portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua
3. Markaziy Osiyo davlatlarida aholi juda notekis taqsimlangan. Aholining bunday joylashishiga birinchi navbatda joyning er usti tuzilishi, tabiiy sharoiti va boshqa omillar ta’sir ko’rsatgan. Mintaqada aholi asosan suv manbalariga yaqin joylarda, vodiylarda ayniqsa zich. Markaziy Osiyo davlatlarida aholining o’rtacha zichligi har km. kv. maydonga 13 kishidan to’g’ri keladi. Bu ko’rsatkich Markaziy Osiyoning turli davlatlarida turlicha: masalan, O’zbekistonda 75,8 kishi, Tojikistonda 56,3 kishi, Qirgizistonda 29 kishi, Turkmanistonda 10 kishi, Qozog’istonda 6,3 kishidan to’g’ri keladi.
4.Markaziy Osiyo davlatlari dunyo bozoriga birinchi navbatda qishloq xo’jaligi mahsulotlari : paxta tolasi, qorako’l terisi, o’rmon mevalari (yong’oq, pista,bodom…), quruq va ho’l mevalar, meva konservalari va boshqa mahsulotlar eksport qiladi.
5. Markaziy Osiyo davlatlarining aksariyatida (Turkmaniston, Qozog’iston va O’zbekistonda), chuchuk suv etishmasligi muammosi muhim muammolardan biridir. Ayniqsa, Turkmanistonning markaziy va g’arbiy qismlarida hech qanday ochiq chuchuk suv manbai yo’qligidan bu erlarda qishloq xo’jaligi tarmoqlarini (chorvachilik) rivojlantirish uchun to’sqinlik qiladi.O’zbekistonning Qizilqum cho’llarida, Qozog’istonning g’arbiy qismidagi dasht va markaziy qismidagi cho’llarda ham chuchuk suv etishmasligi hozirgi kundagi eng dolzarb muammolardan biri bo’lib kelmokda.
6.Orol dengizining qurib borishi-ekologik muammo ham Markaziy Osiyo, shuningdek, butun insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan biridir.
Jumladan, bugungi kunda Markaziy Osiyo o’ziga xos siyosiy xaritasini shakllantirdi. Markaziy Osiyoning siyosiy kartasi keyingi ikki asr davomida bir necha bor o’zgargan va o’ziga xos mazmunga ega bo’lgan. Uni mazmuniga ko’ra quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin.
Birinchi bosqich-sobiq O’rta Osiyo va Qozog’iston hududlarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiga qadar bo’lgan davr. Bu davrda Markaziy Osiyo hududida uchta yirik davlat Qo’qon va Xiva xonligi hamda Buxoro amirligi bo’lgan.
Ikkinchi bosqich- Mustamlaka davrini o’z ichiga olgan. Bu davrda hozirgi huddning katta qismi Rossiya imperiyasining Turkiston general gubernatorligi tarkibida qolgan va Xiva xonligi va Buxoro amirligi hamda Qo’qon uezdidan iborat bo’lgan.
Uchinchi bosqich-1917-1922-yillarni o’z ichiga olgan. Bu davrda Turkiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi, Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalari kabi mustaqil davlatlar bo’lgan.
To’rtinchi bosqich-1924-1991-yillarni o’z ichiga olgan. Bu davrda Markaziy Osiyo hududida 5 ta Ittifoqdosh Respublika tuzildi. (O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg’iziston va Qozog’iston Sovet Sotsialistik Respublikalari).
Beshinchi bosqich-1991-yildan boshlab, hozirgi kunlarni ham o’z ichiga oladi. Bu davrda istiqlol tufayli Markaziy Osiyodagi Ittifoqdosh Respublikalar o’rnida mustaqil davlatlar–Qozog’iston, Turkmaniston, O’zbekiston , Qirg’iziston va Tojikiston kabi mamlakatlar tashkil topdi:
Qozog’iston Respublikasida 16 dekabr 1991-yil;
Qirg’iziston Respublikasida 30 avgust 1991-yil;
Turkmanistonda 27- oktyabr1991-yil;
Tojikiston Respublikasida 9 sentyabr 1991-yil;
O’zbekiston Respublikasida 1 sentyabr 1991 yil mustaqillik kuni deb e’lon qilindi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Markaziy Osiyo siyosiy kartasi doimiy global darajadagi jarayon va voqealar tufayli o’zgarib turadi. Bunday o’zgarishlar ko’p millatli etnik milliy jarayonlarning rivoji, yo’nalishiga mamlakat va xalqlar o’rtasida iqtisodiy, siyosiy ma’daniy va ijtimoiy munosabatlarning ko’lamiga bog’liq holda davom etadi.
Shuning uchun ham qaerda boshqarish (boshqarish arabchada siyosat ma’nosini anglatadi) o’zgarsa, hamda ustunlikka intilish kuchaysa, o’sha hududlarda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy voqea va hodisalar rivojlanadi, farqlanishlar sodir bo’ladi, bu esa bir butun davlatning parchalanishiga olib keladi.
Markaziy Osiyodagi Mustaqil davlatlar ham davlat qurilishini takomillashtirish, iqtisodiyotni rivojlantirishda o’ziga xos tamoyil va yo’nalishlarni belgilamoqda, boshqarish shakli va mazmunini tanlamoqda. Ularning ijobiy yoki salbiy tomonlarini vaqt ko’rsatadi. Bu borada davlat arboblari, siyosatshunoslar, mutaxasislar ham muhim o’rinni egallaydilar.