Markaziy bankning davlat bilan aloqasi Reja: Kirish


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining joylashish chizmasi



Yüklə 202,64 Kb.
səhifə5/7
tarix10.05.2023
ölçüsü202,64 Kb.
#110919
1   2   3   4   5   6   7
Markaziy bankning davlat bilan aloqasi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining joylashish chizmasi

Banklarning o`z mablag`lariga – ustav kapitali, rezerv kapitali, maxsus fondlar (moddiy rag`batlantirish va boshqa tashkil etilgan fondlar) va taqsimlanmagan foyda kiradi. Banklarning keyingi yillar balanslarida o`z mablag`lari tarkibida aksiyalar bo`yicha emissiya ustamasi, asosiy vosita va chet el kapitalini qayta baholash so`mmalari ham o`z aksini topgan.


Amaliyotda bank passivlarining 20 foiziga yaqini banklarning o`z mablag`lariga to`g`ri keladi. Bank o`z mablag`lari ichida asosiy o`rinni bank ustav kapitali egallaydi. Banklarning ustav kapitali ularning majburiyatlarini bajarilishining asosi bo`lib xizmat qiladi va u banklar tashkil qilinganda moddiy va pul mablag`laridan tashkil topadi. Bank kreditlari hamda chetdan boshqa pul mablag`larini jalb qilib uni tashkil qilish mumkin emas.
Shu kabi banklarni zaxira kapitali va taqsimlanmagan foydaga tegishli manbalar hisobidan shakllanadi va sarflanadi.
J alb qilingan mablag`lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. Bo`larga depozitlar, shuningdek kontokorrent va vakillik hisob varaqlaridagi mablag`lar kiradi.
B ank resurslari tarkibida aholining quyilmalari muhim rol uynaydi va u 2007 yilni 1 iyuliga 678,3 mlrd so`mni tashkil etadi.
B a nk larning emitentlashgan mablag`lari. Banklar mijozlar mablag`laridan yetarli darajada o`zroqroq foydalanishni amalga oshirishdan manfaatdordirlar. Shu sababli banklar obligatsiya qarzlari, bank veksellari va boshqalarni chiqarish yo`li bilan o`z resurslarining miqdorini ko`paytirib boradilar.
Daromad olish maqsadida bank resurslarini joylashtirish bilan bog`liq operatsiyalar banklarning aktiv operatsiyalari deyiladi. Banklarni aktiv operatsiyalarida asosiy o`rinni ularning kredit operatsiyalari egallaydi.
X ozigi kunda tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning ta`minoti sifatida kuchmas mulk, qimmatli qog`ozlar, uchinchi shaxs va sugurta tashkilotining kafolati qabul qilingan.
T i jorat banklarining kreditlash jarayoni quyidagi boskichlarni o`z ichiga oladi:

    • Kredit olish uchun mijoz arizasini ko`rib chiqish

    • Qarz oluvchining tulovga va kreditga layoqatligini bank tomonidan o`rganish

    • Kredit qo`mitasini qarori

    • Kredit shartnomasini rasmiylashtirish

    • Kredit berish

    • Kreditni foizi bilan qaytarilishini bank tomonidan nazorat qilish

Tijorat banklari resurslarining 2002 yilda 66,83 foizi, 2003 yilda 68,08 foizi, 2004 yilda 70 foizi kreditlashga yo`naltirilgan.
T i jorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag`larini bankga jalb qilish bilan bog`liq operatsiyalari depozit operatsiyalari deyiladi. Depozit operatsiyalari tijorat banklarining 90 foizgacha passivlari tashkil qilinishi mumkin.
Depozit operatsiyalarining suyektlari bo`lib bir tomondan tijorat banklari, ikkinchi tomondan korxona, tashkilotlar, moliya, sug`urta, investitsion va trast kompaniyalari, xususiy korxonalar, qo`shma, xissadorlik korxonalari, jamoa tashkilotlari, alohida jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Depozit operatsiyalarining obyekti bo`lib extiyojdan ortiqcha pul mablag`lari (quyilmalari) hisoblanadi.
Pul quyuvchilarning toifasiga ko`ra depozitlar bo`linadi:

    • yuridik shaxslar (korxona, tashkilotlar va boshqalar) quyilmalari

    • jismoniy shaxslar quyilmalari

Mablag`larni olish shakliga ko`ra depozitlar bo`linadi:

    • Muddatli depozit mablag`lar

    • Talab qilib olgunga qadar depozit mablag`lar

    • Aholini jamg`arma mablag`lari

Muddatli depozit mablag`lar bo`linadi:

    • 3 oy muddatgacha

    • 3 oydan 6 oygacha

    • 6 oydan 9 oygacha

    • 9 oydan 12 oygacha

    • 12 oydan yuqori bo`lgan depozit mablag`lari

Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz aylanishlarning rivojlanishi natijasida dastlabki shakllantirilgan depozitlarni cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankga utkazish, shu bilan birga tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarni cheksiz oshirish imkoniyati mavjud. Xorijiy nazariyada bu jarayon depozit multiplikatsiyasi (mablag`larni bir bankdan ikkinchi bankga o`tkazilishi) va kredit ekspansiyasi deb nom olgan.
Masalan «A» bankdan dastlabki depozit 1000 birlikni tashkil etsa uning 20 % majburiy zahira sifatida Markaziy bankga o`tkazilsa bankni kredit berish imkoniyati 800 birlikni tashkil qiladi. Bu kredit mijozga berilgandan keyin boshqa bankda depozitga aylanishi mumkin. Jumladan, ushbu berilgan kredit so`mmasi «B» bankning mijozi bo`lgan mahsulot yetkazib beruvchining hisob varag`iga sotuvdan tushum shaklida kelib tushadi. Bunda A bankning krediti B bankda depozitni vujudga keltiradi. B bank bu depozitdan kredit beradigan bo`lsa, majburiy zahirani hisobga olgan holda uning miqdori 640 (800 – 160) birlikka teng bo`ladi.
Tijorat banklarining nodepozit operatsiyalari deb tijorat banklarining yirik pul bozorlaridan pul mablag`larini jalb qilish, qimmatli qog`ozlar, obligatsiyalarni muomilaga qo`yish yo`li bilan mablag`larni jalb qilish sohasidagi operatsiyalariga aytiladi.
Jahon banki amaliyotida tijorat banklariga mablag`larni jalb qilishning keng tarqalgan nodepozit shakllariga quyidagilar kiradi:

    • Banklararo bozordan qarz olish

    • Qimmatli qog`ozlarni qaytib sotib olish sharti bilan sotish (Repo operatsiyalari)

    • Bank akseptlarini sotish

    • Tijorat qog`ozlarini chiqarish

    • Yevro – dollarlar bozoridan qarz olish

    • Kapital notalar, obligatsiyalar chikarish va boshqalar

Nodepozit operatsiyalar bozorda raqobatchilik asosida, vasitachilar (brokerlar) orqali sotib olinadi. Bunda birinchidan mablag`larni sotib olish g`oyasi bankning o`ziga tegishli, ikkinchidan bu g`oya bankning biror – bir mijozi bilan bog`liq emas. Nodepozit manbalardan asosan moliyaviy markazlarda joylashgan hamda moliya bozori mexanizmidan erkin foydalanish xuquqiga ega bo`lgan yirik banklar keng foydalanadilar. Nodepozit mablaglar yirik miqdorda sotib olinadi.
Tijorat banklarining boshqa operatsiyalariga bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalarini kiritish mumkin. Bunda banklar mijozning hisobidan ularning turli topshiriqlarini bajaradilar. Bunday topshiriqlar mamlakat ichida yoki bir mamlakatdan boshqa mamlakatga pul utkazish bilan bog`liq.
Shunday operatsiyalardan biri bo`lib faktorning (inglizcha vositachi) operatsiyasi bo`lib bunda bank mijozning qarzga oid talablarini, ularni yetkazib berish qiymatining 80 foizi shu zahoti to`lash va qolgan qismini kredit uchun foizlar va vositachilik haqini chiqarib to`lash sharti bilan sotib oladi.
Vositachilik operatsiyalarining biri bo`lib trast (inglizcha ishonchli) operatsiyalari hisoblanib u mulkka egalik qilishning eng tarqalgan shakli – aksiya, obligatsiya va pul mablag`larining bir egalikdan (shaxsdan) ikkinchi egalikga (shaxsga) o`tkazishni banklar orqali amalga oshirishni bildiradi. Bu mijoz bilan kelishilgan holda uni mablag`larini boshqarish ishonchini qulga kiritishdir.
Banklar trast operatsiyalarining nafaqat jismoniy shaxslar bo`yicha balki yuridik shaxslar uchun ham amalga oshiradilar.
Jismoniy shaxslar uchun trast bo`yicha merosni boshqarish ishonch va vosiylik bilan bog`liq operatsiyalar bajariladi. Shunday operatsiyalarga tratta (italiyancha utkazma veksel) operatsiyalarini ham kiritish mumkin. Bu kreditorning qarzdorga (odatda bankga) yozma buyrug`i. Bu tashqi savdodagi hisob – kitoblarda qullanilib unda bankning uchinchi shaxs (takdimchi) ga yoki trattani taqdim etganga muayyan so`mmani to`lash ko`rsatiladi.


Yüklə 202,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin