Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə16/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

3-asosiy savol bayoni: Bugungi kunda Markaziy Osiyo, jumladan Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston, Qirg’iziston va Qozog’iston respublikalari jahon geosiyosiy tizimida o’ziga xos o’rin tutadi. Ma’lumki, Markaziy Osiyo hududi barcha asrlardan buyon G’arb bilan Sharq yirik siyosiy kuchlarining «nazari» to’qnashgan mintaqalardan hisoblanadi. Unda hozirgi O’zbekiston alohida o’rinni egallaydi. 65 mln.dan ortiq aholi yashaydigan mazkur mintaqa nafaqat demografik, balki boy tabiiy-iqlimiy va mineral xom ashyo resurslarga, muhim siyosiy va transport geografik o’ringa ham ega-ki, ularning barchasi jahon hamjamiyatining Markaziy Osiyoga bo’lgan strategik qiziqishini yanada oshishiga olib keladi.
O’tgan asrning 90-yillari boshida sobiq Ittifoqning parchalanishi jahon siyosiy arenasiga Markaziy osiyo respublikalarining mustaqil tarzda chiqishini ta’minladi. Natijada, ushbu mintaqada yangi geosiyosiy makon shakllana boshladi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, mazkur mintaqa sobiq Ittifoq davrida «O’rta Osiyo va Qozog’iston Respublikalari» deb nomlanardi, 1993 yildan boshlab esa u Markaziy Osiyo deb atala boshlandi.
90-yillardan so’ng ushbu mintaqada va unga yondosh hududlarda turli mintaqaviy birlashmalar vujudga keldi, ulardan ayrimlari takomillashtirildi va ba’zilari kutilgan natijalarni bermadi.
Markaziy Osiyo respublikalari mintaqadan tashqaridagi davlatlararo birlashmalarda ham faol qatnashmoqda. Masalan, Qirg’iziston 1998 yilda jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lib kirdi. Shuningdek, turkmanistondan tashqari Markaziy Osiyo respublikalarining barchasi Shanxay Hamkorlik tashkilotining (ShHT) a’zosi hisoblanadi. Mazkur tashkilot dastlab Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Rossiya va xitoy o’rtasida, chegara rayonlarida ishonch tadbirlarini kuchaytirish maqsadida «Shanxay beshlig’i» tarzida tashkil qilindi (1996 y.) Keyinchalik uning asosiy faoliyati mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash doirasida kuchaytirildi va “Shanxay Forumi” deb ataldi, 2001 yildan unga O’zbekistonning a’zo bo’lib kirishi bilan u Shanxay Hamkorlik tashkiloti nomi bilan faoliyat ko’rsata boshladi. Hozirda ShHT siyosat, iqtisodiyot, fan, madaniyat, maorif, energetika, transport, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi sohalarda o’z faoliyatini kengaytirmoqda. Albatta, bunday birlashmalarning davlatlararo iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishdagi ahamiyati juda katta.
Hozirgi paytda tom ma’nodagi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishga erishish uchun davlatlararo iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish talab qilinadi. Buning uchun Markaziy Osiyo respublikalari qulay imkoniyatlarga ega. Birinchidan, ularning tub joy aholisi azaldan milliy etnik, diniy umumiylikka, yagona makonda qardoshlik munosabatlari asosida yashab kelganlar.
Ikkinchidan, mintaqada tarixan shakllangan umumiy kommunikatsiya tizimlari mavjud. Mintaqa davlatlari yagona energetika, transport va suvdan foydalanish tizimlariga ega. Uchinchidan, Markaziy Osiyo respublikalarida chet el investitsiyalarini jalb qilish borasida ham qulay imkoniyatlar bor. Yuqorida ta’kidlanganidek, bu erda umumiy sotsial-iqtisodiy infrastruktura va, albatta, ulkan mineral xom ashe hamda inson salohiyati katta. Shuningdek, mintaqada telekommunikatsiya tizimining rivojlanishi bilan yaqin kelajakda yirik bozor ham vujudga kelishi tabiiy.
Bunday imkoniyatlar bilan bir qatorda o’zaro hamkorlikdagi iqtisodiy rivojlanishga to’sqinlik qiluvchi omillar ham yo’q emas. Masalan, mustaqil rivojlanishning o’n beshinchi yili ketayotgan hozirgi davrga kelib ham markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishning amalda umumiy muvofiqlashtirilgan dasturini mavjud, deb bo’lmaydi. Markaziy Osiyo davlatlarining har biri o’z iqtisodiy siyosatiga ega. Ammo, ularning o’zaro mutanosibligi zamonaviy talablar darajasida emas. Bu esa, o’z navbatida, ularning tashqi savdo aloqalariga, xususan eksportiga muayyan darajada ta’sir ko’rsatgan.
Markaziy Osiyo respublikalari eksportida asosiy ulush xom ashyoga to’g’ri keladi va bu bilan ular bevosita jahon xom ashyo bozoriga bog’lanib qolgan. Jumladan, Qozog’iston eksportining yarmidan ortig’ini neft, Qirg’iziston eksportida oltin (45%), Tojikiston eksportida alyuminiy (54%), paxta tolasi (28%), Turkmaniston eksportining 70% ga yaqinini energiya manbalari tashkil qiladi. O’zbekiston eksportining 60% ga yaqinini paxta tolasi, rangli metallar va energiya manbalariga to’g’ri keladi.
Keyingi paytlarda O’zbekiston tashqi siyosatida «postsovet» hududi va Markaziy osiyo davlatlari bilan iqtisodiy integratsiya jarayonlarining yangi bosqichga ko’tarilishi, ular o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada taraqqiy etishining garanti bo’lib xizmat qiladi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin