faoliyat, izlanishlarini olib bordi. Rus arxeologlari, sharqshunoslari oldida bir qancha masalalar mavjud edi. Akademik S.A.Jebeyev (1867-1941) ning guvohlik berishicha, imperator arxeologik komissiyasi tarkibida bo’lgan rus arxeologiyasi katta yutuqlardan foydalanmagan. Peterburg arxeologlari numizmatik izlanishlar olib borib, qadimiy joylarni o’rganish va tadqiqot bilan shug’ullandilar. Rus arxeologiyasining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri N.I.Veselovskiy va A.Spisin 1899-yil arxeologiyaning umumiy xususiyatlarini ko’rsatib o’tgan. Shunday yozadi: «Rus arxeologiyasining yutuqlari sezilarli darajada emas. Rus arxeologiyasining biror-bir sohasi tizimli ko’rinishda olib borilmagan. «XIX asr ikkinchi yarmiga kelib, ilmiy arxeologik muassasalar soni oshib bordi.
Turkiston havaskor arxeologlar to’garagi o’z faoliyatini katta kenglik, «bo’sh joy»dan boshlagan emas. Turkiston o’lkasi Rossiyaga qo’shib olingach, ilmiy qidiruv ishlari olib borilishi yo’lga qo’yildi. N. S. Likoshin va P. I. Lerx(1867) ning ishlarini, 1872-yil A. Xoroshxin tomonidan Samarqand qadimiy manzilgohining o’rganilganligini yozib qoldirgan. Kushakevich Xo’jakent uyezdida izlanish olib borib, o’z ma’lumotlarini yozib qoldirgan Turkistonga keladigan kuzatuvchilarning soni oshib borbdi. 1893-yil Akademik V. V. Bartold O’rta Osiyoga birinchi bor ilmiy tashrif buyurdi. U bilan birga rassom-etnograf S.M.Dudin ham borgan Bartoldning oldidagi vazifa:Turkistonning o’tmishdagi tarixini yozma manbalar asosida tekshirish, ma’lumotlar yig’ish, imkon qadar shaharlar, markaz, qal’alarning ro’yxatini tuzish kabilarni o’z ichiga olgan. Demak, Bartoldning tashrifi birinchi navbatda arxeologik xususiyatga ega bo’lgan. Bartold bu kabi vazifalar bilan cheklanib qolmasdan, turli xil qo’lyozmalarni yig’ish ishlarini ham olib borgan. N.I.Veselovskiyning so’zlariga qaraganda, Bartold sharqdagi ko’chmanchi xalqlarning O’rta Osiyoga kirib kelishi, ularning mahalliy aholi bilan aralashib ketishiga ham alohida e’tibor qaratgan. Toshkentga kelgan V.V.Bartold Chimkent-Avliyoota marshruti bo’ylab, Talas daryosiga qadar borgan. Bu yerdagi bir qator qishloq va qadimgi yodgorliklarni ro’yxatga olgan. Katta qiyinchiliklarga qaramasdan, V.V.Bartold o’z ilmiy izlanishlarni davom ettiradi. Tasodifiy holat tufayli V.V.Bartold otdan yiqilib oyog’i singach, Avliyootada qolgan. Toshkentga qaytgach, harbiy gospitalda davolangan. 1893-1894-yillar qishida V.V.Bartold Toshkentda bo’lib, ko’p sonli mahalliy o’lkashunoslar bilan tanishgan. V.V.Bartold bilan Ostraumovlar oilasi o’rtasida mustahkam aloqalar o’rnatildi. Ostraumov vositachiligida V.V.Bartold boshqa o’lkashunoslarga murojat qilish imkoniyatiga ega bo’ldi. Toshkentda ilmiy o’lkashunoslar yig’ilishlarini boshlab berdi. 9 Turkiston havaskor arxeologlar to’garagi a’zosi A.F.Gubarevich tosh qurollari haqida Yu.Talko-Grinsevich bilan birgalikda Selengi, Chikoy, Xilog, Jidi (Boykal bo’yi )da ham uchrashini aytib o’tadi. Shunday qilib ko’rinib turganidek Turkiston havaskor arxeologlar to’garagi a’ zolari O’rta Osiyo qadimiy tarixi bilan jiddiy qiziqishganini ko’rsatib turibdi.
39Лунин Б.В. Из истории русского востоковедения и археологии в Туркестане. Туркестанский кружок