TARIXIY KARTOGRAFIYA YA UNING ASOSIY YO‘NALISHLARI.
3. Tarixiy kartografiya Tarixiy kartografiya — ilmiy fan bo‘lib, u asosan tarixiy kartalar va atlaslami tuzish, ularning uslubiyatini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Kartografik uslubning tarix fanida qo‘llanilishi tarixiy kartalardan keng foydalanishga, tarixiy-geografik monografiyalar, maqolalar, darsliklar, qo‘llanmalar yaratilishiga olib keldi. Tarixiy kartalarda tarixiy jarayonlar, voqea-hodisalar, tarixiy davrlarni tavsiflovchi jarayonlar, shuningdek, geografik 41 oqibatlar ko‘rsatib o ‘tiladi. Umumiy tarixiy kartalar bu jarayonlami yanada to‘liqroq ko‘rsatishga, ochib berishga harakat qiladi. Tarixiy kartalarning turli xillari bo‘ladi: tarixiy-iqtisodiy, tarixiy-siyosiy, tarixiy etnografik, arxeologik, milliy-ozodlik harakati, dehqonlarqo‘zg‘oloni, inqilobiy harakatlar, harbiy-tarixiy, madaniyat tarixi bo'yicha va boshqa kartalar kiradi. O'quv-tarixiy kartalar o‘rta va oliy maktablarda o‘qitilayotgan tarixiy davrlarga mos bo‘ladi. Tarixiy kartografiyaning rivojlanishi har doim tarixiy geografiyaga bog‘liq bo‘lib kelgan. 1579 yili Abraxam Orteliy geografik atlasga uchta tarixiy kartadan iborat qo‘shimcha tuzdi. Orteliyning bu qo'shimchasi keyinchalik 1603 yili 38 ta kartadan iborat bo‘lgan antik davming geografik atlasini tuzilishiga sabab bo‘ldi. XVII asrning ikkinchi yarmida fransuz geograflari Sansonlar va V.Dyuval atlaslarida ham tarixga oid kartalar bo‘limi bor edi. XVIII asr oxirida fransuz kartografi J.B. D ’Anvil tomonidan tayyorlangan tarixiy kartalar bosilib chiqdi. Orteliydan tortib to XIX asr oxiriga qadar tuzilgan kartalarda xalqlarning hududiy joylashishi, siyosiy chegaralar, harbiy yurishlar, janglar, tarixiy voqealar bo‘lib o'tgan hududlar, geografik sayohatlar yo'nalishlari aks ettirilgan edi. Shuningdek, A.Orteliy va V.Dyuval tomonidan tuzilgan kartalarda afsonaviy voqea-hodisalar va Injildagi rivoyatlar tasvirlangan. Masalan, avliyo Pavel va Ibrohim payg‘ambarning sayohati, troyalik Eneyning dengiz sayohati, Odisey yurgan yo‘llar tasvirlangan. Keyinroq kartalarda tarixiy-iqtisodiy ma’lumotlar ham qayd qilina boshlangan. Tarixiy kartalar tuzishda tarixiy davrlar ko‘pincha chalkashib ketgan, milliy-ozodlik harakatlari aks ettirilmagan. Ba’zi tarixiy kartalarda ma’lumotlar ataylab buzib ko‘rsatilgan. Masalan, 1910 va 1936-1938 yillarda Germaniyada chop etilgan Pusger atlasida, avvalo buyuk davlatchilik shovinizmi va keyinroq fashistcha g‘oyalar avj olishi bilan kartalardagi nemis va slavyan yerlari o‘rtasidagi chegaralar sun’iy ravishda sharqqa surilib berilgan. 42 XX asrning ilmiy tarixiy kartografiyasiga ikkita muhim yo‘nalish xosdir. Birinchi yo'nalishga yuksak darajada detallashtirilgan kartalar kirib, ularda aholining ma’muriy, ba’zi holda cherkov tomonidan bo'linishigacha bo‘lgan aniq dalillar aks ettirilgan. Bunday kartalar turiga 1895 yilda chop etilgan Fabrisiusning nemis atlasi, Rixteming 1906 yilgi Avstriya atlasi, A.A.Bekmanning 1913-1938 yillarda chop etilgan Niderlandiya atlasi kiradi. Ikkinchi tur kartalariga detallashtirilishi unchalik yuqori bo‘lmagan, ammo faqatgina tarixiy-siyosiy emas, balki tarixiy-iqtisodiy, madaniyat tarixiga oid ma’lumotlar ham aks ettirilgan kartalar kiradi. Bunday kartalar sirasiga 1926 yil chop etilgan Aubinning nemis atlasi, Pollin tahriri ostida 1932 yilda chop etilgan AQSh atlasi (,,Qo‘shma Shtatlar tarixiy-geografik atlasi“)ni misol qilib keltirishimiz mumkin. 1956, 1958, 1962 yillarda esa Myunxenda o‘quv mashg‘ulotlariga doir „Katta tarix atlasi“ chop etilgan. Rossiya imperiyasida tarixiy kartografiya rivojlanishining dastlabki.bosqichi XVIII asrning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. Bu davrdagi tarixiy va tarixiy-geografik asarlarga tarixiy kartalar ilova qilina boshlandi. „Rossiya imperiyasining tarixiy kartasi“ birinchi bor 1793 yilda chop etilgan. Tarixiy kartografiya rivojlanishida 1958 yil Polshada bosilib chiqqan Plos voyevodligi tarixiga oid atlasning alohida o‘mi bor. Bunday atlaslar ishlab chiqarish kuchlarining joylashishi, ishlab chiqarish munosabatlari, iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini aniq tasvirlab beradi. Zamonaviy tarixiy kartografiya rivojlanishining muhim elementi — bu tarixni aniq davrlashtirish, turli tarixiy jarayonlami to‘la aks ettirish, tarixiy jarayonlarning iqtisodiy tomonini ochib berishdir. Shuni ta’kidlab o'tish joizki, sho‘rolar tuzumi davrida o’rta Osiyo tarixiga doir bir qator tarixiy kartalar tuzilgan bo‘lsa ham, ammo ularning ichida o’rta Osiyoni chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishiga doir kartalar yo‘q edi. Shuningdek, kartalar nashr qilinganda ko'proq yevrosentrik nuqtai nazardan yondashilgan edi. 43 o’rta Osiyo hududlari bo‘yicha tarixiy kartalar faqat katta tarixiy voqealar bilan bog‘liq bo‘lgan hollardagina yaratilgan. Masalan, mo‘g‘ullaming o’rta Osiyoni bosib olishiga doir tarixiy kartalar mavjud bo‘lsa-da, ammo Amir Temur davlati haqida tarixiy kartalar umuman yaratilmagan. Tarixiy atlas va kartalarda XV-XVIII asrlardagi o’rta Osiyoda bo‘lib o‘tgan tarixiy jarayonlaming faqat Rossiya imperiyasi bilan aloqador bo‘lgan qismlarigina aks ettirilgan, ular ham ham aniq detallashtirilmagan edi. o’rta Osiyo xalqlari tarixiga oid siyosiy-ma’muriy, tarixiy kartalar kam yaratilgan bo‘lsa-da, demografik, hududlarning iqtisodiy tarixiga oid kartalar esa deyarli bo‘lmagan. o’rta Osiyo chor Rossiyasi tomonidan bosib olingandan so‘ng Turkiston general-gubernatorligi va yarim mustaqil Buxoro amirligi va Xiva xonligining o‘sha davrga oid ba’zi kartalari mavjud. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng tarixiy kartalar soni ko‘paydi. o’rta Osiyoning eng rivojlangan davri bo‘lgan temuriylar davriga bag‘ishlangan kartalar to‘plami chop etildi. Shu bilan birga O’zbekiston tarixiy kartografiyasi oldida ko‘plab ilmiy muammolar turibdi. Birinchi galda zamonaviy talablarga mos bo‘lgan O’zbekiston xalqlari tarixining butun davrlarini qamrab olgan tarixiy atlas yaratish zarur. Bu borada dastlabki qadamlar ham tashlandi. 1999 yilda ,,O’zbekiston tarixi atlasi“ nashrdan chiqdi ( O’zbekiston tarixi atlasi.-0‘zgeodezkadastr, 1999). Endi uni yangi ilmiy ma’lumotlar asosida to‘ldirib, mukammallashtirib borish zarur. O’zbekiston xalqlari tarixiga oid kartalar mavjud bo‘lsa-da, tarixiy- geografik, tarixiy-iqtisodiy, tarixiy-demografik kartalami yaratish o‘zbekistonlik olimlaming birinchi galdagi vazifasidir.