− ma’naviy hayotga tegishli ma’lumotlar; − islom mazhablari o‘rtasidagi kurashlar tarixiga oid ma’lumotlar; boshqaruvning diniy va dunyoviy tamoyillari; − siyosat falsafasi, o‘zini o‘zi boshqaruv institutlari. Classical Asarda uchraydigan tarixiy-falsafiy va davlat boshqaruviga oid ma’lumotlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Classical “Siyosatnoma” kitobida moliya va xo‘jalik ishlari, soliq va xiroj, zakot va vaqf, iqto‘ masalalari alohida o‘rin egallaydi. “Siyosatnoma” kitobining birinchi faslida “davlatni idora qilish talablaridan yana biri – chetdan qoriz qazib suv keltirish, qishlog‘-u dalalar obodchiligi uchun katta ariqlar qazish, qalalar qurish, shaharlar bino etish, inshootlar-u keng ko‘chalar, rabotlar qurdirishdir”, deb o‘qtiriladi.
Nizomulmulk (1017-1092)
YUSUF XOS XOJIBNING “QUTADG‘U BILIG” ASARI, UNDAGI IQTISODIY FIKRLAR
Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis Yusuf Xos Hojib62 1020-yili Qoraxoniylarning markaziy shaharlaridan biri Bolasog‘unda tug‘ildi (olamdan o‘tgan yili noma’lum). Bo‘lajak mutafakkir o‘z davridagi barcha bilimlarni, arab va forsiy tillar hamda undagi adabiyotlarni puxta egallaydi. U 1069–1070-yillar orasida «Qutadg‘u bilig» (Qutga, ya’ni baxt saodatga yerishtiruvchi bilim) asarini turk tilida yozib, Qoraxoniylar hukmdori Tabg‘ochxon Bug‘roxonga taqdim etadi. Xon Yusufga «Xos Hojib» (eshik og‘asi) degan martabani in’om etadi.
Bizgacha donishmandning faqat bir asari yetib kelgan, ammo bu asarda shunday durdonalar to‘planganki, ularga qoyil qolmay iloj yo‘q. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy muqaddimadan tashqari) 73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining barcha jabhalari bo‘yicha so‘z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Kitobda berilgan bu g‘oyalar o‘z davri uchun ham, 61 A.Razzoqov. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari, Yusuf Xos Hojib 102 hozirgi davr uchun ham nihoyatda qadrlidir. Ayniqsa iqtisodiyot masalalari bo‘yicha davlat va raiyat munosabatlari sinchiklab o‘rganilgan.

Asar 18 oy-bir yarim yilda yozib tugallangan (Bolasog‘unda boshlangan va Qashqarda nihoyalangan) bo‘lsa ham, uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rilgan Yusuf Xos Hojib Classical Xalq, raiyat (soliq to‘lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsani kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular: 1) pulning qadrini ko‘tarish yoki (ushlab turish); 2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta’minlovchi qonunlarni joriy etish; 3) yo‘llarni o‘g‘ri-qaroqchilardan muhofaza qilish