kuchaytirishga yordam berishi ko’zda tutilar edi. Tabiiy boyliklari, madaniy merosi g’ oyat boy bo’lgan va kam tekshirilgan bu hudud rus ziyolilarining taraqqiyparvar qismini juda qiziqtirardi. Shuning uchun ham, darvinizmning e’ tiqodli tarafdorlaridan biri bo’lgan mashxur rus olimi-zoolog, zoogeograf va otashin sayyoh N. A. Seversov (1827-1886), mashxur rus geografi P.P.Semenov- Tyanshanskiy (1827-1914), tabiatshunos va sayyoh A.P.Fedchenko (1844-1873), geolog va geograf I.V.Mushketov (1850-1902), mashxur olim, hozirgi zamon ilmiy tuproqshunosligiga asos solgan V.V.Dokuchayev (1846-1903) singari jonkuyar olimlar O’rta Osiyoni o’rganish borasida katta ilmiy tadqiqotlar ishlari olib bordilar, boy manbalar to’plashga erishdilar. Bir guruh harbiy topograflar esa tabiiy kontrastlari bir-biridan keskin farq qiladigan juda katta hududni keng ko’lamda suratga tushirish, xaritalashtirishdek mashaqatli vazifalarni bajardi. Mamlakatning iqlim sharoiti o’rganildi, metreologik markazlar tashkil qilindi. Masalan, 1867-yilda Toshkent metreologik markazi tuzildi. So’ngra bunday joylar mamlakatning boshqa joylarida ham tuzildi. 1874-yili Rossiyadagi eng qadimgi Pulkovo rasadxonasi ilmiy xodimlarining yordamida Toshkent falakiyotshunoslik rasadxonasi ochildi, ilmiy tadqiqot ishlari boshlanib ketdi. To’g’ri, kadrlar etishmasligi, mablag’ tanqisligi sababli bu ishlar zaruriyatga nisbatan rivojlanmadi, albatta. O’lkani o’rganishda statistika qo’mitalari ham muhim rol o’ynadi. 1868-yil Turkiston statistika qo’mitasi tuzildi, statistik 30 ma’lumotlar nashr qilina boshlandi. Taniqli rus sharqshunosi I.P.Minayev Amudaryo bo’yidagi hududlar xususida quyidagilarni ta’kidlab o’tgan: «ilmiy qiziqish ushbu mamlakatlarni o’rganish bilan bog’liqdir. Bu siyosiy xolat, vaziyat aloqador emas». «Etnograf, Lingvist, Arxeolog, Tarixchi birgalikda kam o’rganilgan hududidagi har qanday 31 yerda hamkorlikda ish olib borishi biz uchun juda muhimdir». Akademik V.V.Bartold O’rta Osiyoning o’rganilishi haqida quyidagilarni yozib qoldirgan: «Turkiston general-gubernatorligi tashkil topgandan so’ng, ko’p vaqt o’tmay ilmiy faoliyat ham boshlab yuborilgan. O’lkani o’rganishdan asosiy maqsad geografik, tabiiy, statistik munosabatlarni bilishdir. Aholi va uning o’tmishdagi ahvoli ham muhimdir.» O’rta Osiyo Rossiyaga qo’shib olingach ham, geografik munosabatlar juda sust o’rganilgan edi. O’rta Osiyodagi yirik tadqiqotchilar A.P. Fedchenko, Mushketovlar xizmat qilganligini aytib o’tish mumkin. O’rta Osiyodagi zoologiya, botanika, geografiya haqida ko’plab ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Shuningdek, turli xil, tarixiy, etnografik ma’lumotlar ham muhim o’rin egallagan. Ensiklopedist tadqiqotchilar u yoki bu darajada ish olib borishgan V.F.Oshanin va boshqa ko’plab mahalliy vakillar ham o’z faoliyatlarini olib borishgan Turkistondagi ilmiy jamiyatlarning tadqiqotlari mustamlaka tizim tufayli tezda
30Журакулов М. Археология фанига му^аддима. Самар^анд.,2001. 38-бет.
31 Лунин Б.В. Из истории русского востоковедения и археологии в Туркестане. Туркестанский кружок любителей археологии (1895-1917гг.). Т., 1958. Стр.12.