshchina

mehnatidan foydalanishga asoslangan xo’jaliklar tashkil etiladi . Agrar munosabatlarning

bunday rivojlanishi shahar va qishloqlarda kapitalizmning paydo bo’lishiga to’siq bo’ladi .

XVI – XVII asrlarda feodal – absolyut monarxiyalar .

Feodalizm emirilib , uning asosida kapitalistik ukladning paydo bo’lishi bilan bog’liq

feodal jamiyatining iqtisodiy va ijtimoiy tizimidagi (struktura) chuqur siljishlar tufayli

feodal davlatining shakli o’zgaradi – ko’plab mamlakatlarda toifaviy monarxiya absolyut

monarxiya bilan almashadi . Qirol hokimiyati feodal aristokratlarini bo’ysundirib ,

byurokratik apparat yordamida yakka o’zi mamlakatni boshqara oladigan darajada

kuchayadi . Avval paydo bo’lgan toifa – vakillik muassasalari ( Bosh Shtatlar , Parla-

ment va h. )ahamiyatini yo’qotadi yoki umuman chaqirilmay qo’yiladi. Qonun chiqarish,

soliqlar joriy qilish, tashqi siyosat markaziy hokimiyat ixtiyoriga o’tib , qirol va unga

yaqin bo’lgan tor doiradagi mansabdorlar bilan hal qilingan . Qirol cherkovni ham

bo’ysundiradi , uning boyliklari ustidan nazorat o’rnatadi .

Dehqonlardan , shaharliklardan , burjuaziyadan olinadigan soliqlar orqali absolyut mo-

narxiyalar qo’lida katta mablag’ to’planadi. Bu monarxlar uchun ko’p sonli amaldorlar ap-

parati va doimiy armiyani saqlashga , faol tashqi siyosat olib borishga imkon bergan . Ab-

solyut monarxiyalar dvoryanlar va burjuaziya manfaatida har qanday qarshiliklarini bosti-

ra olgan . Dvoryanlar absolyut monarxiyaning ijtimoiy tayanchi hisoblangan , u dvoryan-

arning manfaatini himoya qilgan . Lekin iqtisodiy va siyosiy haq - huquqlarini

yo’qotishni istamagan feodallar va dvoryanlar qirol hokimiyati va uning byurokratik

apparatining kuchayib ketishini ham xohlamaganlar . Bu qarshiliklarni engish uchun qirol

feodallarga qarshi bo’lgan siyosiy kuchlardan – burjuaziyadan tayanch topgan . Demak ,

absolyutizm paydo bo’lishi kapitalistik munosabatlarning ma’lum darajada rivojlanishini

taqazo qiladi . Burjuaziya absolyut monarxiyani kadrlar va mablag’lar bilan ta’minlagan.

(Proteksionizm va merkantilizm orqali olinadigan daromad o’rniga) Ma’lum bir vaqtgacha

bunday ittifoq burjuaziyani qanoatlantirgan va burjuaziyani o’zini o’nglab olishiga imkon

bergan .

Absolyut monarxiyalar Evropa davlatlarida milliy sanoat va savdoni rivojlantirish

uchun va siyosiy markazlashuvni tugallanishi uchun ijobiy ahamiyatga egabo’ldi . Bu va-

zifalarni absolyut monarxiya territorial birlik va ma’lum darajadagi iqtisodiy rivojlanish

mavjud bo’lsagina amalga oshira olgan . Angliya va Frantsiya kabi davlatlarda shunday

sharoitlar bo’lgan va ular XVI asrdayoq markazlashgan milliy davlatlarga aylangan edi .

Ispaniyada kapitalistik uklad kuchsiz , mamlakat siyosiy birlashuvi tugallanmagani uchun

absolyutizm xo’jalik taraqqiyotiga va mamlakat jipslashuviga doir masalalarni hal qila ol-

magan . Germaniya , Italiya kabi tarqoq mamlakatlarda absolyutizm faqat territorial bir-


lashmalarda vujudga keladi. Bunday territorial– knyazlik absolyutizmni etnik jipslashuvga

yordam bermagan , milliy jipslashuvga to’siq bo’lgan . Burjuaziya va absolyutizmning

vaqtinchalik ittifoqi uzoqqa bormaydi. Feodal jamiyatida kapitalistik ukladning tinch –

totuv yashashi ham mumkin bo’lmay qoladi . Kapitalistik ukladning va burjuaziyaning

rivojlanishi feodal tuzumga xavf soladigan vaqt yetib keladi . Burjuaziya kuchayib, siyosiy

hokimiyatga da’vo qila boshlaganda, absolyutizm burjuaziyani talash va bostirish payiga

tushadi. Burjuaziya ham o’z davrining progressif kuchlarining manfaatini ifoda qilib ,

absolyutizmga qarshi kurash olib boradi . Bu mojaro burjua inqiloblarida o’z yechimini

topadi . Dehqonlar va shahar plebsi feodalizmni yuqotilishidan manfaatdor bo’lgani

uchun bu inqiloblarning asosiy kuchini tashkil qiladi. Germaniyadagi Dehqonlar urushi va

Reformasiya amalga oshmay qolgan dastlabki burjua inqilobi edi . 1566 – 1609 yilgi

Niderlandiya burjua inqilobi natijasida Evropada birinchi burjua respublikasi – Gollandiya

Respublikasi qaror topadi .
89.
Temuriylar Renessansi davri Osiyo va Islom tarixida XIV asr oxiridan XVI asr boshlariga qadar davrni qamrab olgan tarixiy davr edi. Islomiy Oltin asrning asta-sekin pasayishidan soʻng Temuriylar sulolasi boshqargan Oʻrta Osiyoda joylashgan Temuriylar imperiyasi sanʼat va fanlarning qayta tiklanishiga turtki boʻldi. Mazkur harakat butun musulmon olamiga keng tarqaldi va soʻnggi oʻrta asr Osiyolariga katta taʼsir koʻrsatdi.[1] Renessans soʻzi fransuzcha „qayta tugʻilish“ degan maʼnoni anglatadi va davrning madaniy tiklanish davri sifatida belgilaydi. Temuriylar davriga nisbatan mazkur atamadan foydalanish olimlar orasida noroziliklarni keltirib chiqardi, ularning baʼzilari buni temuriylar madaniyatining oqqush qoʻshigʻi deb bilishadi.[2]

Temuriylar Renessans davri Yevropa Renessansi bilan bir vaqtda kechdi. U shon-sharaf nuqtayi-nazaridan Itaiyaning Kvadrosentosiga teng deya taʼriflanadi[2] Temuriylar uygʻonish davri XV asrda, moʻgʻul bosqinlari va istilolari yakunlangach oʻz choʻqqisiga erishadi.

Fors-islom gʻoyalari asosida[3] Temuriylar renessansi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Samarqandning qayta qurilishi, Amir Temur tomonidan Temur shaxmatining kashf etilishi, Shohruh Mirzo va rafiqasi Gavhar Shodbegimning Hirotdagi (Italiya madaniy Uygʻonish markazi Florensiyaga raqobatchi sifatida mashhur) hukmronligi,[4][5] astronom va matematik olim Mirzo Ulugʻbek davri, shuningdek sanʼat homiysi Husayn Boyqaro tomonidan bir qator oʻquv dargohlarining qurilishi.[6] Amir Temur hukmronligi davrida klassik fors sanʼatiga qiziqish qayta tiklandi. Yirik qurilish loyihalari boʻlmish mavzoley, madrasa va kutubxonalar qurildi. Matematik va astronomik tadqiqotlar oʻtkazish qayta tiklandi va XVI asr boshlariga kelganda oʻqotar qurollarni oʻzlashtirishga ham erishildi.

Temur hayotligidagi asosiy qurilish ishlari sifatida Shahrisabzdagi Yozgi saroy, Bibi-Xonim masjidi va Ahmad Yassaviy maqbarasini koʻrsatish mumkin. Bu davrda Hirot shahri musulmon dunyosida ilmiy va badiiy hayotning muhim markaziga aylandi.[7] Samarqand, shaharda amalga oshirilgan qayta qurish va yuksak eʼtibor natijasida Renessans va madaniyat markaziga aylandi [8]

Temuriylar Uygʻonish davri avvalgi Buyidlar sulolasining madaniy va badiiy taraqqiyotidan farq qilar edi, chunki bu mumtoz madaniyatning bevosita qayta tiklanishi emas, balki yanada keng tarqalgan turkiy va rasmiy til kabi fors tiliga ham yangi soʻzlashuv usublarini qoʻshish ham edi. Temuriylar Uygʻonish davri Moʻgʻullar imperiyasidan meros qilib olingan [9][10][11] va Islomiy porox imperiyalari davridagi boshqa davlatlarga (Usmonlilar Turkiyasi va Safaviylar Eroni) sezilarli taʼsir koʻrsatgan.[12]


Yüklə 230,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin