Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-686-689 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 689 www.ares.uz o„lgan, so„z sezgisi va mahorati yuksak yozuvchi betakror tasvir, kutilmagan, ohorli
badiiy lavhalar paydo qila oladi. Shunda kitobxon asarning nafaqat g`oyasi, balki
go„zal tilining asiriga aylanadi. Bunda umumxalq tilidagi badiiy tasvirga favqulodda
muvofiq birliklarni tanlash, saralash va sayqallash asosida, lisoniy-badiiy
qonuniyatlardan kelib chiqqan holda ularga yuklangan xilma-xil badiiy-estetik
ma'nolar hal qiluvchi rol o„ynaydi.
Matn – nutq ko„rinishi bo„lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir. Har
bir matn murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bo„lib, u og`zaki hamda
yozma ijod namunasi hisoblanadi. Tilshunoslikda matn tilning alohida birligi
(supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy
ob'ekti sifatida talqin qilinadi.
XULOSA Matn so„z birikmasi va gapdan farqlanadi, chunki matnning ham o„z
kategoriyasi va qonuniyatlari mavjud. Matn so„zining lug`aviy ma'nosida birikish,
bog`lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o„zaro qaysidir
bog`lovchilar yordamida birikishni o„rganish “Matn tilshunosligi” sohasining asosiy
muammolaridan biridir.
Shu bois, boshlang„ich ta‟lim davri o'quv-tarbiya jarayonidagi eng mas'uliyatli
davrdir. Bu paytda o„quvchining savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi
shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Boshlang„ich sinf o'quvchilarning
intellektual salohiyati, mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlari, tafakkurini
rivojlantirish, egallagan bilimlarini amaliyotda qo'llay olishlari, amaliy ko'nikma va
malakalarini hosil etishga matn yaratishning o„rni beqiyosdir.