Nazorat savollari: 1.Markaziy Osiyo davlatlarining geografik va tarixiy-ijtimoiy umumiyligi nimalarda namoyon bo’ladi?
2. «Turkiston – umumiy uyimiz» deganda nimalar hisobga olinadi?
3. Markaziy Osiyo davlatlari tarkibi va kattaligi qanday?
4. .MOda yagona iqtisodiy makon va iqtisodiy integratsiyani tashkil etishning mohiyati va maqsadi nima?
5.Mintaqada yagona makon va iqtisodiy integratsiyani tashkil etish qanday muammolarni hal etish bilan bog’liq ?
6. Mintaqada yagona makon va iqtisodiy integratsiyani tashkil etish jarayonlari qanday kechmoqda?
7. Markaziy Osiyo tabiiy sharoitini tahlil qiling?
8. Markaziy Osiyo tabiiy resurslari va geografiyasini ta’riflang?
9.Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlik mohiyatini izohlab bering?
10. .Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlikning geosiyosiy jihatlarini mazmunan yoriting?
11.Markaziy Osiyodagi xalqlarni yaqinlashtirib turuvchi ijtimoiy, va iqtisodiy jihatlarni izohlab bering?
12.Markaziy Osiyodagi xalqlarni yaqinlashtirib turuvchi siyosiy jihatlarni izohlab bering?
5-mavzu: Markaziy Osiyo davlatlari aholisi Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar: 1. Markaziy Osiyo davlatlari aholisi.
2.Markaziy Osiyo davlatlarida demografik jarayonlar.
3. Markaziy Osiyo mamlakatlarida aholi joylashuvi muammolari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Aholi, aholi migratsiyasi, millat, urbanizatsiya, aholi zichligi, aholi milliy tarkibi.
1-asosiy savol bayoni: Markaziy Osiyo davlatlarida inson omilini belgilashda ularning haqiqiy boyligi va mulki mehnatsevar, saxiy, vatanparvar va millatparvar hamda mehmondo’st xalqi ekanligini ta’kidlab o’tish joiz.
«Jamiyatning eng oliy boyligi bo’lgan xalq abadiy qadriyatlarini, qudratli salohiyatini o’zida jamlagan. Bu salohiyatni yuzaga chiqarish jamiyatimizni rivojlantirish va taraqqiy ettirishining juda kuchli omili bo’lib xizmat qiladi. Inson salohiyati eng faol, eng bunyodkor omil bo’lib, u mamlakatni islohatlar va tub o’zgarishlar yo’lidan tinimsiz ilgarilab borishini ta’minlab beradi» deydi Prezidentimiz KARIMOV I.A. (1997) .
Inson salohiyati va mehnat zaxiralarnini shakllantirishda ijtimoiy –demografik vaziyat hal qiluvchi rol uynaydi. Markaziy Osiyoda bu vaziyat qanday ahvolda ekanligi mavzu mazmunida bayon etilgan.
Markaziy Osiyo davlatlarining demografik hususiyatlariga oid ma’lumotlar ancha ko’p bo’lib, ularda keltirilgan ko’rsatkichlarlar bir-birdan farq qiladi. Shunga qaramasdan demografik xususiyatlarni belgilovchi qonuniyatlar deyarli bir xilda. Shuning uchun aholiga xos bo’lgan qonuniyatlarni bilishga e’tiborimizni qaratishimiz kerak.
Markaziy Osiyo aholisi haqidagi ma’lumotlar 1897; 1926; 1939; 1959; 1970; 1979; 1989-yillardagi aholi ro’yxatlari materiallaridan va keyingi yillarda chiqqan statistik ko’rsatkichlar asosida tavsif etildi. Bu mintaqada boshqa joylardagi kabi aholinig umumiy o’sishi ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy-geografik xususiyatlar bilan bog’liq. Jumladan, Turkistonning bosib olinishi, harbiylarning ko’chib kelishi, shaharlarning vujudga kelishi, jahon urushlarining oqibatlari, milliy va diniy mojarolar, davlatlarning parchalanib ketishi va boshqalar aholining umumiy ko’rsatkichini belgilovchi omillardir. Masalan: O’zbekistonning aholisi 1941-1945 yillarda 1,4 mln kishiga kamayib ketgan. Aholi umumiy soni o’rtacha, 1917-1940 yillarda 2,7 % ga, 1960-1970 yillarda 3,3 -3,8 % ga; 1999-2005 yillarda 1,4 % ga o’sdi.
Markaziy Osiyo aholisining umumiy soni hozirgi vaqtda (2013 y.), 66,8 mln kishini tashkil etdi. Shu jumladan O’zbekistonda 30488600; Qozog’istonda 17207594; Tojikistonda 8160000; Turkmanistonda 5169660 va Qirg’izistonda 5777000 kishiga teng bo’ldi. Aholishunoslarining prognoziga qaraganda 2025 yilga borib mamlakatlardagi aholining soni qo’yidagicha bo’lar ekan: O’zbekistonda 43,3 mln; Qozog’istonda 20,5 mln; Tojikistonda 13,1 mln; Turkmanistonda-7,9 mln va Qirg’izistonda-7 mln kishi. Markaziy Osiyo regionida umumiy aholi soni 2025 yilga borib 92 mln kishiga etishi mumkin. Aholi o’sishining barcha davlatlarda bir xilda emasligiga mintaqada shakllangan murakkab tarixiy–geografik, va iqtisodiy–ijtimoiy xususiyatlar katta ta’sir ko’rsatmoqda. Mintaqa aholisining asosiy qismi O’zbekistonda yashaydi (45,5%).
Markaziy Osiyo davlatlari aholisining yuqori sur’atlar bilan o’sishi (Qozog’istondan tashqari) asosan tabiiy o’sish hisobiga bo’lmoqda. Tabiiy o’sish ko’rsatkichiga ko’ra Markaziy Osiyo davlatlari MDH da oldingi o’rinda turadi. Tabiiy o’sish ko’rsatkichi bo’yicha keyingi yillarda Turkmaniston yuqori ko’rsatkichga ega bo’lmoqda. O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iziston, va Qozog’iston Respublikalarida ming kishi hisobiga tabiiy o’sish taxminan 26,6; 25,6; 21,4; va 11,8 kishini tashkil etgan.
MO Respublikalarida tabiiy o’sish bir xil emas. Birgina 1990-1997 yillarning o’zida O’zbekiston aholisi 13,3 % ga ko’paydi. Qozog’istonda aholi soni kamayishi kuzatildi. Buning asosiy sababi tabiiy o’sishning kamayib borayotganligidir. 1990 yil har ming kishiga tabiiy o’sish 18,1 kishi to’g’ri kelgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1997 yilda 5,0 kishiga teng bo’ldi. Qozog’istonning qishloq joylarida bu ko’rsatkich 20,4 kishini tashkil etadi. Shuningdek Tojikistonda 1990-97 yillarda tabiiy ko’payish yuqori bo’lib, MDH davlatlari orasida etakchi o’rinni egallagan. Keyingi yillarda mamlakatdagi o’zaro kelishmovchiliklar oqibatida aholining tabiiy va mexanik o’sishida kamayishlar kuzatildi.
Markaziy Osiyo aholisining geografik joylashuviga ham ob’ektiv ham sub’ektiv omillar ta’sir ko’rsatmoqda. Vodiy va vohalar, qadimiy viloyat markazlarida aholi ko’p va zich yashaydi. Mintaqaning barcha hududlarida shahar aholisiga qaraganda qishloq aholisi ko’pchilikni tashkil qiladi. Ya’ni umumiy aholining 45 % i shaharlarda, qolgan 55 % esa qishloqlarda yashaydi. Tojikiston Qirg’iziston va O’zbekiston Respublikalarida urbanizatsiya jarayoni juda sekin kechmoqda. Urbanizatsiya darajasi bo’yicha Qozog’iston MO davlatlari ichida eng yuqori ko’rsatkichga ega.
Yirik ma’dan konlarining topilishi va ishga tushirilishi, yangi erlarni o’zlashtirilishi va yirik irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirilishi bilan aholi joylashuvida o’zgarishlar bo’lmoqda.
Urbanizatsiya darajasi hozirgi vaqtda Qozog’istonda 57 % ni, Turkmanistonda 45 % ni, O’zbekistonda 36 % (51,2 %) ni, Qirg’izistonda 35,2 % ni, Tojikistonda 27 % ni tashkil etmoqda.
Markaziy Osiyo hududida aholining zichligi har bir kv.km ga 16,7 kishi to’g’ri keladi. Bu ko’rsatkich O’zbekistonda-75,8, Qozog’istonda-6,3, Tojikistonda-56,3, Turkmanistonda-10, Qirg’izistonda-29 kishi to’g’ri keladi. Aholi zichligining davlatlar orasida keskin farq qilishi aholining hududiy tarkibi, tabiiy o’sish koeffitsenti, tarixiy omil boshqalar bilan bog’liq.
Aholi zichligi har bir davlat hududlarida ham keskin farq qiladi. Aholining o’rtacha zichligi O’zbekistonda bir kv.km ga Andijon viloyatida 550 kishidan ortiq bo’lsa, Qoraqalpog’istonda 9,5, Navoiyda 7,3 kishini tashkil kiladi xolos.
Aholining jinsiy, yosh va milliy tarkibi muhim ijtimoiy–demografik ko’rsatkich hisoblanadi. Aholining jinsi va yosh tarkibi istiqbolini belgilash aholini takror barpo etish uchun zarur ko’rsatkichdir.
Turli sabablarga ko’ra ularning salmog’i o’zgarib turgan. Masalan: O’zbekistonda 1939 yilda erkaklar 52,0 % ni, ayollar 48,0 % ni tashkil etgan bo’lsa, 1989 yil erkaklar 49,0 % ni va ayollar 51 % ni tashkil etgan. 2005 yilda har 1000 erkakka 1016 ayol to’g’ri kelgan.
Mintaqada 1989 yilda o’tkazilgan aholi ro’yxati bo’yicha O’zbekistonda 0-14 yoshdagilar-40.8 %ni, 15-29 yoshda 28.3 %ni, ya’ni jami aholining 69,1 % ni bolalar va o’smirlar tashkil etadi. Hozirda O’zbekiston aholisining o’rtacha yoshi 71 yoshga teng.
Aholi yosh tarkibidagi yuqoridagi ko’rsatkichlar mamlakat ishlab chikarish ko’chlarini rivojlantirishning istiqbollarini belgilab beradi.
O’zbekiston aholisining milliy tarkibida o’zbeklar soni 20 mln kishidan oshgan. O’zbekistondan tashqarida, jumladan, Tojikistonda-1300000, Qozog’istonda-409.000, Turkmanistonda-320000 va Afg’onistonda-3000000 dan ortiq o’zbeklar yashaydi. O’zbekistonda umumiy aholining 78,4 % ni o’zbeklar, 4,1 % ni ruslar, 5,3 %ni tojiklar, 4,0 % qozoqlar, 0,9 % ini qirg’izlar 0,6 % ini turkmanlar va boshqa millat vakilari tashkil etadi. O’zbekistonda 1,5 mln kishidan ortiq slavyan xalqlarning vakillari yashaydi.
Qozog’iston Respublikasida 2004 yilgi ma’lumot bo’yicha: qozoqlar-57,2 %, ruslar-27,2 %, ukrainlar-3,1 %, o’zbeklar-2,7 %, nemislar-1,6 %, boshka millat vakillari-8,2 % ni tashkil etadi. Tojikistonda aholining milliy takibida tojiklar-62,3 %, o’zbeklar-23,8 %, ruslar-10,5 %, tatarlar-2,0 % va 1,4 % boshqalar millatlar. Qirg’izistonda qirg’izlar 64,6 % ni (2000y) tashkil etadi. MODning qishloqlarida asosan tub aholi yashaydi. Masalan O’zbekiston qishloqlarda 96,7 % tub aholidir. Shaharlarda tub aholining ulishi -64,7 % ni tashkil etadi.
MOD mustakillik yillarida aholining savodxonligini oshirish, ularga kasbiy yo’nalish berish va madaniy darajasini ko’tarishga katta e’tibor bermokda. Masalan: O’zbekistonda «Ta’lim to’g’risidagi qonun», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqalar asosida ish olib borilmokda.