Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni belgilovchi mezonlar. O‘tish iqtisodiyotida markaziy banklar


O‘zbekiston respublikasi markaziy bankining mustaqilligi



Yüklə 44,16 Kb.
səhifə8/9
tarix27.04.2023
ölçüsü44,16 Kb.
#103618
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MARKAZIY BANKNING MUSTAQILLIGI 2

4. O‘zbekiston respublikasi markaziy bankining mustaqilligi

Mamlakat Markaziy bankining kapitalida 100 foizi davlatning ishtiroki - ko’proq Markaziy bank salohiyatiga va an’analariga hamda ulush egalariga ham bog’liq. Misol tariqasida AQShning Federal Rezerv Tizimini va Germaniyaning Federal bankini ko’rsatish mumkin. Ikkala Markaziy bank jahonda eng mustaqil markaziy banklar sifatida tan olingan. Shunday bo’lsa-da, Nemis Federal bankining 100 foiz kapitali Federatsiyaga, Federal Rezerv Tizimi kapitali esa, 100 foiz a’zo-banklarning to’liq mulkiga tegishli. Va aksincha, banklar va sug’urta kompaniyalarining mulkiga tegishli bo’lgan Italiya Markaziy banki davlat boshqaruv organlariga qaramdir.


Bu omilning tahlilidan ko’rinadiki, markaziy banklar kapitali egalarining tarkibidan qat’iy nazar, ular uning pul-kredit siyosatidagi mustaqilligiga ahamiyatli ta’sir ko’rsata olmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankini ham Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Gollandiya, Daniya va Rossiya kabi davlatlarning markaziy banklari guruhlari qatoriga kiritish mumkin, chunki bu guruhlar kapitalining 100 foizi ham davlat mulki hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining iqtisodiyotdagi qrnini ham uning mamlakat xukumati bilan bo’ladigan munosabatidan bilish mumkin. Barcha mamlakatlarda Markaziy banklarning faoliyati Markaziy bank to’g’risidagi qonun bilan tartibga solinadi. qonunda Markaziy bank faoliyatining barcha jihatlari o’zaksini topgan bo’lishi kerak. Chunki, Markaziy bank uchun xukumatning boshqa qonun hujjatlari “Markaziy bank faoliyati to’g’risida”gi qonun oldida ustuvor emas.
Markaziy banklarning raislari va boshqaruv a’zolarini qonun boyicha ishdan olish tartibi ham qiziqarli holatda rasmiylashtirilgan. Ko’pgina sanoati rivojlangan mamlakatlar (Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSh, Daniya, Avstriya, Shveytsariya va Gollandiya)ning markaziy banklar raislarini, boshqaruv a’zolarini saylangan muddatlaridan ilgari ishdan bo’shatib bo’lmaydi. Xukumatga yuqoridagi davlatlarga nisbatan qaramroq bo’lgan markaziy banklar bunga kirmaydi (Italiya, Frantsiya).
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi haqida “Markaziy bank faoliyati to’g’risida”gi qonunning 20, 21 - moddalarida to’xtalib o’tilgan. O’zbekiston Respubli-kasi Markaziy banki raisi 5 yil muddatga saylanadi. qonunning 22-moddasida “Markaziy bank Raisining birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari Markaziy bank Raisining taqdimiga ko’ra Oliy Majlis Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi”, deyilgan.
Shunday qilib, Markaziy bank boshqaruvining saylovi va ishdan bo’shatish tartibi mamlakat Markaziy bankining davlat boshqaruv organlariga nisbatan bo’lgan mustaqilligini namoyon etadi.
O’zbekiston Respublikasining “Markaziy bank haqida”gi qonunida Markaziy bankka quyidagi vazifalar yuklatilgan. Bular:

  • pul muomalasini tartibga solish;

  • so’mning qadrini oshirishni ta’minlash;

  • pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari faoliyati ustidan nazorat qrnatish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat boyicha operatsiyalarni amalga oshirish;

  • davlatning tashqi qarzini to’lash va oltin-valyuta rezervlarini boshqarish.

Qonun O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga pul-kredit siyosati mexanizmlarini tanlashda keng mustaqillik berilgan. Misol tariqasida, kreditlarning foiz stavkasini, banklarga qrnatilgan iqtisodiy meyorlarni, qimmatbaho qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni, majburiy rezervlar miqdorini aniqlash va shu kabilarni keltirish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankini ham kiritish mumkin. qonunning 48-moddasida bu haqda quyidagilar bayon etilgan:
“Kreditlar xukumatga Oliy Majlis tasdiqlagan miqdorda, erkin muomalada bo’ladigan va olti oylik muddat ichida qiymati to’lanadigan qarz majburiyatlari ko’rinishida, tasdiqlangan davlat qimmatli qog’ozlari garovga qoyilishi sharti bilan beriladi. Bunday qimmatli qog’ozlar Moliya Vazirligi tomonidan chiqariladi, bozor stavkasi boyicha to’lanadigan daromad manbaiga ega bo’ladi va Markaziy bankka topshiriladi. Kredit muddatlari erkin muomaladagi qarz majburiyatlarini to’lash muddatlariga muvofiq kelishi lozim.
Kredit berish xukumat va Markaziy bank o’rtasida alohida kredit shartnomasi tuzish bilan rasmiylashtiriladi, unda kreditning miqdori, qaytarilish muddatlari, to’lanadigan foizlar normasi va ssudani uzish tartibi kelishib olinadi.
Markaziy bank xukumatga obuna boyicha badallar uchun yoki respublikaning u yoki bu xalqaro tashkilotga a’zoligidan kelib chiquvchi boshqa to’lovlar uchun ancha uzoq muddatli kreditlar berishga haqli.
Markaziy bank xukumatga ushbu moddada nazarda tutilganlardan tashqari hollarda moliyaviy yordam berishga haqli emas”.
Biroq, iqtisodiy inqiroz, ishlab chiqarish hajmining pasayishi hamda inflyatsiyaning o’sish tendentsiyasi davom etayotgan davrda Markaziy bankning byudjetni engilliklar bilan moliyalashtirishi kuzatilmoqda.
Xukumat bilan Markaziy bank o’rtasidagi kreditlash borasidagi o’zaro munosabatlarni jahon mezonlariga moslash uchun 1 yilgacha beriladigan kreditlardan tashqari hamma zayomlarni Davlat qarz obligatsiyalari sifatida qayd etish lozim.
Shu holatda O’zbekiston banki ochiq bozorda operatsiyalar o’tkazib, davlatning ichki qarzini investorlarga foydaliroq shartlarda qayta taqsimlashi mumkin.
Xulosa
O`zbekistonda bank tizimi shakllanish davridayoq bank auditini xalqaro talablarga javob beradigan darajada tashkil etishga alohida e`tibor berildi. Hozirgi paytda tijorat banklari, avvalambor, Markaziy bank tomonidan diqqat bilan nazorat qilib borish obyekti sanaladiki, bu O`zbekiston Respublikasi “O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risida”gi qonunda ham o`z ifodasini topdi. Qonunning 50-moddasida aytiladiki, Markaziy bank bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilinishini ta`minlash maqsadida banklar faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi.
Markaziy bank iqtisodiyotni boshqarishda va bank tizimini nazorat qilishda muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun ham uning faoliyati uning Ustaviga nisbatan yuqori kuchga ega bo`lgan qonun bilan tartibga solinadi. Markaziy bank alohida statusga ega bo`lgani holda butun bank tizimini, davlat organlarini nazorat qilib uning faoliyati, vazifalari va yuklatilgan majburiyatlar uni tijorat faoliyati chegarasidan chiqadi

Markaziy bank O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatiga


hisobdordir va bu uning ish faoliyatining alohida xususiyatidir. Xalqaro amaliyotda ham markaziy banklar milliy pul birligining ichki va tashqi barqarorligi uchun javobgar, o'zining parlamenti oldida hisob beradi, lekin o'z faoliyatida parlamentga bo'ysunmaydi.

Shuningdek, u bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistik hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo`lgan qoidalarni belgilaydi. Bu qoidalar quyidagilardan iborat:




  • Banklarning hisoboti va boshqa hujjatlarini olish hamda tekshirish, ularning faoliyati, shu jumladan operatsiyalari to`g`risida axborot so`rash va olish;

  • Olingan axborot yuzasidan izoh talab qilish;

  • Banklar, ularning filiallari va bank bilan uzviy bog`langan yuridik shaxslarning faoliyatini tekshirish hamda tartibbuzarlarga nisbatan sanksiyalar qo`llash;

Xulosa qilib aytganda yurtimizda Markaziy bankning maqomini yanada oshirishda bank kredit tizimi va uning asosiy yo`nalishlarini belgilab olish, aholi mablag`larini tijorat banklari omonatlariga jalb etish ishlarining samaradorligini oshirish, pul kredit siyosatini isloh qilish, mamlakatda inflyatsiya darajasining o`sishiga yo`l qo`ymaslik va boshqa shu kabi chora tadbirlarni amalga oshirish kerak deb o`ylayman.


Yüklə 44,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin