Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-686-689
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 687 www.ares.uz
KIRISH
Yangi O„zbekistonni buyuk davlatga aylanishida ta‟lim-tarbiya ishlarini
oqilona yo„lga qo„yish, o„quvchilarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va
texnologiya yutuqlari bilan doimiy ravishda tanishtirib
borish benihoya katta
ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma`naviy jihatdan yetuk, texnikaviy
bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat,
iymoni butun,
zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatliyoshlar hal qiladi. Shuning uchun,
mamlakatimiz tomonidan ta'lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, eng ilg'or
xorijiy tajribani o'rganish, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalalariga jiddiy
e‟tibor qaratilmoqda. Boshlang„ich sinf o„quvchilarining qiziqish va intilishlarini
hisobga
olgan holda, ularga har tomonlama puxta ta'lim va tarbiya berish,
dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va
ongiga milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni singdirib borish, shu orqali ularni ona
Vatanga muhabbat, pokiza orzular ruhida kamol toptirish bugungi kundagi eng
muhim, eng dolzarb masalalardan biridir.
Dostları ilə paylaş: