maqsadli bu tushuntirish xati hamda dastur o‘zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o‘z ichiga oladigan bo‘lim;
mazmunli bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar shaxsining to‘la qonli rivojlanishini ta’minlovchi bo‘lim;
tashkiliy – bu Dasturning moddiy-texnik ta’minoti ta’rifini, ta’lim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta’minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o‘z ichiga oluvchi bo‘lim.
Rivojlanish — tabiat va jamiyatdagi qonuniyatli oʻzgarish; bir sifat holatidan boshqasiga, eskidan yangiga oʻtish.
Tashkil etish -ayni vaqtning o’zida funktsional va nazariy jihatlardan munayyan maqsadga erishish yoki muayyan vazifani hal qilish tizimini yaratish va takomillashtirish sohasidagi ongli faoliyatning jarayoni va natijasidir
Pedagogika (gr. 'παῖς', paіda — bola, gr. 'ἄγω', gogos — yetaklovchi) atamasi qadimiy boʻlib, „bola yetaklovchi“ degan maʼnoni bildiruvchi grekcha „paydogogos“ soʻzidan kelib chiqqan.
Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.
Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.
O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati.
Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda Idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
Kommunikativ kompetensiya – atrofdagi odamlar bilan o‘zaro munosabatlarning konstruktiv usullari va vositalariga ega bo‘lishni taqozo qiladi; muloqot qilish va yuzaga kelgan o‘yin, bilish, maishiy va ijodiy vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish qobiliyati.
Ijtimoiy kompetensiya – bu bolaning belgilangan tartib va odob-ahloq qoidalariga rioya qilgan holda tengdoshlari va kattalar bilan birgalikda ishlash qobiliyati.
Haftalik reja - bu pedagogning ish jurnali bo‘lib, unda ta’lim va tarbiya jarayonining kunlik rejasi aks ettiriladi
mazmunan boy – davlat o‘quv dasturining mazmuniga mos kelishi, materiallar, jihozlar va xona va bino tashqarisidagi inventarlarning xilma-xilligi;
o‘zgartuvchan – ta’lim va tarbiya jarayoni vaziyatiga, shuningdek, bolalarning qiziqishlari va imkoniyatlarining o‘zgarishiga qarab rivojlantiruvchi muhitda o‘zgarishlar bo‘lish imkoniyatini nazarda tutadi;
polifunksional – rivojlantiruvchi muhitning turli tarkibiy qismlaridan xilma-xil foydalanish imkoniyati;
muqobil – guruhda turli joylar, rivojlanish markazlari, shuningdek, bolalarning erkin tanlovini ta'minlaydigan turli xil materiallar, o‘yinlar, o‘yinchoqlar va jihozlarning mavjudligi; o‘yin materialining muntazam ravishda o‘zgartirilishi, bolalarning o‘yin, harakat, bilish va tadqiqot faoliyatini rag‘batlantiradigan yangi buyum va ashyolarning paydo bo‘lishi;
hammabop – tarbiyalanuvchilar, shu jumladan, alohida taʼlim olish ehtiyojiga ega boʻlgan bolalar uchun ta’lim va tarbiya jarayonida foydalaniladigan barcha faoliyat turlarini ta'minlaydigan o‘yinchoqlar, qo‘llanmalar, resurslar bilan ta’minlanganligi;
xavfsiz – barcha elementlarni ulardan foydalanishning ishonchliligi va xavfsizligini ta'minlash talablariga muvofiqligini nazarda tutadi;
oqilona – davlat o‘quv dasturi va davlat talablariga muvofiq zamonaviy rivojlantiriuvchi muhitni yaratish, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotining turli ta’lim dasturlarini amalga oshirishni ta'minlash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish; inklyuziv ta’lim tashkil etilgan taqdirda, zarur shart-sharoitlarni ta'minlash;
mahalliy sharoitga moslashtirilgan – madaniy va tarixiy qadriyatlarga, milliy va mintaqaviy an'analar, tabiatga, iqlimga bog‘liq xususiyatlar, hududdagi sanoat rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlariga mos bo‘lishi;
shaxga yo‘naltirilgan – pedagog har bir bolaning o‘z qiziqishiga ko‘ra shug‘ullanishini ta'minlashi kerak (bolalar guruh muhitida osongina harakat qilishadi, qayerda nima joylashganini biladilar, o‘yinchoqlar va barcha resurslardan erkin foydalana oladilar).