Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə10/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

2-asosiy savol bayoni: Bir vaqtlar Markaziy Osiyo mintaqasida foydali qazilma turlari va ularning zahirasi kam deb aytilgan bo’lsa, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o’tkazilgan geologik qidiruv ishlarining natijasida ko’plab foydali qazilma konlari ochildi va bu mintaqaning turli foydali qazilmalarga boyligi asoslanildi. Ayniqsa, neft va gaz zaxiralari bo’yicha Fors qo’ltiq bo’yi, hamda g’arbiy Sibir hududlaridan keyinda turuvchi uchunchi mintaqa hisoblanadi.
Neftning eng katta zaxiralari Kaspiy dengizi bo’yida uning shelfida jumladan Chelekenda, Nebitdog’da, Qoturtepada, Mang’ishloqda, Atrek daryosining quyi qismida shuningdek Tengizda, Ko’k dumaloqda, va Mingbuloqda mavjud. Tojikistonning tog’ oralig’i botiqlarida Surxondaryo vodiysida ham neft konlari bo’lib, ularning zaxirasi kamroq.
Neft bor joyda tabiiy gaz ham uchraydi. O’zbekistonda Jarqoq, Uchqir, Gazli, Muborak, Sho’rtan konlari, Turkmanistonda Achak, Gugurtli, Shodlik konlari mavjud.
Markaziy Osiyoda toshko’mir, qo’ng’ir ko’mir konlari, Qozog’iston, O’zbekiston Respublikalari hududlarida topilgan. Qarag’anda toshko’mir havzasi zaxirasining ko’pligi, sifatining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ekibastuz ko’mir havzasida ko’mir qatlamlari 8 m gacha etadi va ochiq usulda qazib olinadi.
Qirg’izistonda Jirg’ali, Ko’kyong’oq, Toshko’mir konlarida, O’zbekistonning Ohangaron, Qozog’istonning Ubagan, Makyuben va boshqa konlarida qo’ng’ir ko’mir qazib olinadi.
Yangi ko’mir konlar Mang’ishloqda (qo’ng’ir ko’mir) To’rg’ay platosida (qo’ng’ir ko’mir) Tuakirda (toshko’mir) ochilgan. Farg’ona vodiysida Issiqko’lning sharqida, ichki Tyanshan, G’arbiy Tyanshanda, Hisorda, Qazog’istoning past tog’larida ko’mir konlari mavjud.
Markaziy Osiyo hududida rudali rangli nodir va qimmatbaho metal konlari bor. Olmaliq, Qo’ng’irot, Jejqazganda mis, Qoramozor va Qoratov tizmalarida polimetall, Qozog’iston past tog’larida, Oloy, Hisor, Zarafshon va Nurota tog’larida nodir metall konlari mavjud.
Yirik oltin konlari Nurota tog’larida, Qozog’iston past tog’larida, Darvez tizmasida Qizilqumda mavjud bo’lib, oltin qazib olish dunyo ahamiyatiga ega. Temir ruda konlarining asosiy qismi Qozog’istonda Sokolov –Sarbay, Ayat, Lisakovsk va boshqa konlar.
Markaziy Osiyo mintaqasida kimyo xom ashyolaridan osh va kaliy tuzlari, oltingugurt, glouber (mirabilit) tuzi shuningdek natriy sulfat, yod, brom tuzlarining katta zaxirali konlari bor. Qorabo’g’ozko’l turli xil tuzlarga boy. G’arbiy Qozog’istondagi va Xo’jaikon (O’zbekiston) tuz konlari muhim ahamiyatga ega. Shuningdek fosforit Qaratov va Aktyuba viloyatida (Qozog’iston), hamda Navoiy viloyatlarida konlari bor.
Hududda binokorlik materiallari hamma Respublikalarda bor. Shuningdek, simob, surma, konlari Qirg’iziston va Qozog’istonda mavjud. Markaziy Osiyo hududidagi yirik daryolar-Amudaryo,Sirdaryo, Zarafshon, Ural, Irtish, Tobol, Ishim va ularning irmoqlari (Panj, Vaxsh, Norin, Qaradaryo va boshqa) katta gidro energetik resursga ega. Markaziy Osiyo gidroenergetika resurslari bo’yicha MDH da Rossiyadagi Sharqiy Sibir va Uzoq sharq rayonlaridan so’nggi o’rinda turadi.
Markaziy Osiyo gidroenergetika resurslarning 55% dan ortig’i Tojikistonga to’g’ri keladi. Mintaqa boshqa tabiiy resurslarga jumladan, iqlim, er, o’rmon, rekreatsiya resurslariga boy. Ularning miqdoriy taqsimlanishi, geografik joylashuvi regionning geografik o’rni xususiyatlari bilan bog’liq. Hozirgi kunda ulardan oqilona va samarali foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan .
Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyoning tabiiy sharoiti xilma– xil, keskin kontraslikga ega. Janubdan–shimolga, sharqdan–g’arbga borgan sari bu xilma–xillik ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Tabiiy resurslar ham hududda bir tekisda taqsimlanmagan va joylashmagan. Markaziy Osiyo davlatlari xo’jalik tarmoqlarini shakllantirish, joylashtirish va rivojlantirishda ularni hisobga olish, ijobiy va salbiy tomonlarini ilmiy – amaliy jihatdan baholash lozim.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin