3-asosiy savol bayoni: Xo’jaligi. Qirg’iziston respublikasining hozirgi xo’jaligi agrar-industrial xarakterga ega. Shu bilan birga uning xo’jalik majmuasi tarkibi va rivojlanishi xususiyatlari boshqa Markaziy Osiyo respublikalaridan ko’p jihatdan farq qiladi. Yalpi milliy mahsulotda sanoat 20,5 %, qishloq xo’jaligi 38,4 %, xizmat ko’rsatish tarmog’i12 %, savdo 10,1 %ni tashkil etadi.
Sanoati. Sanoati asosan urush va undan keyingi yillarda tez sur’atlar bilan rivojlandi. Sanoatining o’ziga xos tomoni (ixtisosi) shundaki, unda Qozog’iston, Turkmanistondagidek undiruvchi tarmoqlar emas, balki ishlov beruvchi tarmoqlar ustunroq rivojlangan. Sanoatining etakchi tarmoqlari: mashinasozlik (qishloq xo’jalik mashinalari, metal kesuvchi stanoklar, elektrotexnika buyumlari, priborlar va boshq.), rangli metallurgiya (simob, surma va qo’rg’oshin-ruh rudalarini qazib olish va boyitish), neftni qayta ishlash, engil (ip-gazlama, jun, ipak matolari, trikotaj, ko’n-poyabzal, tikuvchilik buyumlari i.ch., gilam to’qish), oziq-ovqat (go’sht-sut, un-yorma va b.) sanoati.
10-jadval. Qirg’izston Respublikasida yoqilg’i qazib chiqarish dinamikasi
Manba: Internet ma’lumatlari.
Ko’mir sanoati. Qirg’izstonda ko’mir sohasida 12 ta shaxta va ochiq usuldagi karerlar ishlamoqda. Respublikada yildan-yilga ko’mir qazib chiqarish hajmi oshib bormoqda. Geografik o’rniga va tabiiy-o’zlashtirish imkoniyatlariga ko’ra Janubiy Qirg’iziston ko’mir konlaridan Ko’kyong’oq va Toshko’mir (yuqori sifatli tosh ko’mir), Qizil Qiya va Sulyukta (qo’ng’ir ko’mir) konlari eng yaxshi sharoitga ega. Bu konlar respublikada qazib chiqarilayotgan ko’mirning 95 % ga yaqinini bermoqda. Baland tog’li Norin va Issiqko’l hududlarida joylashgan ko’mir konlari (Qora Kichik, Norin) asosan qo’ng’ir ko’mirli va o’zlashtirilishi imkoniyatlari juda murakkab.