Mavzuning o’rganilish darajasi. Turkiston, uning tarixi, madaniyatiga qiziqish va o’rganish o’rta asrlarning so’nggidayoq boshlangan bo’lsa-da, ilmiy tadqiqotlar O’rta Osiyoni Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinganidan keyin boshlangan. Ammo shu paytgacha Turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi mavzusida alohida dissertasiya tarzida ishlanmagan. Shunga qaramay turli maqola, yoki monografiyalarda ushbu mavzu turli darajada talqin qilingan. Umuman, Turkistonning arxeologik jihatdan o’rganilishini mutaxassislar uchta katta davrga bo’lishadi. Birinchi bosqich Turkiston rus mustamlakachilari tomonidan bosib olinguniga qadar bo’lib, berilayotgan ma’lumotlardagi sistemaning yo’qligi, ularning uzuq-yuliqligi bilan xarakterlidir. Turkistonning arxeologik jihatdan o’rganilishidagi ikkinchi bosqich Turkiston rus mustamlakachilari tomonidan bosib olinganidan keyin to Turkiston havoskorlar to’garagining tashkil topishiga qadar bo’lgan davrga to’g’ ri kelib, chop etilgan turli maqola va monografiyalarda biz ko’rayotgan masalalarga qisman to’xtalib
5 Karimov I. O’z keljagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz. “Turkiston” gazetasi muxbirlarining savolariga javoblar. Toshkent., O’zbekiston, 1999. 4-бет.
5
o’tilgan. Ammo, bu davrga kelib ancha qamrovi keng ishlarni paydo bo’lganligini, sohaga alohida to’xtalishni ko’rish mumkin. Uchinchi bosqich Turkiston havoskorlar to’garagining tashkil topishidan oktyabr to’ntarishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda tarixiy va madaniy jarayonlarni taraqqiyotini umumiy, ko’proq ilmiy-ommabop tarzda bayon etishga bag’ishlangan kitoblar va albomlar chop etildi.