Maqola haqida



Yüklə 184,4 Kb.
səhifə10/11
tarix17.09.2023
ölçüsü184,4 Kb.
#144690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Loyih\' ishi

TAKLIFLAR
Yuqoridagi tahlil va fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda 6-7 yoshli bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirishda quydagi takliflarni berishimiz mumkin:


- Ijtimoiy-hissiy rivojlanish bolalik davridan shakillanadi. Ota-onalar o‘z farzandlariga shu yoshda vaqtlarini ajratishlari lozim. Sababi ota-onalar bolalarni ijtimoiylashuvi va hissiy rivojlanishida eng muhim shaxs hisoblanadi. Bolalar ota-onalari yordamida ijtimoiylashuvni osonroq amalga oshiradilar.
-Oiladagi qulay muhit va muntazam muloqot, rivojlantiruvchi o‘yinlar va ijobiy his-tuyg‘ular shaxsning uyg‘un rivojlanishiga yordam beradi. Agar inson hissiy jihatdan yaxshi ta’minlangan bo‘lsa, u hayotda katta muvaffaqiyatlarga erishadi, ko‘proq maqsadga intiladi va atrofdagilar bilan qiynalmasdan shaxslararo munosabatlarga kira oladi.
- Ijtimoiy vaziyatlarda, bolalarga o‘z his-tuyg‘ularini to‘g‘ri yo‘llar bilan ifodalashga yordam bering. Bu orqali g‘azab kabi kuchli his-tuyg‘ular boshini ko‘tarib turgan vaziyatlarda bolalar o‘zlarini boshqara olishlari osonlashadi.
- Ijtimoiy va hissiy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun ota-onalar farzandlariga boshqalar bilan o‘ynash, o‘z qobiliyatlarini namoyon etishi va his-tuyg'ularini ifodalashlari uchun imkon berishlari kerak.
-Agar bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga borib, tengdoshlari bilan muloqotga kirishsa, tarbiyachi pedagoglar tomonidan ko‘rsatmalarga to‘liq rioya qilsa, bola shaxsida ijtimoi-hissiy rivojlanishida barqaror kechishini takidlab o‘tishimiz kerak.
-Shuningdek, tarbiyachi pedagolar bolalar bilan ishlash jarayonida har bir bolaga imkon qadar individual yondashish ularning xarakter, temperamentini hisobga olgan holda motivatsiya bera olishi ularni qo‘llab-quvvatlashi bolalarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakillanishiga olib keladi.
- Maktabgacha yoshdagi bolaning hissiy sohasi boshqa bolalar bilan muloqot qilish, o‘yinlar, shu jumladan, ijodkorlik, o‘qish, ishlash, musiqa tinglash paytida shakllanib, sayqallanadi. Tarbiyachilar aynan rivojlanishda shu jarayonlarga ko‘proq e’tibor qaratishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.
-Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 6-7 yoshli bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlanishi uchun kommunikatsiya yo‘naltirilgan metodlardan foydalanib ko‘mak berish samarasi ham yuqori bo‘ladi.
- Tarbiyachi va psixolglar hamkorligi orqali bolalarda “Men” konsepsiyasini tarbiyalab borish kerak. Bu hamkorlik ishi orqali bolaning o‘zi haqidagi tasavvurlari rivojlanib boradi.
- Bolaning ijtimoiy-hisiy rivojlnishida ota-onalar va tarbiyachilar o‘rtasidagi samarali hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish ham manfaatli hisoblanadi.



Yüklə 184,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin