2-jild – oila huquqi, qullar muammolari, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalarni yoritgan. ) Classical AL-Hidoya Islom ahkomlariga mos ravishda paydo bo‘lgan tafakkur taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biri tasavvuf, ya’ni so‘fiylik ta’limoti hisoblanadi. Bu ta’limotlar VIII–IX asrlarda arab dunyosida vujudga kelib, X–XI asrlarda Movaraunnaxr tuprog‘iga yetib keldi.
Classical “Hidoya” asarining yozilish uslubi shundayki, unda hammaga yaxshi ma’lum masalalar bilan birga, kam uchraydigan holatlar, u yoki bu masalaning nozik tomonlari ikir-chikirigacha izohlab beriladi. Hozirgi davr tili bilan aytilganda, chiqarilgan asosiy qonunga berilgan to‘la-to‘kis sharhga o‘xshaydi. Kitobda kimlar va qancha zakot to‘lashi kerakligi to‘g‘risida qiziq va aniq ma’lumotlar keltiriladi. Xususan, daromadning qiriqdan bir hissasi hisobidan zakot to‘lanishi kerak deyilgan
FOROBIY ASARLARIDA EHTIYOJ, MEHNAT, MEHNAT TAQSIMOTI, INSON OMILINING YORITILISHI
O‘rta asr davrida ilg‘or iqtisodiy fikrlarni ilgari surgan buyuk mutafakkirlardan biri, Aristotelning izdoshi, uning asarlarini tahlil qilgan «ikkinchi muallim» Abu Nasr Forobiy (870–950) hisoblanadi.
Forobiy Aristotel asarlarini o‘qib o‘rganish bilan birga, ularga sharhlar ham yozgan.Buyuk alloma Ibn Sino Aristotelning «Metafizika» asarini Forobiy yozgan sharhlar yordami bilangina to‘liq tushunganligi haqida yozgan
Forobiy bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganmoddiy ehtiyojlar to‘g‘risida ta’limot yaratdi. Uning fikricha, odamlarning ehtiyoji jamiyat shakllanishining asosiy sababidir.
Classical «Tabiatan har bir odam shunday yaralganki, u yashashi va kamol topishi uchun ko‘p narsalarga ehtiyoj sezadi. Ularni u bir o‘zi topa olmaydi va ularga erishish uchun kishilar jamoasiga muhtoj bo‘ladiki, uning har biri u ehtiyoj sezayotgan narsalardan biron-birini beradi.Bunda har bir odam boshqalarga nisbatan xuddi shunday holatda bo‘ladi».
Jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlar to‘g‘risida bunday tushuncha o‘sha davrdagi ilg‘or fikrlardan hisoblanadi. Shubilan birga, moddiy boylik yaratishdagi mehnat va mehnatqurollarining ahamiyatini, har xil hunar turlarini uqtirib o‘tgach, qullikka keskin qarshi chiqdi.