Tadqiqotning davriy va xronologik chegaralari. Tadqiqot Turkistonning rus sharqshunoslari va arxeologlari tomonidan arxeologik jihatdan o’rganishga bag’ishlangan bo’lganligi uchun ham, ilmiy ishni quyi davriy chegarasini XIX asr ikkinchi yarmidan deb olsak, uning yuqori chegarasi XX asr boshlari, ya’ni oktyabr to’ntarishigacha bo’lgan davri bilan belgilanadi. Tadqiqotning maqsad va vazifalari.Tadqiqotning umumiy maqsadi O’rta Osiyoda XIX asrning ikkinchi yarmi XX boshlarida olib borilgan arxeologik izlanishlar asosida chop etilgan maqolalar, monografiyalar, to’plamlardan foydalangan holda Turkiston havoskor arxeologlar to’garagi va sharqshunoslar tomonidan amalga oshirilgan ishlarning yagona tizimi yaratiladi. To’plangan materiallar tanqidiy qarab chiqiladi va bundan kelib chiqadigan yangi tarixiy va madaniy xulosalar umumlashtiriladi. Maqsadga muvofiq tadqiqotning aniq vazifalari quyidagicha belgilanadi: -O’rta Osiyoni Rossiya tomonidan bosib olganidan keyingi, ya’ni XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga oid Yevropalik va Rossiyalik sayyohlarni, elchilarni, fotograflarni, harbiylarni, arxeolog va sharqshunos olimlarni ishlarini tanqidiy o’rganish;
O’rta Osiyoning dastlabki arxeologik jihatdan o’rganilishi bo’yicha chop etilgan ilmiy maqolalar, monografiyalar, dissertasiyalar, ilmiy hisobotlar, arxiv materiallarini o’rganish;
O’rta Osiyoning arxeologik o’rganishni boshlangan davridan boshlab oktyabr to’ntarishiga qadar olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida to’plangan ma’lumotlarni o’rganib, ulardan olingan xulosalarni tarixiy va madaniy jihatdan tanqidiy ko’rib chiqish;
Hozirgi zamon talablari darajasidagi magistrlik dissertasiyasi uchun Turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi bo’yicha yakunlangan ilmiy ish yaratish vazifa qilib olindi.