Manufaktura bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud boʻlmagan sharoitdagi kooperatsiyadir. Manufaktura davrida ishlab chiqarishning umumlashuv jarayoni davom etadi


Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanishi



Yüklə 230,86 Kb.
səhifə3/17
tarix07.02.2023
ölçüsü230,86 Kb.
#83305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanishi. XII—XIII asrda bir qancha G‘arbiy Evropa mamlakatlarida oliy ma’lumot beradigan o‘quv yurtlari sifatida universitetlar paydo bo‘la boshlaydi. Universitetlarning vujudga kelishiga o‘sha vaqtlarda ko‘p evropaliklarning arab madaniyati (xususan, meditsina va falsafa) bilan tanishuvi katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu madaniyat bilan tanishishga G‘arbiy Evropa feodallarining XI asr oxirida SHarqdagi arab musulmon mamlakatlariga qarshi boshlagan Harbiy Harakatlari sabab bo‘ldi. O‘sha zamon arab mamlakatlarida madaniyat va ma’rifat G‘arbiy Evropadagi madaniyatga nisbatan ko‘p jihatdan taraqqiy qilgan edi. Xususan arablar tomonidan VIII asrda istilo qilingan Ispaniyada tashkil qilingan arab oliy o‘quv yurtlari Evropa universitetlari uchun ma’lum darajada namuna bo‘ldi. Ispaniyada arablar barpo qilgan feodal musulmon davlatining poytaxti Kordova shahrida tashkil qilingan arab oliy o‘quv yurtlarida falsafa, matematika, astronomiya, meditsina fanlari o‘qitilar edi. Evropaning turli mamlakatlaridan kelgan ko‘p talabalar Kordovada o‘qib, oliy ma’lumot olardilar.
SHuningdek, katolik va cherkov aqidalariga xilof bo‘lgan turli diniy ta’limot va bid’atlar Ham Evropada universitetlar tashkil qilinishiga ta’sir etdi, chunki mana shu bid’atlarga qarshi kurash olib boradigan oliy ma’lumotli katolik ruhoniylarga ehtiyoj tug‘ildi. Mavjud cherkov maktablari esa, bunday xodimlar tayyorlash vazifasini bajara olmas edilar. Katolik cherkoviga xilof diniy ta’limotlarning tarqalishi va rivojlanishi munosabati bilan katolik cherkovi maorif ishini batamom o‘z qo‘liga olishga majbur bo‘ldi. Natijada katolitsizmga sodiq bo‘lgan oliy malakali o‘qituvchilarga Ham ehtiyoj yuzaga keldi.
Universitetlarning paydo bo‘lishiga yana bir sabab shu ediki, Evropada katta davlatlar barpo qilinganligi va markazlashtirilgan monarxiya Hokimiyatining kuchayganligi munosabati bilan ilmli va yuksak malakali Huquqshunoslarga talab tug‘ildi. Mazkur sabablardan tashqari XII­XIII asrlarda G‘arbiy Evropa Hayotida yuz bergan iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlar, ya’ni Hunar va savdoning rivojlanishi, shaharlarning o‘sib borishi va shunga bog‘liq Holda dunyoviy shahar madaniyatining taraqqiy qilib borishi, xalqaro aloqalarning kengayishi, yoshlar o‘rtasida oliy ma’lumot olish Harakatini tug‘dirdi, bu Hol o‘z navbatida universitetlarning paydo bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.


Yüklə 230,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin