TARIXIY KARTOGRAFIYA YA UNING ASOSIY YO‘NALISHLARI.
4. O’zbekistonda kartografiya fani tarixi XX asrga qadar respublikamiz hududini kartografik jihatdan o‘rganilganlik ancha past bo‘lgan. Chor Rossiyasi Turkistonni bosib olgandan keyin iqtisodiy jihatdan muhim bu o‘lkani kartaga 44 olish ishlari boshlandi. Zotan, hududning ichki qismlari hali ham yaxshi o‘rganilmagan, manbalar yetarlicha darajada to‘liq va aniq bo‘lmagan, plan olish asboblari, kartografik tasvirlash usullari va karta ishlash texnikasi rivojlanmagan edi. 1934 yili o’rta Osiyo va Qozog‘istonda yagona bo‘lgan Toshkent kartografik fabrikasi tashldl etildi. Unga davlat muassasalari va jamoat tashkilotlarini mavzuli, siyosiy-ma’muriy va ma’lumotnoma kartalari bilan, shuningdek, maktab o‘quvchilarini o‘quv karta va atlaslar bilan ta’minlashdek katta vazifa yuklatildi. Ko‘p o‘tmay alohida sug‘oriladigan tumanlar qishloq xo‘jalik kartalari, O’zbekistonning ma’muriy kartasi va o’rta Osiyo xalqlari milliy tillarida o‘quv kartalari tuzildi va nashr etildi. Mintaqa, xususan O’zbekiston hududi tasvirlangan kartografik materiallar o‘sha yillari nashr etilgan sobiq Ittifoqning katta-kichik va qishloq xo‘jaligiga oid maxsus qomuslari tarkibida ham berilgan. 1939-1940 yilari barcha o’rta Osiyo respublikalarining devoriy siyosiy-ma’muriy, tabiiy va iqtisodiy kartalari tayyorlandi va chop etildi. Ular ichida, ayniqsa, O’zbekiston va Turkmanistonning qishloq xo‘jalik kartalari alohida ajralib turadi. Ularda qishloq xo‘jaligining ixtisoslashuvi, ekilayotgan g‘o‘za navlarining joylanishi, davlat xo‘jaliklari va ulaming ixtisoslashuvi ko‘rsatilgan. Belgilar usuli bilan foydali qazilma konlari, muhim industrial markazlar va gidroelektrostansiyalar ko‘rsatilgan. Urushdan keyingi yillarda kartograflaming asosiy vazifasi qishloq xo‘jaligida, boshqaruv va rejalashtirish organlarini zarur kartografik materiallar bilan ta’minlash, ilg‘or xo‘jaliklar va ilmiy tadqiqot muassasalarining yutuqlarining targ‘ibot qilish hamda amaliyotga joriy etilishini tezlatish edi. 1963 yili respublikamizning birinchi „Tabiiy-geografik atlasi“ chop etildi. Atlasning formati 44x30 sm, asosiy kartalarning masshtabi 1:3500000 va 1:500000, iqlim kartalari 1:7500000 va 1:10000000 masshtablarda tuzilgan. 1968 yili O’zbekiston Yer tuzish va loyihalash instituti tomonidan O’zbekistonning yagona dastur asosida bir-biri bilan 45 o‘zaro bog‘langan, bir-birini o‘zaro to‘latadigan ixtisoslashgan aniq maqsadli «Devoriy qishloq xo‘jalik kartalari“ tizimi tayyorlandi va nashr etildi. Mazkur tizim masshtabi 1:1000000 bo‘lgan 21 ta kartadan iborat bo‘lib, ularda respublikamiz qishloq xo'jaligiga atroflicha kartografik tavsif berilgan. Barcha kartalaming mazmuni turli xil diagrammalar, grafiklar va jadvallar bilan to‘ldirilgan. 1980 yili O’zbekistonning birinchi ,,o’quv-o‘lkashunoslik atlasi“ chop etildi. Mazkur atlas keng jamoatchilik tomonidan yuqori baholandi. U respublikamiz geografiyasi, tarixi va madaniyatini o‘rganishda o‘quvchilaiga yordamchi qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi. 1983 yili respublikamiz poytaxti Toshkentning 2000 yillik yubileyi munosabati bilan kompleks “Toshkent geografik atlasi“ chop etildi. Atlasning formati 25x35 sm, asosiy kartalarining masshtabi 1:400 000 va 1:650 000. Atlas kirish va 6 bo‘limdan iborat bo‘lib, u 48 ta karta va sxemalarni o‘z ichiga olgan. Atlas Leningrad shahrining (1977 yil) tarixiy-geografik atlasidan keyin sobiq Ittifoqda nashr qilingan ikkinchi shahar atlasi hisoblanadi. 1982-1985 yillari ikki qismdan iborat umumiy kompleks geografik ilmiy-malumotnoma ,,O’zbekiston atlasi“ chop etildi. Mazkur atlasning umumiy hajmi va mazmunining qamroviga ko‘ra milliy atlasga yaqin deb hisoblash mumkin. Atlasning formati 61x42 sm, asosiy kartalarining masshtabi 1: 2 500 00 va 1: 3 500 000. Atlas 28 ta alohida-alohida bo‘limdan iborat bo‘lib, unda 322 ta ko‘p rangli karta berilgan. Atlasni loyihalashtirish va kartalami tuzishda mualliflar asosiy e’tiborini tizimli yondashgan holda respublikamizning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari, xalq xo'jaligi va uning tarmoqlari, madaniyati va tarixining o‘ziga xos xususiyatlarini saqlab qolib, ularning haqiqiy holatini aks ettirishga qaratdilar. Mazkur atlas sobiq Ittifoqda chop etilgan barcha kompleks ilmiy-ma’lumotnoma atlaslardan farq qilib, O’zbekiston qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i — paxtachilikka alohida bo‘limda birinchi marta to‘liq kartografik tavsif berildi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, respublika rahbariyati mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab 46 chiqarish kuchlaridan oqilona foydalanish va uni butun mamlakat hududi bo'ylab ilmiy asosda to‘g‘ri joylashtirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Shu bilan biiga mustaqillik g‘oyalarini targ‘ib qilish, aholining o‘sib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to‘la-to‘kis qondirish, mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirish, uning hududida geodeziya va kartografiyaga oid faoliyatni keng ko‘lamda, aniq reja va ilmiy asosda tashkil etishga katta ahamiyat berib kelmoqda. Shu maqsadda 1997 yilning 25 aprelida „Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida“gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi O’zbekiston Respublikasida geodeziya va kartografiyaga oid faoliyatning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning geodeziya va kartografiya mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. o’tgan qisqa muddat ichida respublikamizning 1:1000000 va 1:1500000 masshtabli qator devoriy siyosiy-ma’muriy, tabiiy, ekologik, umumiqtisodiy, iqlim va aholi kartalari chop etildi. 1999 yili O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining buyurtmasiga binoan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitetining geografiya fakulteti jamoasi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun ,,O’zbekiston geografik atlasi“ni nashrga tayyorladi