Maqsad: 1 ta’limiy maqsad


IV. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun ta’lim jarayonida kuzatish usulidan foydalanish



Yüklə 25,24 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü25,24 Kb.
#202293
1   2
IV. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun ta’lim jarayonida kuzatish usulidan foydalanish
Kuzatish bilishning eng faol shakllaridan biri sifatida tashqi olam ob’ektlari haqidagi dastlabki tasavvurlar majmuidir. Ayni chogʻda shuni qayd etish lozimki, kuzatish tafakkur bilan chambarchas bogʻlangan idrok formasi hamdir. Kuzatishning muhim oʻziga xosliklaridan biri-fikrlay turib koʻra bilishdir.
Uzluksiz kuzatish muayyan ijtimoiy-pedagogik jarayonni boshdan oxirigacha nazorat qilib turish zarurati tugʻilganda keng qoʻllaniladi. Bunday hollarda kuzatishning vaqt jihatidan chegaralanganligi kechayotgan voqeaning qancha davom etishi bilan bogʻliq, masalan, muayyan dars sifatini tekshirishga bagʻishlangan uzluksiz kuzatish 45 minut, navroʻz bayramini kuzatish 3 kun, ramazon bayramlari 4 kun davom etishi mumkin. Uzoq vaqtga moʻljaallangan kuzatishga 5-6 kishidan iborat guruh tuzilib, har bir kishiga muayyan vazifalar yuklab qoʻyiladi. Tugallangan yoki nihoyasi aniq boʻlmagan jarayonlarni uzluksiz kuzatish kutilgan natijalarga hamisha ham olib kelavermaydi. Bunday hollarda, diskert (ahyon-ahyon, alohida) kuzatish shakliga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Muayyan ob’ektni quyidagi talablardan kelib chiqib, kuzatish lozim:
1.Bir ob’yektni oʻrniga turli xil kishilar tomonidan kuzatish kerak. Kuzatish jarayoni tugagach, mazkur ob’yekt haqidagi fikrlar taqqoslanadi. Bu talabga rioya qilinganda mazkur ob’yekt xususida sub’ektiv fikr emas, balki umumiy fikr, ob’yektiv pozitsiya yuzaga keladi.
2.Kuzatish jarayoni yashirin boʻlishi muhim, zero manzara sezilarli kuzatish ta’sirida buzilishi mumkin. Bu esa kuzatish natijalari tabiiy va ishonarli chiqmasligiga olib keladi. Kuzatuvchi ba’zan devor ortidan turib, maxfiy kuzatuvchi, ba’zan esa bahs-munozaralarning faol ishtirokchisi sifatida, oʻz vazifasini sir tutgan holda, muayyan kuzatish ishlarini ham olib bora oladi.
3.Kuzatish davomida tegishli omil, holat, belgilarni mufassal qayd etib borish lozim. Mazkur jarayon ishini texnik vositalarni qoʻllab engillashtirish maqsadida kinoga olish yoki magnit tasmalarga yozib borishning ahamiyati kattadir.
4.Kuzatish natijalari tarbiyaviy jarayon ishtirokchilarining oʻz-oʻzini kuzatish va oʻz-oʻzini baholash natijalari bilan qiyoslanishi maqsadga muvofiqdir.
5.Kuzatish usulining muhim kamchiligi reprezentativlik talabiga rioya qila olmasligidir. Shu boisdan ham, kuzatish usulini sotsiologik tadqiqotlarning boshqa usullari bilan uygʻun holda amalga oshirish lozim.
V. Uyga vazifa .
O‘quvchilarga uyga vazifa sifatida sifatida ultrasonik qurilmasi bilan kichik masofalarni o‘lchashni o‘rganish berildi.
Yüklə 25,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin