shu jumladan ilgari hyech qachon soliq va o’lponga tortilmagan vaqf mulklaridan ham soliq olish boshlandi.10 Imperiya amaldorlari Turkistonni ta’minlash uchun metropoliya katta xarajatlar qilayotgani haqida tez-tez gapirib hatto 1868-1881-yillarda bu xarajatlar mustamlakadan olingan daromadlardan 100 mln so’mga oshib ketganini ham ta’kidlab o’tishgan. Mustamlakachi ma’muriyat o’lkaning ko’chmanchi, yarim ko’chmanchi aholisidan olinadigan soliq va o’lponlarni qisqa muddatda oshirib yubordi. Agar dastlabki yig’imlar kam ko’rsatkichni tashkil qilgan bo’lsa, har bir o’tovdan olinadigan o’lpon-yiliga ma’lum hissa oshib ketaverdi. Tabiiyki rus qo’shinlari ketidan kelganlar harbiy ma’muriyati, keyinchalik harbiy xalq ma’muriyati yordami bilan shaharlarda, ayniqsa qishloq joylarda juda yaxshi imkoniyatlarga va katta imtiyozlarga ega bo’lishdi. Masalan 1865-1868-yillarda Turkistondagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat ruslarning manfaatlariga xizmat qilgan. Mahalliy aholidan tortib olingan dehqonchilikka yaroqli yerlar yaylovlar, xususan, shaharlarni bog’lovchi yo’llar bo’yida, rus dehqonlariga berilishi natijasida, Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori bu holatlarni atroflicha tahlil qilib bergan. XIX asrning 70-yillariga kelib, Turkiston general-gubernatorligining hududi Qo’qon xonligini yo’q qilish, Buxoro amirligining, Xiva xonligining anchagina hududlarini bosib olish hisobiga juda kengaydi. Metropoliya ehtiyojlariga foydali Forg’ ona vodiysi, Zarafshon vohasi, Amudaryo hovzasi mustamlakachilar ixtiyoriga o’tdi. O’lkada mustamlakachi tizimini mustahkamlash tabiiy va ishlab chiqarish resurslaridan metropoliya manfaatlarida mumkin qadar faolroq foydalanish, sobiq rus mafkurasini barqarorlashtirish rus umuman, nasroniy aholini ko’plab ko’chirish zarurati ma’qul topilgan edi. XIX asrning 60-yillaridan keyin imperiya hukmron doiralarida metropoliyadan ko’chirilganlar yer bilan ta’minlangan va yana yuz minglab ko’chirilganlar oladigan yerlarni xususiy mulk qilib, berish to’g’risidagi masala ancha uzoq vaqt qizg’in muhokama qilingan. Yettisuv, Sirdaryo viloyatlarini boshqarish to’g’ risidagi 1867-yil 11-iyuldagi nizom loyihasida agrar munosabatlar borasidagi masala uncha yoritilmagani, birinchi general-gubernator K.P.Kaufmanga esa «Mazkur nizom loyihasida ko’rsatilgan asoslar qo’llanib, unda o’lka tuzumi uchun foydali va zarur deb e’tirof etilgan barcha chora-tadbirlarni ko’rish» huquqi berilganligi sababli, yer-mulki to’g’risidagi masala deyarli 15-yil davomida general-gubernatorning ko’rsatma xarakteridagi farmoyishlariga muvofiq, lekin ko’pincha ancha erkin rus amaldorlari ixtiyoricha hal qilib kelindi. Bu ko’proq kazaklar va rus dehqonlarini Yettisuvda, Sirdaryo viloyatining Chimkent, Avliyoota uyezdlaridagi sug’ orma mintaqada joylashtirish hamda yer bilan ta’minlash amaliyotiga xos edi. Chorizm va Turkiston ma’muryati o’lkadagi siyosiy, ijtimoiy ahvolni o’ziga xos tarzda hisobga olgan holda, mustamlaka boyliklarini bu mintaqada Rossiya imperiyasining manfaatlariga yanada ko’proq va faolroq xizmat qildirish, imperiyaning hukmronligini tobora mustahkamlash maqsadida metropoliyadan birinchi navbatda ruslarning hukmronligi ta’minlash talab qilingan. Ular Turkiston iqtisodiyotiga, shuningdek, soliq tizimida jiddiy
10Халфин Н.А. Россия и ханства Средней Азии . М., 1974. Стр. 17.