portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua
Janubi-Sharqiy Turkmaniston iqtisodiy rayoni-(Mari viloyati) - Respublikaning 18 foizga yaqin hududini, 23 foiz aholisini tashkil etadi. Aholi zichligi-1 km ga 9 kishi to’g’ri keladi.
Urbanizatsiya darajasi nisbatan past bo’lib, 33 foizni tashkil qiladi.
Mintaqaning iqlim sharoiti qulay bo’lib, vegetatsiya davridagi sutkalik harorat Q10° S dan yuqori, 240-250 kun quyoshli bo’ladi. Qoraqum kanalining o’tishi mintaqa iqlimi va xo’jaligining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatdi.
Janubi-Sharqiy rayonga Respublikaning 40 foiz ekin maydoni to’g’ri keladi. Sug’oriladigan erlarda ingichka tolali paxta etishtiriladi. Shuningdek bog’dorchilik, sabzavotchilik, pillachilik, shahar atroflarida esa sut chorvachiligi rivojlangan (mintaqa sug’oriladigan erlarida respublikaning 1G’3 qism yirik shohli qoramollari boqiladi.) Cho’llardan yaylov sifatida foydalaniladi. Bu erda respublikada boqiladigan qorako’l qo’ylarining 50 foizi to’plangan.
Janubi-Sharqiy rayon respublikaning 35 foiz paxtasini, 60 foizga yaqin qorako’lini, 55 foiz o’simlik yog’ini, 25 foiz atrofida pillasini va boshqa mahsulotlarni etkazib beradi. Rayonda zotdor Axaltekin otlari boqiladi.
Rayon xo’jaligi dastlabki vaqtlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga moslashgan edi. Hozirgi kunda yirik gaz konlarining topilishi (Sharapli, Qora-Chop, Shatlik) xo’jaligining rivojlanishiga imkon berdi.
Asosiy sanoat markazlari Mari, Bayram-Ali. Mari-Mari viloyatining ma’muriy markazidir. Bu shahar Murg’ob-Tajan vohasining eng yirik sanoat va transport markazi. Ayniqsa shaharda engil sanoat yaxshi rivojlangan. Bu erda to’qimachilik, jun yuvish, paxta tozalash, teri zavodi hamda oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Shuningdek metalni qayta ishlash, motor remont zavodi, azot o’g’itlar zavodi kabi og’ir sanoat tarmoqlari ham rivojlangan. Shaharda mahalliy tabiiy gaz asosida ishlaydigan eng yirik GRES ishga tushirilgan. Marining janubi-sharqida Bayram-Ali shahri joylashgan. Bu shahar Murg’ob deltasida, qulay tabiiy sharoitli bo’lib, o’zining sanatoriyalari bilan mashhur. Bu erda MDH davlatlaridan kelgan dam olvuchi va davolanuvchilar ko’pchilikni tashkil etadi. Shaharda paxta tozalash va yog’ ekstraktsiya zavodi joylashgan. Shuningdek mintaqada Yo’lo’tan, Tedjen, Kushka kabi boshqa sanoat markazlari ham bor.