Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi


-mavzu: Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo’jaligi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə24/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

8-mavzu: Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo’jaligi
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1.Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo’jaligi.
2.Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo’jaligi mustaqillik yillarida taraqqiyoti.


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Qishloq xo’jaligi tarmoqlar nisbati, sug’orma dehqonchilik.


1-asosiy savol bayoni: Qishloq xo’jaligi Markaziy Osiyo davlatlari xalq xo’jaligining eng muhim ishlab chiqarish tarmog’i bo’lib, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga, engil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlarini esa xom ashyog’a bo’lgan ehtiyojini ta’minlaydi. Qishloq xo’jaligi xalqning moddiy farovonligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo’lib, o’simlik va hayvonat mahsulotlarini dastlabki yoki to’liq qayta ishlashning turli jarayonlarini o’z ichiga oladi.
Markaziy Osiyo uzoq yillar davomida asosan qishloq xo’jaligi mahsulotlari xom ashyosini etishtirishga ixtisoslashgan edi. Xududdagi davlatlar hozirgi kunga kelib xom ashyo etishtirishni sifat va miqdor jihatdan yaxshilash va ko’paytirishga, tayyorlagan xom ashyoni boshqa davlatlarga kamroq chiqarishga va ularni o’z hududlarida sanoat usulida qayta ishlab, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarib, o’z iste’molidan tashqari eksport jarayonini rivojlantirishga e’tiborni qaratishmoqda.
Mintaqada qishloq xo’jaligi shu xududda yashayotgan xalqning tarixiy yillar davomida to’plagan xo’jalik yuritish madaniyatidan, shuningdek tabiiy sharoit va resurslaridan samarali va unumli foydalanish asosida shakllangan va taraqqiy etmoqda. Haqiqatdan ham Markaziy Osiyo tabiiy sharoiti xilma-xil va mineral hamda mehnat resurslariga boy o’lka. Shular negizida qishloq xo’jaligining etakchi tarmoqlari o’simlikshunoslikda: paxtachilik va paxta majmuasi; donchilik, ayniqsa bug’doy, sholi, makkajo’xori, arpa; mevachilik va uzumchilik, poliz va sabzavotchilik; chorvachilikda: qoramolchilik, qo’ychilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik, asalarichilik va boshqa tarmoqlar shakllangan va rivojlantirilgan.
Markaziy Osiyo hududining turli–tuman tabiiy sharoitlari, resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi, shuningdek aholining asrlar davomida to’plagan qishloq xo’jaligi yuritish madaniyati hamda davlatlarning ehtiyojlari asosida unda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda mintaqaviy farqlanishlar bo’lishligiga olib kelgan. Jumladan, Qozog’istonning shimoliy xududida donchilik, sut–go’sht chorvachiligi hamda mayin junli qo’ychilik juda katta maydonlarni egallagan. Chala cho’l va cho’llar chorvachilik (go’sht–jun qo’ychiligi va qorako’lchilik) va sug’orma dehqonchilikka tog’ oldi va tog’ yaylovlari qo’ychilik, yirik shoxli qoramolchilik, yilqichilikka; janubdagi voha qismlari paxtachilik, mevachilik hamda sut–go’sht qoramolchiligiga ixtisoslashtirilgan bo’lsa, Sobiq Markaziy Osiyo regionida vodiy va vohalar paxtachilik, bog’dorchilik, uzumchilik, polizchilik va pilla etishtirishga; cho’l yaylovlari qorako’lchilik, go’sht–jun chorvachiligi va tuyachilikka; tog’ oldi va tog’ yaylovlari esa go’sht–jun qo’ychiligi, go’sht–sut qoramolchiligi hamda yilqichilikka; baland tog’ xududlari yaylov chorvachiligiga ixtisoslashtirilgan.
Markaziy Osiyoda dehqonchilik tarmoqlari qishloq xo’jalik mahsulotlarining asosiy qismini etkazib beradi. Respublikalarda dehqonchilikning tarkibi ham bir-birlaridan farqlanadi. Jumladan, Qozog’iston, Qirg’izistonda donchilik muhim o’rinni egallaydi. O’zbekiston, Turkmaniston va Tojikistonda sug’orma dehqonchilik, uning muhim tarkibiy qismi paxtachilikning ahamiyati juda katta. Shuningdek chorvachilikda, Qozog’iston, Qirg’iziston va Turkmanistonda qo’ychilik etakchilik qiladi. O’zbekiston, Tojikiston respublikalarida qo’ychilik bilan birga qoramolchilik, tuyachilik, pillachilik, asalarichilik, yilqichilik ham muhim tarmoqlar hisoblanadi.
Qozog’iston respublikasida hozirgi vaqtda 25 mln boshdan ziyod qo’y va echkilar bor. Qoramolchilik chorvachilikning ikkinchi tarmog’i hisoblanib uning soni 8 mln boshdan ortiqdir. Respublikada dehqonchilik qilinadigan maydon 34 mln.ga bo’lib, uning 2G’3 qismiga bahorgi bug’doy, arpa, tariq, makkajo’xori, sholi, qolgan qismiga paxta, qand lavlagi, kartoshka va em-hashak ekinlari ekiladi.
Qirg’izistonda dehqonchilikning etakchi tarmog’i donchilik bo’lib, barcha ekin maydonlarining 1G’2 qismida donli ekinlar etishtiriladi. Texnik ekinlardan paxta, tamaki, qand lavlagi ekiladi. Chorvachilikda mayin junli qo’ychilik ustunlik qiladi.
Turkmanistonda sug’orma dehqonchilik ustunlik qiladi va sug’orib ekiladigan erlar maydoni 1,3 mln. ga. dir. Donchilik va paxta etishtirishga ixtisoslashgan. Chorvachilikda qorako’lchilik va yilqichilik etakchi tarmoqlar hisoblanadi.
Tojikistonda paxtachilik, donchilik, bog’dorchilik tarmoqlari muhim tarmoqlar hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida dehqonchilikda paxtachilik va donchilik etakchi tarmoqlar hisoblanadi. O’zbekiston jahonda yalpi paxta hosili etishtirish bo’yicha 4-o’rinda, paxta tolasi eksporti bo’yicha 2-o’rinda (AQShdan so’ng) turadi. Dehqonchilikda shuningdek, kanopchilik, lavlagikorlik, mevachilik, uzumchilik, polizchilik, sabzavotchilik, chorvachilikda qoramolchilik, qo’ychilik, asosan qorako’lchilik, echkichilik, parrandachilik, yilqichilik, tuyachilik, asalarichilik, pillachilik tarmoqlari ham asosiy sohalarga kiradi. Sobiq Ittifoq davrida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini «markaz» boshqarar, natijada er resurslaridan oqilona va samarali foydalanishga chek qo’yilgan edi. Jumladan, O’zbekistonda 1987 yilga kelib jami sug’oriladigan erning 60% dan qo’prog’iga (2,1 mln.ga) chigit ekilgan, paxta yakka xokimligi hukmdorlik qilgan. Bunday xolatlar Markaziy Osiyodagi boshqa respublikalar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga ham xos edi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin