Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə15/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

2-asosiy savol bayoni: Erkin raqobatga asoslangan yangi ijtimoiy munosabatlar davrida, tez sur’atlar bilan rivojlanayotgai fan-texnika taraqqiyoti sharoiti har bir davlat iqtisodiy imkoniyatlarining birlashtirilishi, o’zaro uzviy ishlab chiqarish hamkorligini yo’lga qo’yilishini talab qiladi.
Ayniqsa hozirgi davlat mustaqilligi sharoitida bir tomonlama rivojlangan, asosan xom ashyo va yarim xom ashyo mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan iqtisodiyotga ega bo’lgan MO davlatlari o’rtasida yagona iqtisodiy makonni tashkil qilish asosida iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish masalasi alohida dolzarbligi bilan ajralib turadi.
Shunday qilib, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar sharoitida MO davlatlari o’rtasida yagona iqdisodiy makonni tashkil etish va shu asosida ular o’rtasida iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish zaruriy ehtiyojdir.
Darhaqiqat, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, ya’ni 1993 yil yanvar oyi boshlarida Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlari birinchi navbatda ushbu masalani muhokama etish maqsadida Toshkentda to’planishdilar. Yagona iqtisodiy makon yaratish zarurligi va shu asosda mintaqada iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish zarurligi qayd etildi. Yig’ilishning muhim natijalaridan biri sifatida jahon siyosiy xaritasida Markaziy Osiyo deb nomlangan yangi mintaqaning paydo bo’lganligi alohida ta’kidlangan edi.
1994 yil 10 yanvarda Qozog’iston Respublikasi Prezidenti N. Nazarboevning Toshkentga qilgan rasmiy safari davomida bu masala borasida birinchi amaliy qadam qo’yildi. Ya’ni, O’zbekiston va Qozog’iston davlatlari o’rtasida iqtisodiy makonni tashkil qilish, ular o’rtasidagi unga to’siq bo’ladigan barcha g’ovlarni olib tashlash va shu asosida integratsiya aloqalarini yo’lga qo’yishga kelishib olindi. Bu ikki tomonlama shartnomaga shu yilning fevral oyidan Qirg’iziston ham qo’shildi. Mazkur shartnomani imzolashdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining mintaqa bo’ylab erkin harakatini ta’minlash, kelishilgan soliq, byudjet, narx, bojxona va valyuta siyosatini yuritishdan iborat edi.
Mintaqa davlatlari rahbarlari 1996 yil 5 aprelda yoqilg’i-energetika va suv resurslaridan foydalanish, Markaziy Osiyo mintaqasida gaz quvurlarini qurish va ishga tushirish to’g’risidagi bitimga ham imzo chekdilar.
O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston davlatlari 1998 yil 17 martda Sirdaryo havzasining suv-energetika resurslaridan foydalanish to’g’risidagi uzoq muddatli shartnomani imzoladilar. Bir yildan sung bu shartnomaga Tojikiston ham qo’shildi. Tojikiston 1998 yil 26 martda mazkur respublika ham yagona iqtisodiy hudud to’g’risidagi shartnomaning to’laqonli a’zosiga aylandi.
Mazkur yilning o’zida ushbu ”to’rtlik” davlatlari ishtirokida Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo’stligi tashkilotiga asos solindi. Bu tashkilot doirasidagi vazifalarni hal etish uchun Davlatlararo Kengash, tashkilotning ishchi organi–Ijroiya qo’mita kabi institutsional tuzilmalar tashkil etildi. Bundan tashqari a’zo davlatlarning ulushlari hisobiga Markaziy Osiyo banki barpo etildi.
Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo’stligi tashkilotiga a’zo davlatlar boshliqlari 1999 yilning iyun oyida Bishkekda Bojxona ittifoqini tuzishga erishish to’g’risidagi fikrni ilgari surdilar. Bir yildan so’ng esa Dushanbeda “Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo’stligining 2005 yilgacha mo’ljallangan integratsion rivojlanish strategiyasi” tasdiqlandi. Ushbu hujjatda hamdo’stlikka a’zo mamlakatlar iqtisodiyotlarining integratsiyalashuvi har bir mamlakatning hayotiy muhim manfaatlari va xavfsizlik ehtiyojlaridan kelib chiqadigan o’bektiv jarayon ekanligi ta’kidlandi.
Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo’stligiga a’zo davlatlar rahbarlari 2001 yil 28 dekabrda Toshkentda bo’lib o’tgan uchrashuv chog’ida mintaqaviy integratsiya shakllari va mexanizmlarini takomillashtirish, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo’yicha birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo’stligini “Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti” (MOHT) ga aylantirish to’g’risida qaror qabul qildilar. Almaati shahrida 2002 yil 28 fevralda bo’lib o’tgan uchrashuvda esa O’zbekiston, Tojikiston, Qozog’iston va Qirg’iziston davlatlari rahbarlari “Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti”ni ta’sis etish to’g’risidagi Shartnomani imzoladilar. Uchrashuv chog’ida Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Markaziy Osiyo iqtisodiy hamkorligi doirasida qabul qilingan hujjatlarni qayta ko’rib chiqish va harakatda bo’lmagan hujjatlarni bekor qilish taklifi bilan chiqdi. Bu davrga kelib tashkilot doirasida 243 ta hujjat imzolangan edi.
Shunday qilib, Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti keng ko’lamdagi masalalarni ko’rib chiqish vakolatiga ega bo’lgan mintaqaviy forumga aylandi. Chunonchi, 2002 yil 5-6 oktyabrda Dushanbeda Markaziy Osiyo hamkorligi tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Bu uchrashuv davomida , mintaqaviy integrvtsiya jarayonlaridan tashqari, Afg’oniston bilan bog’liq muammolar ham ko’rib chiqildi. Shuningdek, ushbu uchrashuv chog’ida Orolbo’yi mintaqasidagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz oqibatlari va Orolni qutqarish xalqaro fondi faoliyati tahlil qilindi. MOHT rahbarlarining keyingi uchrashuvlarida ham mintaqaviy integratsiya jarayonlarini faollashtirish, ushbu tashkilotga a’zo mamlakatlarda mavjud eng dolzarb muammolarni hal etish masalalariga alohida etibor qaratildi.
Ta’kidlash lozimki, ana shu shakllanayotgan iqtisodiy hamkorlik tashkiloti biror bir davlatga qarshi qaratilmagan, uning maqsadi faqat iqtisodiy faoliyatlardan iboratdir. Shu sababli ham keyingi yillarda hamkorlik doirasida o’rnatilayotgan uchrashuvlarda Rossiya Federatsiyasining rasmiy vakili ham kuzatuvchi sifatida qatnashib kelmoqda.
Iqtisodiy makonniig yaratilishi MO davlatlariga nima berdi? Uning amaliy natijalari qanday ko’rsatkichlarda namoyon bulmoqda? Ularning eng asosiylari:
1. Hamkorlik ishtirokchilari bo’lgan O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston o’rtasida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy yo’nalishlarda har taraflama barqaror aloqalar rivojlanishiga keng yo’l ochildi;
2. Hamkorlik doirasida hukumat rahbarlari boshchiligida ishchi guruhlari tuzildi. Ular mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlarni ko’rib chiqadilar va keyingi rivojlanish yo’llarini belgilab berdilar;
3. Hamkorlik doirasida ish olib boradigan xalqaro bank tashkil qilindi. U hamkorlik davlatlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mablag’ bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda;
4.Suv resurslari, transport vositalaridan foydalanish bo’yicha davlatlararo kelishuvlar yo’lga qo’yildi.
5.Mintaqa xavfsizligini ta’minlash bo’yicha amaliy ishlar qilindi Markaziy Osiyo mintaqasi yadro qurollaridan xoli zona deb e’lon qilindi va boshqalar.
Davlatlar o’rtasida shakllana boshlagan iqtisodiy integratsion makonni tashkil qilish ishlari tez rivojlanmokda va u mintaqa davlatlarining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga o’zining samarali hissasini qo’shadi.
Tayanch tushunchalar: Iqtisodiy makon – ishlab chiqarish tarmoqlari odatda samarali faoliyat ko’rsatishi uchun to’siqlarsiz keng harakatlanish uchun sharoit bo’lishi talab etiladi. Bunda ma’muriy-siyosiy cheklashlar, davlatlar va hududlararo chegaralar bartaraf etilishi lozim. Iqtisodiy integratsiya - lotincha integer-yaxlit so’zidan olingan bo’lib, integratio-to’ldirish, birlashish ma’nolarini beradi. Ya’ni hozirgi davrda alohida xo’jalik tarmoqlarining ko’p va arzon mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida bir-birlariga qo’shilishi yoki birlashishi, bir butunga aylanishi, yaxlitlanishi, talab etiladi. Bu jarayon tobora kengayib bormoqda.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin