Qo’shimcha. Qozog’istonda 131 millat va elat istiqomat qiladi. Qozog’istonning aholisi 16 815 000 kishi. Jahonda 62-o’rinda. Markaziy Osiyo davlatlaridan 2-o’rinda (O’zbekistondan keyin). Qozog’iston ko’p millatli davlat hisoblanadi. Aholi zichligi 1 km2 ga 6 kishidan to’g’ri keladi. Aholi zichligi bo’yicha jahonda 184-o’rinda. Katta songa ega aholining etnik tarkibi (2012), Qozoqlar — 10,764,253 kishi , Ruslar — 3,726,722 kishi , O’zbeklar — 493,783 kishi , Ukrainlar — 313,698 kishi , Uyg’urlar — 237,582 kishi , Tatarlar — 203,371 kishi , Nemislar — 180,832 kishi, Koreyslar — 103,456 kishi, Turklar — 101,416 kishi, Ozarbayjonlar — 93490 kishi, Beloruslar — 62,694 kishi, Dunganlar — 57,819 kishi, Kurdlar — 40,626 kishi, Tojiklar — 39,612 kishi, Polyaklar — 33,301 kishi, Chechenlar — 31,809 kishi , Qirg’izlar — 23,274 kishi, Boshqirdlar — 17,073 kishi , Ingushlar — 15,120 kishi, Moldavanlar — 14,245 kishi, Yunonlar — 8,846 kishi, Boshqa millatlar - 1,350 kishi.
Dini. Nur Ostona Masjidi. Qozog’istonda 75 % musulmonlar (etnik musulmonlar bilan hisoblaganda), 25 % masihiylik. Davlatda din erkinligi mavjud yani dinga chek qo’yilmagan. Biroq diniy erkinlikni cheklaydigan qonunlar ham mavjud.
Xo’jaligi. Qozog’iston-industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 22,2 %, savdo va umumiy ovqatlanish 18,1 %, qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi 12,7 %, temperaturansport va aloqa 11,8 % ni tashkil etadi. Sanoati. Sanoatida yonilg’i-energetika, qora va rangli metallurgiya, oziq-ovqat, mashinasozlik va metallsozlik, kimyo va neft kimyosi, engil, qurilish materiallari sanoati etakchi tarmoqlardir. Qora metallurgiya sanoati markazlari Temirtov, Aqto’be, Qarag’andi, Oqsuv shaharlari. Rangli metallurgiya sanoati mis (Balxash va Jezqazg’an kon-metallurgiya kombinatlari), qo’rg’oshin-rux (Ustkemen, Chimkent), alyuminiy (Pavlodar) sanoatini o’z ichiga oladi; titan-magniy ishlab chiqariladi. Mashinasozlik (temirpress uskunalari, stanok, ekskavator, temperaturaktor, qishloq xo’jaligi mashinalari ishlab chiqarish) korxonalari Qarag’anda, Almati, Ostona, Pavlodar, Ustkemen shaharlarida joylashgan.
Dostları ilə paylaş: |