4-asosiy savol bayoni: Turkmaniston respublikasida 5 ta iqtisodiy rayon ajratiladi. Bular Markaziy, G’arbiy, Janubi-Sharqiy, Sharqiy va Shimoliy rayonlardir. Barcha rayonlar aholisining joylashishi, sug’oriladigan erlari va sanoat korxonalari, yoki cho’llardan iboratliligi bilan bir-biridan farq qiladi.
Markaziy iqtisodiy rayon-(Ashgabad viloyati) respublikaning janubiy qismida joylashgan. U respublika hududining 19,6 foizini, aholisining esa 25 foizini tashkil etadi.
Mintaqa hududida Kopetdog’ tog’i va tog’ oralig’i vodiylari hamda Markaziy Qoraqum cho’lining bir qismi joylashgan. Respublika aholisining asosiy qismi shu erda bo’lib, aholi zichligi eng yuqori, ya’ni 1 km2ga 10 kishi to’g’ri keladi. Aholisining 3G’5 qismi shaharlarda yashaydi.
Iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mintaqa bo’lib, bu erda zamonaviy mashinasozlik, engil va oziq-ovqat, qurilish materiallari va boshqa ko’plab korxonalar ishlab turibdi. Mintaqada respublika sanoat mahsulotining 25 foizi tayyorlanadi. Ayniqsa gilam to’qish katta ahmiyatga ega.
Markaziy rayon ingichka tolali paxta etishtirish bo’yicha Janubi-Sharqiy rayondan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Shuningdek, qishloq xo’jaligi mahsulotlaridan sabzavotchilik, bog’dorchilik, uzumchilik etishtirish, chorvachilikda esa qo’ychilik, (qorako’lchilik), hamda yirik shoxli qoramollar boqish yaxshi yo’lga qo’yilgan.
Mintaqaga respublikaning 23 foiz ekin maydoni to’g’ri keladi. Bu erda Turkmanistonning 35 foiz bug’doyi, 11 foiz paxtasi, 60 foiz sabzavot ekinlari va boshqalar etishtiriladi.
Mintaqa iqtisodiyotining rivojlanishiga Ashgabad temir yo’li katta ta’sir etadi. Temir yo’li bo’ylarida ko’plab aholi punktlari joylashgan.
Rayonning eng yirik sanoat va madaniyat markazi Ashgabad shahri bo’lib, shahar MDH davlatlarining eng janubida joylashgan. Hozirgi kunda Ashgabad Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarini tutashtiruvchi muhim transport tuguni hisoblanadi. Shaharda engil va oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik, elektrotexnika, metalsozlik va boshqa sanoat korxonalari ishlab turibdi.
Ashgabad yaqinida Bezmein shahri joylashgan. Bu shaharda og’ir sanoat tarmoqlaridan - tsement va boshqa qurilish materiallari, elektroenergetika kabilar rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati tarmoqlaridan vino ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.
Tajan - mintaqadagi yirik shaharlardan biridir. Shaharda gilam to’qish, g’isht zavodi, elektrostantsiyalar va boshqa sanoat korxonalari ishga tushirilgan. Ayniqsa gilam to’qish qadimgi tarmoqlardan biridir. Aholisining asosiy qismi turkmanlar. Bulardan tashqari ruslar, qozoqlar, armanlar, ukrainlar va boshqalar istiqomat qilishadi.
Rayonning Kopetdog’ etaklarida go’zal va xushmanzara dam olish maskanlari joylashgan (Feruza). Qoraqum kanali asosida paxtachilik, bog’dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik rivojlangan. Cho’l yaylovlarida esa qo’ychilik bilan shug’ullanishadi.