2. Markaziy banki faoliyatining asoslari Markaziy bank – kredit tizimining bosh banki bo`lib, mamlakatda pul-kredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi.
Birinchi markaziy banklar bundan qariyib uch yuz yil oldin tijorat banklarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Bular 1668 yilda tashkil bo`lgan Shved Riks Jiro banki, 1694 yilda tashkil qilingan Angliya banklaridir.
Yevropa mamlakatlarida Markaziy banklar ancha kechroq, asosan XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat ko`rsata boshlagan. AQShda Markaziy bank funksiyasini 12 federal rezerv bankidan iborat federal rezerv tizimi bajaradi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1992 yilning sentabr oyidan sobiq SSSR davlat bankining Respublika bo`limi zaminida paydo bo`lgan.
Jaxon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yuli mavjud:
Birinchi yul – o`zoq davr mobaynida tijorat banklarining rivojlanishi natijasida ularni Markaziy bankka aylanishi. Shu holat 1844 yilda Angliyada, 1848 yilda Fransiyada, 1874 yil Ispaniyada, 1875 yilda Germaniyada (Reyxsbank), 1893 yilda Italiya Markaziy banklari tashkil bo`lishi bilan bog`liq.
Ikkinchi yo`l – bir yo`la Markaziy bank – emission markaz sifatida tashkil qilingan banklar. Bunday banklarga AQShning federal banklari, 1913 yildan tashkil etila boshlangan Lotin Amerikasi mamlakatlari banklari, Avstriya Markaziy banki va boshqalarni kiritish mumkin.
Markaziy bank iqtisodiyotni boshqarishda va bank tizimini nazorat qilishda muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun ham uning faoliyati uning Ustaviga nisbatan yuqori kuchga ega bo`lgan qonun bilan tartibga solinadi. Markaziy bank alohida statusga ega bo`lgani holda butun bank tizimini, davlat organlarini nazorat qilib uning faoliyati, vazifalari va yuklatilgan majburiyatlar uni tijorat faoliyati chegarasidan chiqadi.1 Respublikamizda Markaziy bank to`g`risidagi qonun 1995 yilni 21 dekabrda qabul qilinib 2002 yilda unga ayrim o`zgartirishlar kiritilgan.
Qonunning 3-moddasiga kura Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutani barqarorligini ta`minlash hisoblanadi. Valyuta barqarorligi tushunchasi pul massasi barqarorligini, baho va milliy valyuta almashuv kursini barqarorligini anglatadi.
Qonunning 6-moddasi Markaziy bankning mustaqil ekanligiga bag`ishlanib u quyidagilarda ko`rinadi:
Markaziy bank xukumatning iqtisodiy siyosati chegarasida faoliyat ko`rsatadi. Markaziy bank xukumat siyosatidan o`tib o`zining alohida siyosatini yurgizmaydi.
Markaziy bankning mustaqilligi unga yuklatilgan vazifalar chegarasida amalga oshadi. Bu mamlakatdagi pul-kredit siyosatini belgilashda, kreditlar bo`yicha foiz stavkalarini belgilashda, bank likvidligi nisbati, almashuv kurslarini belgilash bilan bog`liq boshqa ishlarda ko`rinadi.
Markaziy bank o`ziga yuklatilgan vazifalarni bajarilishini ta`minlash uchun tegishli tarkibni tashkil etadi. Qonunning 8-moddasiga binoan Markaziy bank Qoraqalpog`iston Respublikasining poytaxti, viloyat markazlari va Toshkent shahrida Bosh boshqarma va xizmat bo`limlariga ega.
Qonunning 15-moddasiga binoan Markaziy bankning Oliy Organi bo`lib bank Pravleniyasi hisoblanadi. Bank Pravleniyasi 11 kishidan iborat bo`lib uning tarkibiga Markaziy bank raisi, uning muovinlari va bank asosiy bo`limlari boshliqlari kiradi. Bank Pravleniyasining raisi bo`lib Markaziy bank Raisi hisoblanadi. Pravleniya a`zolari Markaziy bank raisi tavsiyasiga binoan Oliy Majlis kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Qonunning 5-moddasiga kura Markaziy bank o`z faoliyati natijalari bo`yicha Respublika Oliy Majlisiga bo`ysunadi.
Oliy Majlis:
Respublika Prezidentining tavsiyasiga binoan Markaziy bank raisini tayinlaydi va vazifasidan bo`shatadi.
Yillik xisobat va auditor xulosasini ko`rib chiqadi.
Qonunning 44-moddasiga binoan Markaziy bank quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Banknotalar (naqd pullar) emissiyasi Markaziy bankning qadimgi va muhim funksiyasidir. Qonunning 38-moddasiga ko`ra muomilaga naqd pullarni chiqarish va undan olish faqat Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 6 apreldagi «Pul massasi oshishini chegaralash va moliyaviy intizomni ta`minlash javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoni naqd pullarni bankka o`z vaqtida qaytishini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega. Respublikamizda muomilada naqd pul muomilasini chegaralash maqsadida plastik kartochkalardan keng foydalanish va boshqa choralari ko`rilmoqda.
Tijorat banklari kassa rezervlarini to`plash va saqlash. Qonunning 28moddasida bu holat o`z aksini topgan bo`lib minimal zaxiralar bu tijorat banklari resurslarining Markaziy bankda saqlanishi zarur bo`lgan qismidir. Majburiy rezerv miqdori tijorat bankining yig`ilgan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Minimal zahira jamg`arma turiga, uning hajmiga, bankning joylashgan o`rniga bog`liq bo`lgan holda turli mamlakatlarda turlicha. Jumladan, Yaponiyada minimal rezervlar stavkasi 2,5%, AQSH da 12%, Germaniyada 12,1%, Portugaliyada 17%, O`zbekistonda 2005 yildan 15%. Markaziy bank bundan pul muomilasini muvofiqlashtirishda foydalanadi.
Oltin-valyuta zahiralarini saqlash. Bu mamlakat to`lov balansi defitsitini qoplash va milliy valyuta kursini barqarorligini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega.
Respublikamizda 2006 yilda oltin-valyuta zahiralari 35%ga oshib, tashqi savdo ijobiy qoldig`i 1,445 mlrd. AKSH dollariga yetdi va oltin-valyuta zaxiralarimiz respublikamizning 8 oylik importini qoplashga yetadi.
Tijorat banklarini kreditlash. Kredit muassasalari depozitlarini markazlashuvi kredit operatsiyalarini kengaytirish uchun baza hisoblanadi. 2006 yilda banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga milliy valyutada berilgan kreditlar 4095,4 mlrd. so`mni tashkil etdi, uning 77,8% i uzoq muddatli kreditni tashkil etadi.
Davlat banki sifatida xukumat uchun kredit berish va hisob-kitob operatsiyalarini bajarish. Bu markaziy bankda xukumat tashkilotlari va muassasalarining hisobvaraqlarini yuritilishida, shu hisobvaraqlar orqali qimmatli qog`ozlar, uzoq va qisqa muddatli kreditlar, davlat obligatsiyalarini sotib olish, chet el valyutasi bo`yicha va boshqa operatsiyalarni amalga oshirilishi bilan bog`liq. Markaziy bank xukumatining fiskal (xazina) vakili vazifasiga muvofiq xukumat organlari hisob-varaqlarini yuritar ekan (47 modda), xukumatning moliya operatsiyalarini amalga oshirishda kumaklashadi, budjet kirimlari va chiqimlari yuzasidan maslaxatlar beradi.
Xisob-kitob va almashuv operatsiyalarini amalga oshirish. Qonunning 40,43 moddalariga binoan Markaziy bank milliy valyutani chet el valyutasiga nisbatan kursini belgilaydi, uni almashish limitini belgilaydi, respublika xududi va undan tashqarida valyuta operatsiyalarini amalga oshiradi.
Pul-kredit siyosati. Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta`minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o`rnatish asosida inflyatsiya sur`atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini oshirish va iqtisodiyotning barqaror o`sishini ta`minlashdan iborat.
Pul-kredit siyosati davlatning iqtisodni boshqarish siyosatining bir qismi bo`lib muomiladagi pul massasi, kredit hajmi, foiz stavkalari darajasi va boshqa pul muomilasi kursatkichlarini o`zgartirishi bilan ishlab chiqarish hajmini o`sishi va pasayishiga moslab pul ta`minotini yo`lga kuyadi.
Jumladan, Markaziy bankning pul-kredit siyosati 2007 yilga quyidagicha belgilangan:
Iste`mol narxlar indeksining yillik darajasi 5,7% dan oshmasligi.
YAIM ni real o`sishi 7,7%.
Budjet taqchilligi YAIMning 1,0% dan oshmasligi.
Sof tashqi savdo aylanmasini o`sishi va uni ijobiy qoldig`i 2 mlrd. AQSH dollari hajmida bo`lishi.
Banklardagi aholi jamg`armalarining qoldig`i 678,3 mlrd.so`mga yetishi va boshqalar.
8. Nazorat funksiyasi. Bu funksiyaga qonunning VIII-bobi 50-54 moddalari bag`ishlangan bo`lib, ularda tijorat banklari faoliyatining nazorati va ularni Markaziy bank bilan o`zaro munosabatlari aks etgan.
Umuman tijorat banklar faoliyati nazorati quyidagi yo`nalishlarda olib boriladi:
Davlat nazorati – bank tizimidagi qonunchilik asosida, chunki hamma banklar, shu jumladan Markaziy bank ham qonun asosida faoliyat ko`rsatadi.
Yuqori tashkilot nazorati, ya`ni Markaziy bank tomonidan.
Mustaqil tashkilot tomonidan – auditorlik tashkiloti va boshqalar.
O `z b ekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi qonunning birinchi moddasida ta`kidlanganidek «Bank – bu tijorat muassasasi bo`lib jismoniy va xuquqiy shaxslarning bo`sh turgan pul mablag`larini jalb qilish va ularni o`z nomidan to`lovlilik, muddatlilik, qaytarib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi».
T i jo rat banklari bank tizimining muhim bo`g`ini bo`lib kredit resurslarining asosiy qismi shu banklarda yig`iladi va bu banklar xuquqiy va jismoniy shaxslarga xizmatlarni ko`rsatadi.
O`zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining Markaziy bankdan keyingi pog`onasi hisoblanadi. Xozirgi kunda Respublikamizda 2007 yilni 1iyul holatiga 28 turdagi, shundan 3 ta davlat mulkiga asoslangan, 11 ta aksioner - tijorat, 9 ta xususiy va 5 ta chet el sarmoyasini hissasi bilan tijorat banklari mavjud.
R espublika xududida tijorat banklari o`z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan berilgan litsenziya asosida amalga oshiradilar.
B an k larga litsenziya berish O`zbekiston Respublikasining «O`zbekiston Respublikasining Markaziy bank to`g`risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi, «Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqini ximoya qilish to`g`risida» gi va boshqa qonunlari hamda banklar bo`yicha tegishli me`yoriy xujjatlar talablari asosida amalga oshiriladi.
Tijorat banklarini tashkil qilish 1999 yilni 11 – fevralida qabul qilingan «Banklarni ro`yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to`g`risida»gi 630 – sonli Nizom asosida olib boriladi. Ushbu Nizomga asosan tijorat banklari ochiq yoki yopiq aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin.
Bankni davlat ro`yxatidan utkazish uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizi miqdorida, filiallar ro`yxatga olinayotganda esa ushbu mablag`ning yarmi miqdorida xaq to`lanishi, ustav kapitalining 30 foizidan ortig`i xorijiy shaxslarga tegishli bo`lgan banklar va shu`ba banklarini ro`yxatdan o`tkazishda 5000 AQSH dollariga teng so`mmada xaq to`langanligini tasdiqlovchi va boshqa xujjatlar taqdim etilishi lozim.
O `zbekiston Respublikasi «Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi qonunga asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat xokimiyat organlari, jamoa birlashmalari, jamoa fondi mablag`lari, shuningdek kreditga va garovga olingan mablag`lardan foydalanish man etiladi.
« B a nklarni ro`yxaga olish va ularga litsenziya berish tartibi to`g`risida»gi Nizomga asosan har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi ulushi 2002 yilning 1 yanvaridan boshlab ustav kapitali umumiy miqdorining 7 foizidan oshmasligi kerak. Shuningdek banklarning boshqa banklar ustav kapitalida ishtirokiga ruxsat etilmaydi. (shu`ba banklar tashkil etish bundan mustasno). Har bir bank o`z ustavi asosida faoliyat kursatadi.
O `z b e kiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 7 – noyabrdagi «Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo`sh pul mablag`larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Qaroriga ko`ra tijorat banklari o`z kapitallarini bir maromda usib borishini ta`minlash, kredit portfeli sifatini yaxshilash, loyihalarini moliyalashni takomillashtirish va boshqa vazifalar qo`yilgan.
Jumladan, qarorda ko`zda tutilishicha 2008 yilni 1 yanvaridan yangi tashkil etiladigan tijorat banklarining ustav kapitali 5 mln Yevrodan, xususiy banklarni ustav kapitali 2,5 mln Yevrodan kam bo`lmagan miqdorga yetkazish ko`zda tutilgan.
B anklar kapitalini ortib borishini ta`minlash O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 iyuldagi 670-sonli “Banklarning kapitallashuni yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qaroridan kelib chiqadi.
B ank faoliyatini tuxtatish va banklarni tugatish «Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi qonun ham Markaziy bankning 240 – sonli «Banklarni tugatish tartibi to`g`isida»gi Nizomga asosan amalga oshiriladi.
O `z faoliyatini tuxtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni Davlat ro`yxatiga olish daftaridan chiqariladi. Uni faoliyati tuxtatilganligi matbuotda e`lon qilinadi.