Margin Padding


Sayt dizaynini yaratish bosqichlari va uni yaratish



Yüklə 53,06 Kb.
səhifə8/13
tarix07.01.2024
ölçüsü53,06 Kb.
#209858
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Hujjat sarlavhasi-fayllar.org

Sayt dizaynini yaratish bosqichlari va uni yaratish.
CSS – bu stillar bilan ishlay oladigan kaskadli stillar majmuasidir. Web sahifalarga har xil stillar berish uchun ishlatiladi. HTML xujjat ichida teglar bilan birga foydalaniladi. CSS kodlarini kompilyastiya qilish uchun qandaydir kompillyatorlar, qandaydir dasturlar, va bu kod tushuna oladigan qandaydir redaktorlar kerak bo’lmaydi. Bu kodlarni HTML singari web brauzerning o’zi kompilyastiya qiladi va natijani chiqarib beradi.
Ajoyib dizaynni yaratish uchun o‘nlab rasmlar, kaskadli stil jadvallari (CSS) va ayrim hollarda javascript (JS) lardan keng foydalanilmoqda.
Adobe Dreamveawer CS4. Veb dasturlash tillari va Kaskadli stillar jadvali (CSS) bilan vizual ishlash uchun juda qulay dasturiy ta’minot.
SS — bu stillar bilan ishlash uchun mo’ljallangan kodlar majmuasidir. Hozirgi kunga kelib yangi CSS3 versiyasi ishlab chiqilmoqda, lekin hali ko’p brauzerlar bu stillarni aks ettira olmayapti. Shuning uchun CSS3 yaratuvchilari brauzer o’rtasida kelishmovchiliklarni oldini olish maqsadida brauzer turiga qarab har xil prefikslar ishlab chiqishdi va bu prefikslardan CSS3 to’liq yaratilmaguncha ishlatish tavsiya etilgan, CSS3 to’liq yaratilgandan so’ng bu prefikslar olib tashlanadi. Bu prefikslar quydagilar:
Safari va Chrome brouzerlari uchun -webkit-
Opera brouzeri uchun -o-
Firefox brouzeri uchun -moz-
Internet Explorer(IE) brouzeri uchun esa -ms-
Css3 da eng asosiy qo’shilgan stillardan biri bu animastiyalardir, ya’ni stillar almashinish jarayoni birdaniga emas, balki sekin astalik bilan sodir bo’lishidir. Quyida Css3 versiyasiga yangi qo’shilgan ba’zi stillarni misol tariqasida ko’rsatib o’taman.
  • Elementlarni(matn, rasm, fon,..) och(prozrachnыy) ko’rinishda aks ettirish.


  • Elementlarning istalgan burchagiga(qismiga) bir vaqtning o’zida har xil rasmlarni joylashtirish. Bu saytni verstka qilish jarayonini yengillashtiradi.


  • Resize buyrug’i. Bu buyruq orqali foydalanuvchi istalgan elementning o’lchamini o’zgartirish mumkin bo’ladi.


  • CSS3 ning yana bir yangiligi bu – elementlar(shakllar, bloklar) burchagini istalgan radiusda burish mumkinligidir. Ko’p web saytlar forma yaratish jarayonida, formaning burchaklarini burishni verstka paytida biror rasm orqali amalga oshirishadi, bu esa qo’shimcha ish va vaqt yo’qotishga olib keladi, CSS3 da bu muammo bartaraf etilgan va quyidagicha amalga oshirish mumkin bo’ladi.


  • CSS3ning soyalar bilan ishlash qismi. Barcha “p” teglari uchun soyalar hosil qilish.


  • Shriftlar. Internetda ko’p foydalanuvchilar verdana shrifti bilan ishlaydi. Nega? Chunki bu shrift barcha kompyuterlarda mavjud va brouzerda chiroyli ko’rinishga ega. Agar stillarda qo’llanilgan shrift foydalanuvchi kompyuterida mavjud bo’lmasa, brouzer matnni istalgan boshqa shriftda ko’rsatishi mumkin. Bu esa shriftlar rang barangligiga olib keladi. CSS3 da shriftlar bilan ishlash uchun yangi komanda @font-face.


  • Web sahifada kolonkalar. Bunisiga nima deysiz? Element ichidagi matnlarni bir necha ustunli kolonkalarda chiqarishingiz mumkin.





Yüklə 53,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin