Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi


Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə55/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari. Qirg’izistonning yuk oboroti bo’yicha eng yirik tarmog’i temir yo’l transportidir. Uning hissasiga jami tashilgan yuklarning 64 % to’g’ri keladi. Temir yo’llarning umumiy uzunligi 400 km ga yaqin bo’lib, Markaziy Osiyo respublikalari orasida u eng qisqadir. Ayniqsa Qirg’izistonning davlatlararo yuklarini tashishida bu tarmoqning ahamiyati katta.
Ichki rayonlararo yuk tashishda asosan avtomobil transporti etakchilik qiladi. Respublika hududi tog’li va temir yo’l transporti asosan aylanma yo’llar orqali harakat qiladigan bo’lganligi uchun jami yuk oborotida uniig hissasi nisbatan yuqori (31%). Yuklarning asosiy qismi asosan yoz oylarida Shimoliy va Janubiy Qirg’iziston rayonlari Markaziysida tashiladi.
Suv transporti asosan Issiqko’l doirasida, ko’proq Baliqchi va Qorako’l shaharlari orasida yuk tashish ishlarini amalga oshiradi. Shu sababli uning imkoniyatlari ancha cheklangan.
Havo transportining ahamiyati esa tabiatining tog’lilik xarakteri tufayli ancha yuqori. U respublikaniig baland tog’li rayonlarini bir-biri bilan bog’lashda va xalqaro aloqalarni samarali tashkil etishda katta xizmat qilmoqda.
17-jadval. Chorva mollari tarkibi (ming bosh hisobida)

Yillar

Qoramol

Qo’y va echki

Cho’chqa

Parrandachilik

1991

518,6

9106,6

357,7

13571,2

1992

514,7

8361,7

----

10420,5

1993

511,2

6972,6

246,6

6916,5

1994

480,9

4783

169,4

2208,5

1995

470,9

3899,4

113,9

2031,8

1996

459,9

3312,9

88,0

2122,4

1997

473,5

3333,5

92,6

2329,6

1998

492,2

3308,5

105,5

2727,5

1999

511,5

3263,8

104,8

2979,9

2000

523,8

3197,8

101,1

3063,7

2005

533,4

3098,2

97,1

3453,3

Manba: Internet ma’lumatlari.
Qirg’izistonning tashqi iqtisodiy aloqalar mustaqillik yillarida har taraflama rivojlanib bormoqda. Respublikaning iqtisodiy aloqalari so’nggi yillarda tobora ko’proq jahonning boshqa davlatlari, birinchi navbatda turli rivojlangan davlatlari bilan olib borilmoqda. Eksportga asosan mineral boyliklar kontsentratlari, go’sht-sut mahsulotlari, jun va teri, tamaki, qisman shakar, sabzavot va mevalar, xashak presslash mashinalari, elektr lampochkalar va boshqalarni chiqarmoqda. Import mahsulotlari sifatida asosan sanoat korxonalari uchun texnologik jihozlar, kimyoviy vositalar, metall, yoqilg’i-moylash vositalari, tabiiy gaz, ayrim turdagi engil va oziq-ovqat boshqa davlatlardan keltiradi. Ko’rinib turibdiki, respublika eksportida asosan xom ashyo mahsulotlari, importida esa iste’molga tayyor og’ir va engil sanoat mahsulotlari ko’proq qatnashmoqda.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin