Markaziy osiyo aholisining diniy tarkibi va dinlar geografiyasi


Islomning kelib chiqishi, shakllanishi va boshqa o’lkalarga tarqalishi



Yüklə 96,88 Kb.
səhifə4/8
tarix06.03.2023
ölçüsü96,88 Kb.
#86855
1   2   3   4   5   6   7   8
MARKAZIY OSIYO AHOLISINING DINIY TARKIBI VA DINLAR GEOGRAFIYASI (3)

3. Islomning kelib chiqishi, shakllanishi va boshqa o’lkalarga tarqalishi.

Islom ta’limoti uning muqaddas kitobi – Qur’oni Karimda bayon etilgan. Islomning aqidalari, e’tiqod talablari, huquqiy va ahloqiy me’yorlari, cheklash va taqiqlari Qur’on bilan birga uning tafsirlarida, hadis tuplamlari va shariat qullanmalarida, islohiyot adabiyotlarida o’z ifodasini topgan.


Islom dinining asosiy aqidasi “Ollohdan boshqa hech bir iloh – yo’q Muhammad Ollohning eslchisidir”.
Qur’on tilida esa: “La Ilaha Illallohu Muhammadur Rasulluloh”. Bu kalimai tavhid deyiladi. “Guvohlik bermanki, bir Ollohdan boshqa iloh yo’q va yana guvohlik beramanki, Muhammad Ollohning bandasi va rasuli(elichisi) dir”. Qur’on tilida “Ashhadu an la ilaha illalohu va ashhadu anna Muhammadan a’bduhu va rasuluhu”. Bu Kalimai shahodat deyiladi.
Islom diniga kirish, musulmon bo’lish uchun yuqoridagai ikki iymon kalimasini tili bilan aytmoq va halban, chin dildan ishonib tasdiqlash lozim. Buni iymon keltirish deb yuritiladi.
Bu ikki kalimani keltirish iymonning ilk bosqichidir. Iymonning yana qolgan olti bosqichi-sharti bo’lib, musulmon kishi yana shularga ishonmog’i va ularga amal qilib yashamog’I ham shart hisoblanadi.
Sunniylikda iymon talabalari 7 tadir. Bular:

  1. Ollohning yakkayu- yagonaligiga ishonish, faqat ungagina sig’inish, e’tiqod va ibodat qilish.

  2. Ollohning farishtalariga ishonish.

  3. Ollohning barcha ilohiy, muqaddas kitoblariga ishonish.

  4. Ollohning barcha payg’ambarlariga ishonish

  5. Taqdirga, uning ilohiyligiga ishonish .

  6. Ohiratga, qiyomat qoyim bo’lishiga ishonish.

  7. Qayta tirilishga ishonish.

Ana shu etti shart , e’tiqod talablari – iymonning to’liq asosi, ustuni sanaladi. Islomga e’tiqod qiluvchi har bir kishi tili bilan – “Iymon keltirdim Ollohga, uning farishtalariga, kitoblariga, payg’ambarlariga, taqdiriga, qiyomat kuniga va o’lgandan keyin qayta tirilishga” , deb aytmog’i va bunga dili bilan ishonmog’i lozim. Endi shular haqida qisqa to’xtab o’tamiz. Olloh- dunyodagi barcha mavjudotlarni yaratgan. Olamda yuz bergan va beradigan barcha voqea va hodisalar Olloh tomonidan belgilangan va uning irodasi bilan sodir bo’ladi. Ollohni hech kim bor qilgan emas u o’zidan o’zi border. Olloh birdir. Yakkadir,yolg’izdir. U biluvchidir , u bilmaydigan biror bir ish yo’q. U har ishga qodirdir, hamma narsani ko’ruvchi va eshituvchidir. Olloh bildiruvchi, tarbiya qiluvchidir. Ollohda hech qanday nuqson va kamchilik yo’qdir. U hamma erda hozir. Olloh emaydi, ichmaydi, kasal bo’lmaydi.
Har bir musulmondan Ollohning ana shunday qudratiga ishonmoqlik talab etiladi.
Farishtalar- Ollohning nihoyatda itoatli, hech bir gunohsiz, nurdan yaratilgan, odamlar ko’ziga ko’rinmaydigan bandalaridir. Ular Ollohning buyurgan ishlarini bajaradilar. Ularda erlik, ayollik, tug’ish,tug’dirish, eyish-ichish, uxlash kabi hususiyatlar yo’q. Farishtalarning eng mashhurlari-Jabroil, Makoil, Isrofil, Azroildir.
Payg’ambarlar Olloh tomonidan bandalariga din hukmlarini o’rgatmoq uchun yuborilgan elchilardir. Ular aqlli, ziyrak, tug’ri , otoatli bo’lib odam bolalaridan chiqadilar. Ular Olloh tomonidan buyurilgan din va shariat hukmlarini bandalariga etkazadilar, ularni haq dinga, yaxshi ishlarga va’z, nasihat bilan chaqiradilar. Qur’oni karimda 25 payg’ambarni ismi keltirilgan. Payg’ambarlar 2 hilga bo’linadilar: 1. Rasullar; 2. Nabiylar.
Olloh tomonidan o’zlariga alohida kitob va shariat berilgan payg’ambarlar rasul deb ataladilar. Barcha payg’ambarlardan 8 nafari: Odam, Idris, Shis, Ibrohim, Muso, Dovud, Is ova Muhammad rasul payg’ambarlardir.
O’zlariga mahsus kitob va shariat berilmay, bir rasulga berilgan kitob va shariat asosida ish qilishga buyurilgan payg’ambarlar nabiy deyiladi. Nabiylar rasul bo’lolmaydi. Rasullarning har biri ayni paytda nabiy ham hisoblanadilar.
Muqaddas kitoblar – har bir zamonning o’ziga yarasha din va muomalat hukmlarini bayon etib, o’sha zamonning payg;ambarlariga vahiy qilib yuborilgan kitoblardir. Olloh o’z payg’ambarlariga 100 sahifa – Odam , Shis, Idris, Ibrohimga; 4 kitob esa Muso, Dovul, Is ova Muhammadga yuborgan.
Ohirat – narigi dunyo, o’lgan bandalarning Olloh qudrati bilan tirilishi va Olloh tayin qilgan erga yig’ilish kuni. Yig’iladigan joining nomi “Mashhur eri”, kuni esa “Qiyomat kuni” deb ataladi. Bu kuni bandalarning bu dunyoda qilgan yaxshi, savob yoki gunoh ishlariga yarasha hukm chaqiriladi.
Taqdir – Olloh tomonidan har bir bo’lgan va bo’ladigan ishlarning bo’lmog’ini azaldan, oldindan tayin belgilabqo’yilishidir. Buni bizda peshonasiga yozilgan ham deyiladi.
Islom dinida “Islom arqonlari” degan tushuncha ham mavjud. U quyidagi besh asosdan, ustundan iborat : 1. Iymon; 2. Namoz; 3. Ro’za; 4. Zakot; 5. Haj. Yuqoridagilar har bir musulmon uchun farz qilib belgilangan. Bulardan tashhari janoza, sunnat, nikoh va qurbonlik qilish kabi muhim marosimlari ham mavjud.
Islom dini bayramlariga – Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, mavlud va boshhalar kiradi.
Iymon – yuqorida aytilgan Ollohdan o’zga iloh yo’q yo’qligiga va Muhammad uning bandasi va rasuli ekanligiga ishonmoq va e’tiqod qilmoqlikdir.
Namoz – kuniga 5 mahal o’qilib, kishida doimiy diniy kayfiyatni saqlashning muhim vositasidir. Namozlar - farz, sunnat, vojib kabilarga bo’linadi.
Ro’za – kun chiqishdan to kun botishga qadar yemoq va ichmoqlikdan tiyilmoq va shunga niyat qilmoqlikdir. Ro’za har bir sog’lom musulmon uchun farz ibodati sanaladi. U hijratning ikkinchi yili Madinada farz qilingan.
Zakot – mol-mulki shariat belgilagan miqdorga etganda yilda bir marotaba ulardan qirqdan birini, y’ani 2.5 foizini beva-bechoralarga, miskinklarga, ilm toliblariga va boshqa muhtojlarga berilishi shart bo’lgan Ollohning haqi.
Haj – ham jismoniy, ham ma’naviy, ham moddiy ibodat. Haj – kabatullohni tavof qilmoq, Safo va Marva tog’lari orasida yugurmoq, Arofat tog’ida bo’lmoq va zarur marosimlarni ado etmoq uchun Makka shahriga ziyoratga bormoqlikdir.
Hajning shartlari quyidagilar;

  1. Islom dinida bo’lish;

  2. Balog’atga etgan bo’lish;

  3. O’qil bo’lish

  4. Ozod bo’lish

  5. Qodir bo’lish

Islomning ana shu besh amali har bir musulmonga bajarish uchun farz qilingan. Yuqorida bayon qilinganlar Islom ta’limotining asosini tashkil etadi.
Islom dinida ilk davrdan paydo bo’lgan eng birinchi yirik muammo – oliy hokimyatni egallashga payg’ambardan keyin kim haqliroq, degan muammo bo’ldi. Halifa Ali bilan ummaviylar o’rtasidagi that uchun kurashda VII asrning ikkinchi yarmi boshlarida horijiylarida horijiylar (arabcha – ajralib chiqqan, isyonchi) oqimi ajralib chiqqan. Ali Muoviya taradorlari bilan oily hokimyatga vorislik masalasida muzokara olib borishga ko’ngan. Bu hol Ali haqiqiy vorislik huquqiga ega, deb hisoblangan tarafdorlarning o’rtasida norozilik tug’dirish. Qo’shinning bir qismi (12 ming kishi ) halifa Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib ketdi. Ajralib chiqqan qo’shin Aliga ham, ummaviylarga (muoviya tarafdorlari) ham bab-barobar qarshi kushganlar. Horijiylar harakati arablar tomonidan bo’ysundirilgan Iroq va Eron aholisi, oddiy arab musulmonlar manfaatini ifodalagan. Ular o’zlarini haqiqiy musulmon hisoblab, “dindan qaytgan” deb e’lon qilingan siyosiy va g’oyaviy raqiblarga nisbatan murosasiz bo’lganlar.
Horijiylik yo’nalishi ta’limoti halifa diniy jamoat tomonidan saylanadi va unga bo’ysunadi; har qanday taqvodor musulmon ( hatto qo’l yoki habash bo’lsa ham) halifa bo’lib saylanishi mumkin; agar halifa jamoat manfaatlarini himoya qilmasa vazifasidan bo’shatiladi hatto qatl qilinadi.
Horijiylar e’tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim deb hisoblaganlar. Ular e’tiqodsiz va gunohkor kishilarni jazolash muddatini kechiktirishga qarshi turganlar. Diniy masalalarda islom “musffoligi” tarafdori bo’lib, shariat ko’rsatmalariga qat’iy rioya qilishlari bilan ajralib turganlar.
Ummaviy va abbosiy halifalar VII – IX asrlarda Horijiylarga qarshi keskin urush olib bordi. Buning natijasida ular qirib tashlandi. Horijiylarning qolganlari Shimoliy Afrikada o’z davlatini vujudga keltirildi. Hozirgi davrda horijiylarning ibodiy firqasi Jazoir, Tunis, Ummon va Tanziyada uchraydi.Bugungi kunda Islom dinida sunniylik va shialik yo’nalishlari amal qilib kelmoqda.
Sunniylik deb, diniy qonun-qoida va tartibotlarga amal qilishda Qur’oni karim va payg’ambarimiz hadislari – “Sunna” ga birdek amal qiluvchilarga aytiladi. Sunniylik yo’nalishi “Ahli sunna val jamoa” deb aytiladi. Bu nomda Payg’ambarning sunnatiga amal qilish va musulmonlarning asosiy ko’pchilik jamoasi ma’nosi ma’nolari aks etgan.
Jahonda jam’mi 1,2 milliarddan ko’proq musulmonlarning 92,5 foizni sunniylik yo’nalishdagilar tashkil etadi. Shialik yo’nalishi y’ani ja’fariyamazhabidagi musulmonlar 7,5 foizdan iborat halos.
Sunniylikka mansublikni bildiruvchi asosiy belgilar quyidagilardir. Dastlabki to’rt halifa ( Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali) hokimyati qonuniy ekanligi tan olish, oltita hadis to’plami (al- Buhoriy, Muslim, at-Termiziy, Abu Dovud, an-Nasoiy, Ibn Moja to’plamlari) ni sahih (ishonchli) deb bilish sunniylikdagi to’rt diniy-huquqiy mazhab – hanafiylik, moliklik, shofi’iylik, hanbaliylikdan birga mansub bo’lishdan iborat.
Sunniylikdagi eng yirik mazhab Hanafiya bo’lib, unga ergashganlar jahondagi musulmonlarning 47 foizni tashkil etadi. Bu mazhabning asoschisi Abu Hanifa Nu’mon ibn Sobit (699-767) dir. U Iroqning Kufa shahrida tug’ilgan, kelib chiqishi jihatdan forslardan. Abu Hanifa Shariat huquqlarini tizimga solgan. Shariyat qonunlarini musulmonlarini musulmonlar hayotiga qo’llashda, hukm chaqirishda, hulosaga kelishda avvalo Qur’oni karim so’ngra payg’ambar sunnatlari – hadislarni, undan keyin iymonni,undan so’ngra qiyosni qo’llagan. U mahalliy huquq, meyor, odatlarni shariat bilan kelishtirib qo’llashni joriy etgan. Islom huquqshunosligiga aql-idrok, mulohazkorlik bilan ish ko’rish tadbirlarini kiritgan. Bu yo’lni Imom A’zam yo’li deb ham yuritiladi.
Sunniylikdagi ikkinchi mazhab moliyliklikdir. Uning asoschisi Molik ibn Anas Abu Abdulloh (713-795) dir. Islom huquqini puxta egallab, “Madina imomi ” unvoniga sazovor bo’lgan. Molik ibn Anas biror siyosiy siyosiy oqimga ergashmagan, hokimyatning saylab qo’yilishi qoidasini afzal bilgan, lavozimlarga ma’muriy tayinlanishlariga qarshi bo’lgan. Moliylik mazhabidagilar Qur’on va Hadis huquq asoslari sanaladi deb hisoblaganlar. Ular payg’ambarga oid hadislarnigina sahih deb tan oladilar. Madinaning savodli aholisi yakdillik bilan ma’qullagan qoidalarnigina ijmo’ deb hisoblaydilar. Hozirda jahondagi musulmonlarning 17 foizi molikiylik mazhabidadir.
Sunniylikdagi uchinchi diniy- huquqiy mazhab – shofiylik bo’lib , uning asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ash-Shof’iy (767-820) Shof’iylik Qur’on va Sunnaga yagona manba sifatida haraydi. Shofiylikka ko’ra, sunna Qur’onni to’ldiradi, halos, sunnaning o’zi qiyoslab o’rtacha hukm chiharish uchun asos bo’lolmaydi. Ular ijmo’dan foydalanishga katta e’tibor beradilar. Hozirda 27 foiz musulmonlar shof’iy mazhabi yo’lidan bormoqdalar.
Sunnalikdagi turtinchi mazhab Hanbaliyadir. Uning asoschisi Abu Abdulloh Ahmad ibn hanbal (780-855) dir. Bu mazhab huquq tizimining o’ta torligi, har qanday ko’rinishdagi “yangilik”kadiniy masalalarda erkin fikr yuritishga qarshiligi, shariat me’yorlariga qat’iy, hech qanday o’zgarishsiz amal qilishi bilan ajralib turadi.Mazkur mazhabda Qur’oni karim va hadislarni erkin talqin etishdagi har qanday urinishlar qoralanadi. Hozirda barcha musulmonlarning 1,5 foizi hanbaliya mazhabidadir.
Sunniylikdagi yuqorida qayd etilgan turtala mazhab teng hisoblanadi. Bu mazhablar diniy huquq doirasida chiqmagan holda shariat maslalarida engilroq yoki qattiqroq hukm chaqirishi bilan bir-biridan farq qiladi. Bizning yurtimizda azaldan fiqhda hanafiylik, aqidada esa motrudiylik ta’limotlariga amal qilib kelinadi.
Islom dinidagi yo’nalishlardan yana biri Shialikdir. Shi’a- arabcha so’z bo’lib, ma’nosi ”guruh” , “tarafdor” demakdir. Shialikdagi “ja’fariya” mazhabi Islomdagi beshinchi diniy-huquqiy mazhab sanaladi.
Shialik aslida guruhlar o’rtasida hokimyat uchun kurash oqibatida vujudga kelgan bo’lsa ham, keyinchalik diniyi ta’limotidagi tafovut shaklida barharorlashgan.
Shialik sunniy kabi Qur’on karimni ilohiy deb e’tirof etadilar, ammo dastlabki uch halifa davrida uning ayrim qismlari tushurib qoldirilgan, deb hisoblaydilar. Ular yana Payg’ambar hadislarining hammasini e’tirof etmaydilar, balki faqat Hazrat Ali va uning tarafdorlari tomonidan rivoyat qilingan hadislarnigina tan oladilar. Ular shunday hadislardan iborat to’plam tuzganlar. Bu to’plam umumiy nom bilan “Ahbor” deb ataladi.
Shialar Ali va uning avlodlaridan iborat 12 imom hokimiyatini tan oladi. Alidan boshqa halifalarni, hususan dastlabki halifalar Abu Bakr, Umar,Usmonni hokimyatni zo’ravonlik bilan egallab olgan deb qoralaydilar.Sunniylikda e’tirof etilgan 7 ta diniy aqidalardan farq qilib, shialikda 5 ta aqidaga e’tiqod qilinadi. Bulardan 4 aqida – Ollohning yagonaligi, taqdirga, payg’ambarlarga, qiyomat-ohirat kunining kelishiga ishonish asosan sunniylik ta’limoti bilan mos tushadi. 5 – aqida Imomat esa (imomlar hokimyatini e’tirof etish) sunniylikka va sunniy halifalar hokimyatiga zidligi bilan farq qiladi. Sunniylar uchun Makka va Madina shaharlari ziyorat va hajga boradigan muqaddas shahar hisoblanadi. Shialar esa Makka va Madinani muqaddas hisoblash bilan birga imomlar dafn etilgan shaharlarni ham muqaddas hisoblaydilar va ziyorat qiladilar.
Shialar ohirgi 12 – imom – Muhammad al – Mahdiyni yashiringan deb hisoblab, uning qaytib kelishini kutish ular orasida saqlanib kelmoqda. Go’yo imom Mahdiy ohirzamonda kelib, Iso bilan birga Dajjol, ya’juj-ma’juj va boshqa kofirlar bilan urushib, ularni engib, qiyomat qoyim bo’lishidan avval erda adolat o’rnatadilar deb ishonadilar. Shialar Imom Husaynga motam tutadilar. “Shahsey-vahsey” (“Shoh Husayn, voh Husayn”) deb qichqirib, o’zlariga ozor berib ko’chalarga chiqadilar.
Islom davlatlari kengayib borishi va islom dinini qabul qilishi oqibatida aqidaviy masalalar ham murakkablashib ketadi . Buning ustiga turli tomonlardan musulmonlar aqidasini buzishga urinish va tanqid qilish ham avj oladi. Ana shunday sharoitda sunniylik aqidasi va fikrlarini ilmiy asosda jamlash va tartibga solinishni davr taqazo etdi. Bu ishni musulmon olamining ikki yirik aqoid olimi- Abu Masur al- Motrudi as-Samarqandiy va Abul Hasan al-Ahs’ariy amalga oshirdilar. Shu tariqa islom dinida aqidaviy masalalarni izohlash, tushuntirishda Movaraunnahrda Motrudiya maktabi, Iroq va Eron tomonlarda Ash’ariya maktabi IX-X asrlarda shakllandi. Moturiylik ashariylikdan o’nlab aqidaviy masalalarda farq qiladi.

Yüklə 96,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin