Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan
muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati.
Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va
olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal
qilish uchun foydalanish.
Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
· jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
· ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
· nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
· bilish jarayonining rivojlanishi;
· ijodiy rivojlanish.
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi sohasida
bolalarga mashg‘ulotlarni mujassamlashtirish, hayot bilan bog‘lab olib borish,
bolalarda o‘z-o‘zini xavfli kasalliklardan,noxushliklardan himoya qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirish ishlari olib boriladi.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanishda bolalarga asosan hikoyalar va ertaklar asosida bir-
biriga nisbatan altruizm, g‘amxo‘rlik, yordam berish, mehr-oqibat, atrofidagilar va
oila a’zolarga ijobiy munosabatning shakllanishi ko‘zda tutiladi. Shuningdek,
muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari nutq o‘stirish, tevarak – atrof bilan
tanishtirish, tasviriy faoliyat bilan shug‘ullanish, badiiy adabiyot mashg‘ulotlarida
nutq, muloqot, kommunikatsiya, o‘qish va yozish malakalari rivojlantiriladi.
Bilish jarayonining rivojlanishi - maktabgacha ta’limda barcha faoliyat
davomida amalga oshiriladi. Bunda bolaning intellektual imkoniyatlari
rivojlantiriladi. Mashg‘ulotlar, mashg‘ulotlardan tashqari tadbirlar, sayohatlar
davomida bolalarning bilishga bo‘lgan ehtiyojlari qondirib boriladi. Bu ishlar asosan,
matematik tasavvurlarni rivojlantirish, atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va
olingan bilim, ko‘nikma va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish
uchun foydalanish malakalari rivojlantiriladi.
Ijodiy rivojlanish- bolalarda dunyoni badiiy his qilish va unga estetik
munosabatda bo‘lish hislari shakllantiradi. Bu ishlar musiqiy hamda ma’naviy-
ma’rifiy tadbirlarda amalga oshiriladi. Shuningdek, tasviriy faoliyat, musiqa va
applikatsiya mashg‘ulotlarida bolalar ijodiy jihatdan rivojlantiriladi. Bu rivojlanish
natijasida bolada hayotiy vaziyatlarni oqilona hal etish malakalari ham shakllanadi.
Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini o‘qitish o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu
yoshda yechilishi kerak bo‘lgan vazifalar bog‘chada hal qilinmasa, maktab ta’limi
samarali va muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Bu vazifalardan biri oddiy bilimlar va tafakkur
usullaridan murakkab bilimlarga o‘tishdan iborat. Bu xildagi o‘tish saviyasi, ayniqsa,
matematik bilimlarni egallash uchun zarurdir. Bunday saviyaning yetarli bo‘lmasligi
ko‘pgina qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi.
Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarga matematika o‘qitishda oddiydan
murakkabga o‘tish saviyasining mazmuni quyidagilarni tashkil etadi:
Birinchidan, bola shunday faoliyat va masalalarni o‘zlashtirishi kerakki,
ularda matematik operatsiyalarni qo‘llashning zarurligi yaqqol ko‘rinib turadi.Bunda
bolada ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan
muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahoratini
rivojlantirish zarur. Bola o‘ziga tushunarli bo‘lmagan vaziyatlardan kattalar yordami
bilan chiqa oladi. Bu bir tomondan, bolaningamaliy faoliyati bilan bevosita bog‘liq
(tenglashtirish, taqqoslashga oid) masalalar, ikkinchi tomondan, ularga shunday
shartlar kiritiladiki, bunda mazkur masalalarni matematik vositalardan foydalanmay
turib, (masalan, fazoda ajratib qo‘yilgan ikki to‘plamni amalda tenglashtirish va
solishtirish) amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, muhitning shunday munosabatlarni ajratish kerakki, bu
munosabatlarni qo‘llashi bolaga aniq buyumlardan matematik ob’ektlarga o‘tish
(masalan, buyumlarni ma’lum belgilari bo‘yicha guruhga kiritishva shu asosda
to‘plam munosabatlarini, qism-butun munosabatlarni hosil qilish) imkonini beradi.
O‘yinchoqlar, turli geometrik shakllardan foydalanib mashg‘ulot o‘tish bolalarning
bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlaydi. Ularda o‘yin kompetensiyasi
rivojlanadi.
Uchinchidan, maktabgacha tayyorlov guruhi bolalari o‘z nutqida matematik
amallarni qo‘llashda anchagina qiynaladilar. Bolada kommunikativ
kompetensiyalarni rivojlantirish maqsadida har bir mashg‘ulotlarda bolalarda
matematik nutqni rivojlantirishga erishish muhim. Bunda matematik atamalarni
boshqa turdagi mashg‘ulotlarda qo‘llash ham yaxshi natija beradi.
Integratsiyalashgan mashg‘ulotlar bolalarga yozish, hisob-kitob, rasm chizish hamda
og‘zaki nutqni rivojlantiribgina qolmasdan, ularning 1-sinfga aqliy jihatdan tayyor
holda kelishini ta’minlaydi.
To‘rtinchidan, bolada bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda
idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy
vazifalarni hal qilish uchun foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish zarur. Bu
ko‘nikmalar asosida bolalar maktabda daftar kataklariga raqamlarni yozishga
qiynalmaydilar. Tarbiyachi tomonidan to‘g‘ri tashkil etilgan matematika
mashg‘ulotlari va mashg‘ulotlardan tashqari amaliy ishlar maktabda raqamlarni
yozishda xatoliklarga yo‘l qo‘ymasliklari uchun zamin yaratadi. Bunda tarbiyachilar
raqam elementlarini yozishni o‘rgatishlari lozim. Buning ham turli usullari mavjud.
Raqam elementlarini yozishda raqamlarni buyumlarga o‘xshatish yaxshi natija
beradi. Masalan, 1 raqami barmoqqa, ikki soni oqqushga o‘xshaydi va h.k.
Davlat talablariga binoan, 6-7 yoshli bolalar hayotda
-
son va sanoqning ahamiyatini tushunishi;
geometrik shakllar va figuralarni bilishi;
20 gacha bo‘lgan ayrim matematik harakatlarni bajarishi;
10 gacha qo‘shish va ayirishli sodda matematik vazifalarni yechishi (son va
belgilarni qo‘llagan xolda +, -, =);
-
son qatori haqida tushunchaga ega bo‘lishi,
guruhlarni teng yoki teng emasligini tahlil qilishi (qanchaga ko‘p?, qanchaga kam?);
-hajmi, balandligi va qalinligiga qarab predmetlarni ketma ketlikda joylashtira olishi;
-shartli belgi asosida suyuq, sochiluvchan va qattiq materialni o‘lchay olishi kerak.
Bolada son va sanoqning ahamiyatini tushuntirish ishlari matematika
mashg‘ulotlarida va mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda olib boriladi.
Mashg‘ulotlarda berilgan nazariy materiallar sayr, nutq o‘stirish mashg‘ulotlari,
tasviriy faoliyat, badiiy adabiyot bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida, shuningdek, ota-
onalar bilan hamkorlik asosida uyda va bog‘chadan tashqarida (do‘konda, bozorda...)
mustahkamlanadi.
Geometrik shakllar va figuralar bilan tanishtirish ham mashg‘ulotlardan
tashqari didaktik o‘yinlar, pazllar, geometrik shakllar asosidagi grafik diktantlar
orqali mustahkamlanishi kerak. Shuningdek, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini
mujassamlashtirish davomida geometrik shakllar asosida naqshlar chizish, bir necha
shakllar yordamida yaxlit jismlarni tayyorlash, applikatsiya mashg‘ulotlarini
integratsiyalash yordamida geometrik shakllar to‘g‘risidagi tasavvurlar boyitiladi.
Shuningdek, geometrik shakllar bilan tanishtirishda dutor, rubob, nog‘ora, doira,
tanbur, chang kabi o‘zbek xalq cholg‘ularining har birini tavsifidan foydalanish katta
ahamiyatga ega. Bunda bolalarga milliy-ma’naviy qadriyatlar haqida xam
ma’lumotlar berib boriladi.
20 gacha bo‘lgan ayrim matematik harakatlarni bajarish malakalari
ko‘rgazmalar, didaktik o‘yinlar yordamida rivojlantiriladi. Bolalar 20 ichida sodda
matematik amallarni bajaradilar. Ular 20 gacha sanash va teskari sanash, 20 ichida
raqamlar ketma-ketligi, ularning qo‘shnilarini biladilar.
10 gacha qo‘shish va ayirishli sodda matematik vazifalarni yechishi (son
va belgilarni qo‘llagan xolda +, -, = ) - didaktik o‘yinlar, mashg‘ulotlar va
ko‘rgazmali qurollar (stol bosma o‘yinlari, sodda masalalar, raqamlar kassasi)
yordamida o‘rgatiladi.
Son qatori haqida tushunchaga ega bo‘lishi avvalambor bolaning son va
raqamlar, ularning mazmun-mohiyati, nimani anglatishi, sonlarning o‘ng va chap
tomon qo‘shnilarini o‘rgatish, kichik sonlardan katta sonlar tomon o‘sib borish va
kamayib borish tartibi haqidagi tushunchalarni rivojlantirish orqali o‘rgatiladi.
Guruhlarni teng yoki teng emasligini tahlil qilishi malakalari (qanchaga
ko‘p?, qanchaga kam?)–to‘plam, solishtirish, munosabat tushunchalarishakllanishi
asosida quriladi. Bu tushunchalarni shakllantirishda ham ota-onalar bilan hamkorlik,
bolani o‘rab turgan atrof-muhit, olingan bilimlarning tasdig‘ini amaliy faoliyatda
ko‘rish, avvalambor, guruh va to‘plam tushunchalarini ongli bilish asosida ularni
solishtirish, bir-biridan farqlash malakalari rivojlantiriladi.
Hajmi, balandligi va qalinligiga qarab predmetlarni ketma-ketlikda
joylashtira olishi – asosan, qurish-yasash, konstruksiyalash, matematika va
geometriyaga oid didaktik o‘yinlar yordamida rivojlantiriladi. Shu bilan birga bu
tushunchachalar ko‘chada sayohat davomida mashinalar, yo‘l va trotuarlar, binolar,
kundalik turmushda uchraydigan narsa va buyumlar,meva va sabzavotlarni
solishtirish asosida o‘rgatiladi.
Shartli belgi asosida suyuq, sochiluvchan va qattiq materialni o‘lchay olish
malakalari asosan, tajriba va amaliy ishlar davomida rivojlantiriladi. Bolaning
anglash va sezish ko‘nikmalari asosida suyuqliklar (suv, sut...larni bankalarga stakan,
plastmassa idishchalar yordamida o‘lchab solish), sochiluvchan moddalar (qum, un,
tuz, shakar...)ni bilishi, qattiq jismlarni boshqa materiallardan farqlashi ularni o‘lchay
olishi asosan, tajribalar asosida amalga oshiriladi. Bu ishlarni ochiq havoda, qum,
tuproq, maxsus gil yordamida sochiluvchan materiallarni o‘lchash imkoniyatlari
kengaytiriladi.
Darhaqiqat, bolani maktabga tayyorlash murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki
bolaning 1-sinfga tayyor holda borishi nafaqat ustozlar, balki oilaning yoshi katta
a’zolari, ota-onalar zimmasidagi eng mas’uliyatli vazifa hisoblanadi. Maktabgacha
ta’lim muassasalari bolalarida Davlat talablari asosida matematik tasavvurlarni
shakllantirish ishlariga metodik muammo sifatida e’tibor qaratilishi va mavjud
muammolarning bartaraf etilishi maktabgacha ta’limning sifatli va samarali
bo‘lishini ta’minlaydi .
1.2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhlarida bolalarning
matematik tasavvurlarini rivojlantirishning hozirgi holati.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Avvallari bu
tizim jamiyatning turli sohalarida mehnat qilayotgan ota-onalarning ijtimoiy
faoliyati uchun shart-sharoit yaratishgagina xizmat qilgan bo‘lsa, endilikda
maktabgacha ta’lim muassasalarining ish mazmuniga qo‘yilgan talablar xam
o‘zgartirildi. Asosiy vazifalardan biri kichkintoylarni maktab bosqichida o‘qishga
tayyorlashdir.Yosh avlodni o‘z xalqi, jamiyati va yurtiga fidoiylik ruhida
kelajak taqdiri uchun mas’ullikni his eta oladigan, boy milliy madaniy merosimiz va
qadriyatimizga hurmat va asrab avaylash ruhida tarbiyalash jamiyatimiz oldida
turgan kechiktirib bo‘lmas vazifa ekan, bu barcha ta’lim-tarbiya ishi bilan
shug‘ullanuvchi xodimlardan katta mas’uliyatli ishlarni bajarishni talab etadi.
O‘zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash Milliy dasturi uzluksiz ta’limni bir
butun tizimini yaratish vazifasini ilgari surdi va mutaxassislar tayyorlash sifatiga
qo‘yiladigan talablarni yanada oshirdi. Yana shunga bog‘liq holda Respublikadagi
pedagogika oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim va tarbiya jarayonini takomillashtirish
masalasi dolzarb masalaga aylandi. So‘ngi yillarda mamlakatimizda maktabgacha
ta’lim muassasalarida matematika o‘qitish o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan
nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgartirishlar amalga oshirildi.
Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi maktabgacha ta’lim
muassasalarida matematik ta’lim berish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi.
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida matematik ta’lim berish
usulining mazmuni quyidagilardan iborat:
1. Matematika o‘qitishda ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash. (Nima uchun
matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi?).
2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida matematika o‘qitish mazmunini ilmiy
ishlab chiqish (nimani o‘rgatish?). Ya’ni, bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu
bilimlar hozirgi zamon talablariga mos keladigan bo‘ladi.
3. Matematik bilim berish usullarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish
kerak?), ya’ni bolalar hozirgi kunda zarur bo‘lgan bilimlarni, malakalarni,
ko‘nikmalarni va aqliy faoliyati, qobiliyatlarini egallab oladigan bo‘lishlari
uchun o‘quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak? Matematik bilimlarni
egallash jarayonida bolalar shaxsining rivojlanishi va shakllanishini amalga
oshirish uchun qanday o‘qitish kerak?
4. Matematik bilim berish vositalarini darsliklar, didaktik materiallar,
ko‘rsatma-qo‘llanmalar, pedagogik texnologiyalar va texnik vositalarni ishlab
chiqish (nima yordamida o‘qitish).
5. Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta’limning
mashg‘ulotdan tashqari shakllarini qanday o‘tkazish?) Mashg‘ulot ishlarini qanday
tashkiliy metodlarda o‘tkazish kerak? Mashg‘ulot jarayonidagi ta’limiy va
tarbiyaviy masalalarni qanday qilib yanada samaraliroq hal qilish kerak?).
Bolalarga bilim berish maqsadlari, metodlari, vositalari va shakllari metodik
tizimning asosiy komponentlaridir.
Mashg‘ulotlar o‘quv yili boshidan boshlab haftasiga 1 martadan (1 yilda 36
marta) o‘tkaziladi. Sentabr oyida bir mashg‘ulotning davomiyligi 10 minutdan
oshmasligi kerak. Oktabr oyidan boshlab mashg‘ulot davomiyligi sekin-asta 15
minutga yetkaziladi. O‘rta guruhda mashg‘ulotlar sentabr; oyidan boshlab, haftasiga
1 marta o‘tkaziladi. Mashg‘ulot 20 daqiqa davom etadi. Yil davomida 36 ta
mashg‘ulot o‘tkaziladi. Bolalar harakatli-ko‘rsatmali shaklda berilgan o‘quv
materiallarini yaxshi o‘zlashtiradi. 5 yoshga qadam qo‘ygan bolalarni o‘qitishda
didaktik o‘yinlardan keng foydalanish kerak. Topshiriqlarning bajarilish jarayonida
tarbiyachi bolalarni o‘z harakatlarini (nima qilganlarini va qanday qilganlarini,
natijada nima hosil bo‘lganini) tushuntirib berishga undaydi. 6 yoshli bolalarda
o‘z xulq-atvorini boshqarish qobiliyati paydo bo‘ladi; erkin xotira, diqqat
rivojlanadi. Shu yoshda topshiriqni bajarishga, o‘z ishiga ijobiy baho olishga
intiladilar. Ular o‘quv topshiriqlariga katta qiziqish bilan qaraydilar. Bolalar katta
guruhda birinchi o‘nlik sonlarini yaxshi o‘zlashtirishlari kerak. Har xil buyumlar
to‘plamini sanash, ularning qatorda kelish tartiblarini aniqlash jarayonida sonlar
mohiyatini o‘zlashtirish amalga oshiriladi. Bolalar bilan bajariladigan hamma
ishlar ular oldingi bosqichlarda olgan bilimlar va ularni hisobga olish asosida
tashkil qilinadi. O‘rganishni o‘tilganlarni takrorlashdan boshlash kerak. Har qaysi
yangi bilim oldin o‘zlashtirilgan bilimlar tizimiga kiritilishi zarur. Mashqlar
miqdori yetarli bo‘lgandagina bolalarda puxta malaka va ko‘nikmalar shakllanishi
mumkin. Bolalarni buyumlar, o‘yinchoqlar, geometrik figuralar, kartochkalar va
rasmlardagi tasvirlarni sanash (qayta sanash, qo‘shib sanash, ajratib sanash)ga,
ob’ektlar miqdorlarini sezish bilan aniqlashga mashq qildirish kerak. Mazkur
guruhda haftada 1 tadan mashg‘ulot o‘tkaziladi. Maktabga tayyorlov guruhi bola 7
yoshga qadar son, buyumlarning shakli va kattaligi haqida nisbatan ko‘proq
bilimlarni o‘zlashtirgan bo‘lishi, fazoda (2 va 3 o‘lchovli) va vaqt bo‘yicha mo‘ljal
ola bilishi kerak. Tarbiyachi bolalarda matematik bilimlarga ustivor (turg‘un)
qiziqish, ulardan foydalanish malakasi va ularni mustaqil egallashga intilishni
tarbiyalashga harakat qilishi kerak. Shu yoshda bolalarda mustaqil fikrlashni,
fazoviy tasavvurni rivojlantirish, ayniqsa, muhim. Maktabgacha tayyorlov guruhi
uchun elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishda bolalarning oldingi
bosqichlarda olgan bilimlarini sistemalashtirish, kengaytirish va chuqurlashtirishni
nazarda tutadi. Elementar matematika mashg‘ulotlari oldida bir qator maqsadlar
qo‘yilgan. Bular: ta’limiy, tarbiyaviy va amaliy maqsadlardir.
Ta’limiy maqsadlar quyidagilardan iborat. Bolalarga real olamdagi yuz
beradigan eng sodda xodisalardagi miqdoriy nisbatlarni tushunishga va olamdagi
fazoviy shakllarni, ularning joylashishlarini, natural son, geometrik shakl, miqdor
va boshqa tushunchalar mavhum, ammo ular real borliqdagi narsa va buyumlarga
xos bo‘lgan bog‘lanish va munosabatlarni aks ettiradigan hajmdagi bilimlar berish.
Bu bilimlar fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishga, mantiqiy fikrlay bilishga yordam
berishi kerak. Shuningdek, matematika mashg‘ulotlari bolalarda o‘z ona tilida
xatosiz so‘zlashga, o‘z fikrini aniq va ravon qilib bayon eta bilishga, o‘z nutqida
matematik terminlarni to‘g‘ri qo‘llashga yordam berishi kerak. Matematik nutqda
aniqlikka rioya qilish va har bir so‘zni o‘z o‘rnida ishlata bilish ayniqsa muhimdir.
Bu bolalarni maktabda asosiy fanlardan bilim olishga o‘rgatishda ham zarur.
Tarbiyaviy maqsadlar: Matematikaga doir bajariladigan ishlar bolalarni
boshqa oladigan bilimlariga qaraganda ko‘proq sabotlikka, tirishqoqlikka,
puxtalikka, aniqlikka o‘z fikr va xulosalarini nazorat qila olishga, ayniqsa
kuzatish, tajriba va fahmlash asosida aytiladigan fikrlarining ravon bo‘lishiga
e’tibor berishga odatlantirish kerak. Bu bilan bolalarda matematik bilimlarga
bo‘lgan qiziqish, matematik masalalarni sabr toqat va tirishqoqlik bilan
yechish ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Shuningdek, induktiv va deduktiv
tafakkurning boshlang‘ich ko‘nikmalarini aqliy operatsiyalarni, ya’ni tahlil qilish,
sintez qilish, taqqoslashni, abstraktlashtirish va umumlashtirish qobiliyatlarini
rivojlantirishga, idroklilik va ziyraklikni, fazoviy tasavvurlarni va tafakkurni
o‘stirishga matematika ta’limi katta ahamiyat kasb etadi.
Matematik bilim berishdan kuzatilgan
amaliy maqsadlar bolalarning
nazariyani amaliyotga bog‘lay olishidan, ya’ni olingan bilimlarni hayotiy
masalalarni hal qilishga qo‘llashda foydalanadilar. Bolalar bog‘chadao‘rgangan
to‘plam va son, kattalik (miqdor)larning bir-biriga nisbati, eng oddiy geometrik
shakllar haqidagi boshlang‘ich tasavvurga ega bo‘ladilar, joy va vaqtni bilishni
o‘rganadilar va olgan bilimlarini o‘zlarining kundalik mehnat va o‘yin
faoliyatida, maishiy hayotda uchraydigan matematikaga doir savol va masalalarni
hal qilishga tatbiq eta bilish malakalarini hosil qilish kerak. Bu ishlar nafaqat
maktabgacha ta’lim muassasalarida, balki, oilada, tevarak-atrof bilan muloqot
qilishda ham amalga oshadi. Bunday vaqtda bolaga aynan matematik mazmundagi
savollar berish va u savollarga javoblar olish, noto‘g‘ri berilgan javoblarni izohlash
va aslida to‘g‘risi qayday bo‘lishini isbotlab berish maqsadga muvofiq. Shunda
matematik bilimlar asosidagi amaliy maqsadlar to‘laligicha amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7
iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan “Ilk qadam” dasturi
asosida bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga
yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
· bilim olishga faol qiziqishni namoyon etishi;
· o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topishi va undan
foydalanishi;
· predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunib, ularni
yaxlit bir butunlik sifatida idrok qilishi;
· raqamlar, hisob-kitobni bilishi va ularni hayotda qo‘llay olishi;
· makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutishi;
· elementar matematik hisoblashlarni amalga oshira olishi;
· atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatishi hamda tadqiq qilishi;
· atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon eta
olishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining Maktabgacha ta’lim
vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh sonli “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”ga asosan, quyidagi vazifalar belgilandi:
-maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga
qo‘yiladigan talablarni belgilash;
-milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish,
rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
-ta’lim-tarbiyajarayoniga
pedagogikvazamonaviyaxborot-kommunikatsiyatexnologiyalarini joriy etish;
-kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning
samarali integratsiyasini ta’minlash.
Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:
-bolaning noyobligi;
-«Men» konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli;
-Bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;
bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
-bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga
moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish.
Davlat talablari tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning beshta asosiy
rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik
sohalarga bo‘lingan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan
(kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan) iborat.
Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi:
-jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
-ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
-nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
-bilish jarayonini rivojlanishi;
-ijodiy rivojlanish.
«Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
-
intellektual-anglashmalakalari;
-
elementar matematik malakalar;
-
tadqiqiy -bilishvasamaralirefleksivfaoliyat.
Dostları ilə paylaş: |