Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni belgilovchi mezonlar. O‘tish iqtisodiyotida markaziy banklar


Eyffinger-Shaling indeksi 3 ta faktor asosida hisohlanadi



Yüklə 44,16 Kb.
səhifə4/9
tarix27.04.2023
ölçüsü44,16 Kb.
#103618
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MARKAZIY BANKNING MUSTAQILLIGI 2

Eyffinger-Shaling indeksi 3 ta faktor asosida hisohlanadi:

  1. MBning pul-kredit siyosatini aniqlashdagi mustaqilligi;

  2. MB boshqaruv organlarida hukumat organlarining mavjudligi;

  3. Hukumat tomonidan tayinlanadigan MB boshqaruv organlari a'zolarining ulushi;

Bu indeks qanchalik shartlarni bajarilishiga ko‘ra 1 dan 5 gacha baholanadi.
Bundan tashqari, MB siyosiy mustaqilligi MB boshqaruvini tayinlash jarayonining qonun bilan boshqarilishida ham ko‘zga tashlanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda MBning boshqaruvini tanlash va ularning vakolat muddatlarini qisqartirishga hukumatning aralashishi, bank boshqaruvida hukumat vakillari ishtirok etishi hamda hukumat bilan munozaralarda MBning qonuniy himoyasining chegaralanganligi kabilar ularning mustaqil qaror qabul imkoniyatini bermaydi.
Hozirgi davrda dunyo bo‘yicha siyosiy mustaqillik darajasi eng yuqori bo'lgan Markaziy bank-bu Yevropa Markaziy bankidir (EMB) . Xususan:

  • EMB Yevropa Ittifoqi boshqaruv organlariga va yevrohudud hukumatlariga umuman bo‘ysunmaydi;

  • EMB baholar barqarorligiga javob beradi;

  • EMBning vakolatlarini qonunchilik asosida o‘zgartirilishi mumkin emas.

EMBning vakolatlari faqatgina Maastrixt shartnomasini qayta ko‘rib chiqish natijasida o‘zgartirilishi mumkin. Bu esa, juda murakkab jarayon bo'lib, barcha ishtirokchilarning roziligini olishni talab etadi.
AQSh FZTning ham siyosiy mustaqillik darajasi yuqoridir.
FZT Boshqaruvchilar kengashi a’zolari 14 yilga tayinlanadi.AQSh Prezidenti faqat 2 muddatga (8 yil) saylana oladi. FZT Prezidenti nomzodini AQSh Prezidenti Senatga taqdim etadi, shuningdek FZT pul-kredit siyosatini amalga oshirishda mustaqildir.
Ammo FZTning siyosiy mustaqillik darajasi EMBnikidan past, chunki FZTga Kongress ta’sir ko‘rsata oladi.
Kanada va Angliya Markaziy banklarining siyosiy mustaqillik darajasi bundan ham pastdir.
Kanada Markaziy bankining Direktori Hukumat tomonidan tas-diqlanadi. Pul-kredit siyosati instrumentlarini mustaqil tanlay olmaydi.
Kanada Markaziy banki va Hukumati o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelsa, Moliya vazirligi direktiva chiqarish huquqiga ega va Markaziy bank uni bajarishga majbur.
Ammo hozirga qadar Moliya vazirligi bironta ham direktiva chi-qarmagan. Chunki, direktiva yozma ravishda rasmiylashtirilishi kerak.

Yüklə 44,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin