Turkistonning Rosssiya tomonidan bosib olinishi 34-41
Podsho Rossiyasi mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati 41-49 BOB. RUS ShARQShUNOSLARINING TURKISTON O’LKASINING QADIMIY TARIXINI O’RGANIShDAGI
HARAKATLARI 50-79 1. Turkistonning ilmiy jihatdan o’rganilishining
boshlanishi 51-61 Ш.2. Turkiston havoskor arxeologlar to’garagi faoliyati 61-79 BOB. TURKISTONDA DASTLABKI ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR VA MAHALLIY O’LKAShUNOSLARNING ARXEOLOGIYa SOHASIDAGI HARAKATLARI 80-103 1. Turkistonda arxeologik tadqiqotlarning olib
borilishi 80-90 2. Mahalliy o’kashunoslarning arxeologiya sohasiga qo’shgan
hissalari 90-103 XULOSA 104-111 Foydalanilgan adabiyotlar 112-116
2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o’zi tug’ilib voyaga etgan qishloq, shahar, xullaski Vatanining tarixini bilishni istaydi. Hozir O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizasiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurulgan murakkab suv inshoatlari shu kungacha ko’rku fayzini, mahobatini yo’qotmagan asoru-atiqalarimiz qadim- qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, memorchilik va shaaharsozlik san’ati yuksak bo’lganidan dalolat beradi. Beshavqat davr sinovlaridan omon kelgan, eng qadimgi tosh yozuvlar bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan yigirma mingdan ortiq qulyozma ularda mujasamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, ximiya, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o’n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin, deb dadil ayta olamiz.1 Ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalari diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o’zida mujassam etgan. Bu nodir qo’lyozmalarni jiddiy o’rganish davri keldi. Bizga ma’lumki, sho’rolar zamonida tarixiy haqiqatni bilishga intilish rag’batlantirilmas edi. Hukmron mafkura manfaatlariga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko’zidan iloji boricha yiroq saqlanardi. Olimlarimiz tariximizning turli davirlariga oid risolalar yozishmoqda «tarixiy mavzuda yirik nasriy, nazmiy, sahna asarlari yaratilmoqda ommaviy axborot vositalari ma’naviy qadiratlarimizni keng targ’ib qilayotgani suhbatlar, muloqotlarda fikrlar rang- barangligi paydo bo’layotgani diqqatga sazovor. Davlatchilik tariximiz tub burilish pallasiga kirgan bir paytda o’zimizning zamon va makondagi o’rnimizni aniq belgilab olishimiz, nasl -nasabimiz kimligimizni bilishimiz kerak. O’zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab xalqning tarixiy xotirasini tiklash, tarix faniga doir tadqiqotlarni har taraflama takomillashtirish masalalari davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Yurtboshimiz
Каримов И. Биз келажагимизни уз кулимиз билан курамиз.7-жилд, Тошкент., «Узбекистан», 1999. 132-б.
3
I.A.Karimov haqli ravishda ta’kidlaganlaridek, «O’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz, yana bir bor qurollantirishimiz zarur»2 Ilgari soxtalashtirib kelingan Vatanimiz tarixini chuqur qayta tafakkur qilish, o’tmishimizni tadqiq etish uchun mutlaqo yangicha nazariy va metadologik yanoshuvlarni ishlab chiqishga katta ehtiyoj borligi xususida davlatimiz rahbarining qator asarlari hamda nutqlarida bir-necha bor eslatib o’tiladi. Jumladan , O’zbekistondagi tarix fanining taraqqiyotida I.A.Karimovning Respublika tarixchi olimlari bilan 1998-yil yozida o’tkazgan uchrashuvi shuningdek, Prezidentimizning milliy mafkurani shakllantirishga doir chiqishlarida juda ko’p olimlarni ko’rishimiz mumkun. Prezidentimiz ushbu uchrashuvlarda O’zbekistonning yangi tarixini yaratish hamda milliy o’zlikni anglashni mustahkamlash yosh avlodni tarbiyalash, jamiyatni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan kamol toptirish uchun boy tariximizni xolisona o’rganish o’ta dolzarb vazifa ekanligini ko’rsatib o’tgan. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda qabul qilingan «O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish haqida»gi qarorida tarix fani muommolariga, tarixni milliy istiqlol mafkurasi nuqtai nazaridan o’rganishning falsafasi va uslubiyatini egallash masalalariga jiddiy e’tibor qaratilgan. Bu hujjatda birinchi navbatdagi vazifalar sifatida «o’zbek xalqi va davlatchiligining haqiqiy tarixini o’rganish» ko’rsatib o’tilgan. Sobiq sho’ro saltanati-yillarida eng qadimgi davrlardan to XIX asr ikkinchi yarmiga qadar bo’lgan tariximiz soxtalashtirildi. Prezidentimiz Islom Karimov bu haqda: «O’zbekistonning, o’zbek xalqining bugun keng ommaga yetkazishga arziydigan haqqoniy tarixi yaratildimi - yo’qmi? Sovet davrida yozilgan tarixni men tarix sanamayman. O’zgalar yozib bergan tarixni o’qitishga mutlaqo qarshiman. Mustamlakachi o’ziga qaram bo’lgan xalq haqida qachon xolis, adolatli fikr aytgan? Ular bor kuch-g’ayratlarini Turkistonning o’tmishini kamsitishga, bizni tariximizdan judo qilishga sarflaganlar. Tarixdan judo bo’lish nimaligini yaxshi bilsangiz kerak. Inson uchun tarixidan judo bo’lish - hayotdan judo bo’lish demakdir»4, - deb juda o’rinli uqtirgan edilar. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida chor Rossiyasi hukmronligi davrida Turkistonda istibdodga va xalqni ezishga asoslangan siyosat hukm surdi. Mahalliy aholini xo’rlash va qatag’on etish oktyabr to’ ntarishi tufayli hokimiyatga kelgan sho’ro saltanati davrida yanada kuchayib, eng yuqori pog’onaga ko’tarildi. Shu tariqa, Turkistonda mustaqil davlatchilikni poymol etgan, til, madaniyat, urf-odatlar, milliy qadriyatlarni oyoq osti qilgan mustabidlik tuzumi 130-yil umr ko’rdi.
2Каримов И.А. Узбекистан XIX аср бусагасида. Хавфсизликка таэдид, баркарорлик шартлари ва тараккиёт кафолатлари. Тошкент., «Узбекистон», 1997. 140-бет.
3Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йук. Тошкент., «Узбекистон», 1998. 8-бет. 4 Каримов И.А. Уша асар.10- бет.