5-rasm. Bolaga yoshiga nisbatan tarbiya berish xususiyatlari bo‘yicha tahlil natijasi (foizda)
Bolalarning muvaffaqiyatlarini rag‘batlantirishda “Oltin so‘zlar”dan foydalanish ularning psixologiyasiga qanday tasir qiladi? degan savolga 15ta (88.5 %) respondent bu bolaga o‘ziga ishonchini oshiradi deb, 2ta (10%) respondent bola raqobatga o‘rganib qoladi deb, 1ta (1.5 %) respondent maqtov so‘zlarining o‘zi yetarli deb javob bergan. Bolalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida bola shaxsining individual psixologik holatidan kelib chiqib bolaning har bir qilgan ijobiy faoliyatini munosib rag‘batlash bolaning kelajakda o‘ziga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishi haqida tadqiqotimizda keltirib o‘tildi. (6-rasm)
6-rasm. “Oltin so‘zlar” orqali bolalarning rag‘batlantirish ularning psixologiyasiga tasir qiluvchi omillar
O‘zlashtirishi past bo‘lgan bolalarga tengdoshlari orasida tanbehga qanday qaraysiz? - degan savolimizga 11ta (62%) respondent bu noto‘g‘ri deb, 5ta (28%) respondent ota-onasini ogohlantiraman deb, 2ta (10%) respondent esa shu yo‘l bilan bolani qiziqtiraman degan variantni tanlashgan.(7-rasm)
7-rasm. Bolalarining o‘zlashtirishi bilan bog‘liq munosabatlar tahlili
O‘zlashtirishda orqada qoladigan bolalar bilan ishlash jarayonida tarbiyachi mutaxasislar va psixologlar bola shaxsi bilan individual shug‘illanishi kerakligi ushbu tadqiqotimizda aytib o‘tildi.
So‘rovnomani To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 8-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari o‘rtasida o‘tkazildi. Undagi javoblar tahlil qilinganda bolalarning jamiyatga kirishi, atrofdagilar bilan munosabati, bu jarayonda ularda emotsional-hissiy kechinmalarning shakllanishi yuzasidan munozaralar bo‘lib o‘tdi. Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanishi, bu jarayonda tarbiyachi va ota-onalarning hamkorligining yo‘lga qo‘yishi bolalarning rivojlanishida, ularning iste’dodlarini yuzaga chiqishida, va kamchiliklarini bartaraf etishi uchun juda muhimligi aytib o‘tildi. 6-7 yoshdagi bolalarni hissiy tarbiyalashda tarbiyaviy vaziyatlardan foydalanish metodikasi tarbiyachilar uchun asosiy o‘qitish quroli bo‘lishi kerak .
Ta’lim vaziyati – bu tarbiyachi tomonidan pedagogik jarayonda o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan vaziyatlarni ta’lim muammolarini hal qilish uchun maxsus loyihalash jarayoni. O‘qitish jarayonida ta’limning turli turlaridan bolalar faoliyati (kognitiv, o‘yin, musiqiy, vizual, kommunikativ, teatrlashtirilgan, badiiy o‘qish) dan foydalanishni tashkil etishimiz mumkin.
Loyiha ishining emperik qismidan olingan tadqiqot natijalariga asoslanib biz tadqiqotimizning keying bosqichini SWOT tahlili orqali batafsil ochib berishga harakat qildik.
S-afzalliklari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalar va bolalar bilan muloqotchanligi.
Bola jamo fikri bilan hisoblashadi, o‘zini jamoa uchun zaruriyatini sezadi.
Bolada emotsional yetuklik va barqarorlik namoyon bo‘ladi.
O‘qishga bo‘lgan ehtiyoji va qiziqishi ortadi.
Bola shaxsida o‘ziga bo‘lgan ishonch ortadi.
|
|
Dostları ilə paylaş: |