Maqola haqida



Yüklə 184,4 Kb.
səhifə1/11
tarix17.09.2023
ölçüsü184,4 Kb.
#144690
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Loyih\' ishi



Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 6-7 yoshli bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirishning o‘ziga hos istiqbollari
Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim 3 boshqich talabasi
G‘ayipova Lobar Rasuljonovna
Loyiha rahbari Asilova Sanobar Xatamboyevna

MAQOLA HAQIDA

ANNOTATSIYA

Qabul qilindi: -
Tasdiqlandi: -
Jurnal soni:
Maqola raqami:
DOI:

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan 6-7-yoshli bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlanishining mazmuni, ahamiyati, maqsadi hamda vazifalari yoritib berilgan. Bundan tashqari shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonimizda bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirishning zamonaviy metodlari haqida ma‘lumotlar beribilib, ijtimoiy-hissiy rivojlanishining metodologik asoslari ko‘rsatib berilgan. Jumladan, maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek 6-7 yoshli bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlanitirish uchun bugungi kunda olib borilayotgan amaliy ishlar haqida ham maqolada to‘xtalib o‘tilgan.



KALIT SO‘ZLAR

Maktabgacha ta’lim, bola, rivojlanish, ta’lim, tarbiya, rivojlanish sohasi, kichik soha, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, ruhiy rivojlanish, “Men” konsepsiyasi, inqirozlar, muloqot.

Kirish
Bugun yurtimizda mustaqil huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolk jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan ishlar o‘zlikni anglash, imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish, o‘sib kelyotgan yosh avlodni har tamonlama yetuk, barkamol shahs qilib tarbiyalashdek mas‘uliyatli vazifa maktabgacha ta’lim muassasalari zimmasiga yuklatilingan. Maktabgacha ta’lim-bolalarning ijtimoiy-hissiy, individual va yosh hususiyatlarini, qiziqishlarini, moyilligi, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda, bola shaxsini jismoniy, ruhiy rivojlanishini ta’minlovchi , shuningdek maktabga tayyorlab, hayotga zamin yaratuvchi har tomonlama maqsadli yo‘naltirilgan yaxlit jarayonlarni qamrab olgan. Ta’lim sohasini isloh qilish bugungi kunda hukumatimiz tomonidan e‘tibor qaratilayotgan eng muhim yo‘nalishlardan biri, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan qonun va qarorlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etilmoqda.

Maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan toʻliq qamrab olishni bosqichma-bosqich ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.12.2022 yildagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-269-sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashkil etildi.1


Ma’lumki, bu tizimga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilguniga qadar tizimga zamonaviy dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlashning qarama - qarshi va moslashtirilgan modellari yetarli darajada ishlab chiqilmagan edi. Rivojlangan mamlakatlardagi kabi bolalarning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlanishiga, atrof-muhit bilan tanishtirishga qaratilgan maxsus davlat ta’lim dasturlari amalga oshirilmagan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’im tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori misolida ko‘radigan bo‘lsak, mazkur kontseptsiyani yanada rivojlantirishga qaratilgan. 2
Xususan, 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va ta’lim to‘g‘risida” gi qonuni qabul qilindi. Ta’lim tizimi to‘g‘risida bu yangi qonunda, yangi loyihalar, islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ushbu Qonun maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy tamoyillarini, ushbu sohadagi davlat siyosatining yo‘nalishlarini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, o‘z tasarrufidagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining vakolatlarini belgilaydi.
Mazkur Konsepsiyada 2030 yilgacha 3-7 yoshli bolalarning 80,8 foizini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘zda tutilgan.

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish Konsepsiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Mazkur joriy tizimda innovatsiyalar, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kengaytirish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini kompyuterlar bilan ta’minlash, internet tarmog‘iga ulash bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.3 Shu maqsadda qonun ustuvorligini ta’minlash va uni amaliy tajribada targ‘ib ettirish, jahon maktabgacha ta’lim tizimida erishilgan yutuqlarni milliy ta’lim tizimida qo‘llashda horijiy olimlar tomonidan ishlab chiqilgan texnika va yuqori texnologiyalar, metodikalarni olib kirishni o‘z loyiha ishimizda ko‘rsatib o‘tdik. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadi bolalarni maktabdagi o‘qishga tayyorlash, bolani sog‘lom hamda rvojlangan, mustaqil shaxs bo‘lib shakllantrish, qobiliyatlarini, ochib berish, o‘qishga, tizmli ta’limga bo‘lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari Davlat talablari asosida foliyat olib boradi. Davlat talablarining asosiy maqsadi mamlakatda o‘tkazilyotgan ishtimoiy–iqtisodiy isloxotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ tenalogiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta‘lim tizmda ma’nan mukammal va intllektual rvojlangan shaxsni tarbiyalashdir.4 O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablarida maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra bolaning rivojlanish sohalri, ijtimoiy-hissiy rivojlanish yo‘nalishida kattalar va tengdoshlari bilan muloqotchanlikni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi:

Jismoniy rvojlanish va sog‘lom turmush tarzini shaklantrish;
Ishtimoiy –hissiy rvojlanish;
Nutq, muloqot, o‘qish,yozish malakalari;
Bilish jaroyonini rvojlantrish;
Ijodiy rivojlanish;
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin