topilgan ibtidoiy qurollar haqida, jumladan, To’rg’ oy viloyati, Beshariq tumani, Qoratov va boshqa joylardan topilgan ibtidoiy buyumlar haqida ma’lumotlar bergan. Ko’pgina olimlar turli topilmalar haqida qiziqarli ma’lumotlar berib turgan. Masalan, I.P.Tolmachev ham 1907-yilda Akmalinsk viloyatidan yig’ib olgan tosh buyumlarni Peturburgdagi etnografiya muzeyiga tufha qilgan. M.M.Berezovskiy va V.N.Andrusovlarning turli joylardan to’plagan ashyoviy buyumlarni zikr etilgan muzeyga topshirganligi (1916) xabarini beradi. Bulardan tashqari, 1902-yilda Amudaryo harbiy chegara xizmatchisi A.P.Yarchiyaskiy qadimgi Ayritom xarobalari yaqinidan tosh pichoq va boshqa tosh buyumlar topgan. 1904-yilda R.Pompelli va G.Shmidtlar Ashxabadga yaqin joydagi Anav tepaliklarini qazib, ibtidoiy davrga oid ko’ngina materiallarni Qo’lga kiritgan edi. 1905-yilda qadimgi Go’yarqal’a atrofidan ham tosh buyumlar topilgan edi. Yuqorida eslatilgan yodgorliklarning aksariyati asrimizning 60-70-yillarida bir qator o’rganilib, ilk tariximiz haqida qimmatli ma’lumotlarni olishga erishildi. Biz yuqorida ibtidoiy arxeologiya haqida ayrim ma’lumotlar keltirdik, xolos. Demakki, 1917-yilga qadar ilk tariximiz haqida qiziqarli ma’ulamotlar to’plangan edi. Ш.2. Turkiston havoskor arxeologlar to’garagi faoliyati. Turkistonda birinchi ilmiy jamiyatlar tuzilishida Turkiston havaskor arxeologlar to’garagi alohida o’rin egallaydi. Bir tomondan mustamlaka rejim ilmiy-ijtimoiy tashkilotlar ishlarini moddiy qo’llab-quvvatlamasada, ikkinchi tomondan mahalliy ziyolilarga e’ tibor qaratilmagan O’rta Osiyoni ilmiy o’rganishga qiziqish bilqirilmagan. Chor Rossiyasining yurishlari davridayoq, mamlakatdagi geografik tizimni bilishga imkon bo’lsada, iqtisodiyot haqida gapirish mumkin bo’lmagan. Podsho hukumati mahalliy geografiyaga o’z manfaatlari yuzasidan yondosha boshladi. Arxivda Turkiston harbiy okrugi qo’shinlari qo’mondoni yordamchisi general-letenant Masiyevskiyning nomiga maktub yo’llangan bo’lib, unda general-letenantdan sharqshunoslik qidiruv ishlarini boshlashga ruxsat so’ralgan. Ammo jamiyat sharqni sharq yoki fan uchun emas, balki Rossiya uchun o’rganilishi lozim edi. Turkiston o’lkasining qadimiyat yodgorliklari ko’pdan buyon olimlarning diqqatini o’ziga jalb qilib kelar edi, XIX asr davomida osori atiqalar ustida arxeologik kuzatishlar, qidiruv va qisman qazish ishlari olib borildi. Bu sohadagi ishlar P.I.Lerx N.I.Veselovskiy, V.A.Jukovskiy. V.V.Bartold va mahalliy turkistonshunoslardan M.S.Andreyev. V.L.Vyatkin, A.L.Kun, A.A.Semenov, I.T.Poslavskiy, N.P.Ostroumov va boshqalarning nomlari bilan bog’liqdir. Shuningdek, sobiq Turkistonning qadimiy yodgorliklarni hisobga olish va tekshirishga markaz ilmiy muassasalaridan Imperator arxeologiya komissiyasi, ayniqsa Rus arxeologiya jamiyatining Sharq bo’limi, bundan tashqari, 1903-yilda tashkil qilingan O’rta va Sharqiy Osiyoni tarixiy, arxeologik, lingvistik va etnografik jihatdan o’rganish qo’mitasi ham e’ tibor bilan qaradi. Turkiston o’lkasida arxeologik qiduruv, qazish ishlari ancha vaqt mustaqil olib borilmagan. Bu jarayon 1886-yilga qadar davom etgan sistematik arxeologik tadqiqotlar ham shular qatoriga kiradi. 1893-yil 11-dekabr kuni antropologiya,