Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Tadqiqotda Turkistonda rus sharqshunoslari va arxeologlari tomonidan o’rganilgan arxeologik materiallarni shu kungacha o’rganilganligi darajasini tanqidiy tahlil qilinib, yangi tarixiy, madaniy va uslubiy xulosalar chiqariladi. O’rta Osiyoning arxeologik jihatdan o’rganilish masalalari batafsil tahlil qilinadi, olingan xulosalardan tarixiy va ilmiy xulosalar chiqariladi. O’rta Osiyoda arxeologiya fanining rivojlanishiga bag’ishlangan bunday ilmiy ishlar shu paytgacha deyarli yo’ q edi. Tadqiqotda Turkistonda rus sharqshunoslari va arxeologlari tomonidan O’rta Osiyo hududida olib borilgan arxeologik izlanishlar tarixiy, tanqidiy, metodologik nuqtai nazardan maxsus tadqiq etiladi. Bu hududni o’rganilayotgan davridayoq olimlar tomonidan amalga oshirilgan katta, so’zsiz fundamental ishlar bilan bir
6
qatorda yo’l qo’yilgan ayrim xato va kamchiliklar aniqlanib to’g’rilanadi. Shu vaqtgacha arxeologik tadqiqotlar olib borishdagi yutuq va kamchiliklar yagona tizim ostida, alohida monografik tadqiq qilinadi. Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslari. Respublikamiz I.A.Karimov asarlarida ilgari surilgan nazariy konseptual qoidalar, tarixiy voqyealarni ob’ktiv tahlil qilish, tarixiylik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarning birligi tamoyili tashkil etadi. Tadqiqot ishi xolislik, qiyosiy tahlil va konseptual yondoshuv usullaridan foydalanilgan holda amalga oshirildi. Ushbu dissertasion ish Turkistonda rus sharqshunoslari va arxeologlari tomonidan yurtimizning arxeologik yodgorliklarini dastlabki ilmiy jihatdan o’rganilishiga bag’ishlangan. Dissertasiya ishi Turkistonda rus sharqshunoslari va arxeologlari tomonidan olib borilgan arxeologik kuzatuvlar hamda topilmalarni xozirgi kundagi arxeologiya fani uchun ahamiyatini holisona baholashga harakat qilindi.