Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə14/64
tarix03.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#86424
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

14




o’sha yerlar meros qilib biriktirildi va ularga soliq solindi. Shu tariqa o’lkaning barcha hosildor yerlari Rossiyaning daromad manbaiga aylantirildi. Yer solig’i XIX asr oxirida 4 millio
n so’mni tashkil etgan bo’lsa, 1916-yilda 38 million so’mdan oshib ketdi. Podshoh ma’muriyati Turkistonning doimiy egasi bo’lish uchun «ko’chirish» siyosatini qo’lladi. Fon Kaufman tashabbusi bilan 1875- yildayoq Avliyoota tumanida Rossiyadan ko’chirib keltirilganlar hisobiga 8 ta rus qishlog’i vujudga keldi. 1886-yilda qabul qilingan «Turkiston o’lkasini boshqarish haqidagi Nizom»ga muvofiq rus dehqonlarini ko’chirib keltirish va joylashtirish kuchayib ketdi. Podsho hukumatining «Osiyo Rossiyasida bo’sh yotgan yerlardan» foydalanish borasida yaratgan imkoniyatidan foydalangan kam yerli yoki yersiz rus xonadonlari, kazaklar ma’muriyatning ijozatisiz Turkistonga boyish maqsadida oqib kela boshladi. Shu tariqa, Sirdaryo, Farg’ ona, Samarqand viloyatlarida 1910- yilga kelib 124 ta rus qishlog’i vujudga keldi, ularda 70 mingga yaqin ko’chib kelganlar yashardi. Ko’chib kelganlar mahalliy aholiga qarashli sersuv va hosildor yerlarni ham egallay boshlaydilar, yer-suv masalasida ular o’rtasida norozilik, to’qnashuvlar bo’ldi. Rus ma’murlari ko’chib kelgan kazaklarga tayanish, mahalliy aholi g’alayon ko’targuday bo’lsa, ularning yordamida bostirish maqsadida Turkistonda dehqonchilik qiluvchi rus kazaklarini qurollantirdi. Ular amalda podshoizm uchun zaxira qo’shinga aylantirildi. Mustamlakachilar o’lkada, xususan Farg’ ona viloyatida paxta plantasiyalaritashkil etdi, sug’ oriladigan yekin maydonlarini kengaytirdi. 1885-1916-yillarda paxta ekiladigan yer maydoni 40 ming tanobdan 550 ming tanobga ko’paydi. Hosildorlikni oshirish maqsadida 1884-yilda tajriba urug’ chilik stansiyasiochildi. Tolasi sifatli urug’lik chigiti yaratildi. Paxtachilikda pishiq tolali va hosildor «Amerika» navini ekish keng tarqaldi, boshqa ekin maydonlari-yildan-yilga qisqartirib borildi. Qishloq xo’jaligida pilla etishtirish ko’paytirildi, qand-lavlagi, kartoshka, karam ekinlarini ekish o’zlashtirildi. Vinochilik, asalarichilik paydo bo’ldi. 1867-1896-yillarda Rossiya imperiyasi xazinasiga 150 million so’m sof daromad tushdi. Podshoh ma’muriyati Turkistonni Rossiyaning bir qismiga aylantirish, uning janubiy chegaralarida harbiy istehkomlar qurish, boyliklarni va etishtirilayotgan xomashyoni tashib ketish maqsadida Temir yo’l qurilishini boshlab yubordi. 1880- 1889-yillarda zudlik bilan Krasnovodsk, Asxabad, Marv, Podshojo’y, Kushka, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qo’qon, Andijon shaharlarini bog’lovchi O’rta Osiyo temir yo’li qurildi 1890-1905-yillarda Toshkent-Orenburg temir yo’li qurilib, Turkiston Rossiyaning markazi bilan bog’landi. 1915-yilda Buxoro-Qarshi va Termiz-Qarshi-Shahrisabz-Kitob temir yo’li qurildi.13Temir yo’llar qurilishi munosabati bilan Rossiyadan ko’plab ishchilar, injener-texnik xodimlar ko’chib kelishdi va ular qadimiy Turkiston shaharlariga joylashtirildi, ular joylashtirilgan qism yangi shahar, yerli aholi yashaydigan qism eski shahar deb ataladigan bo’ldi. Yangi shaharlar, jumladan, Skobelev (Hozirgi Farg’ona) shahri vujudga keldi. Turkiston Rossiyaning markazi bilan temir yo’l orqali bog’langach, rus kapitali (sarmoyalari) o’lkaga oqib kela boshladi. Turkiston xom-ashyo bazasida savdo- sanoat yuritish, zavod-fabrikalar qurishga intiluvchilarga Rus-Osiyo banki,

13Халфин Н.А. Россия и ханства Средней Азии . М., 1974. Стр. 28.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin