Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə25/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

2-asosiy savol bayoni: Mustaqillik qishloq xo’jaligini yuritishning «markaz»lashgan shakliga chek qo’ydi. Barcha respublikalar qishloq xo’jaligida chuqur islohotlarni amalga oshirish davri boshlandi.
Qishloq xo’jaligida bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o’tish, mulkni davlat ehtiyojidan chiqarish va xususiylashtirish, fermer, va boshqa xo’jaliklar faoliyatini shakllantirish va taraqqiy ettirish chora-tadbirlarini ishlab chiqarishga katta e’tibor berilmoqda.
O’zbekistonda paxta maydonlari qisqartirildi, tarkibiy tuzilishiga o’zgartishlar kiritildi, g’alla maydonlarining ulushi 40 % ga etkazildi va 5,0 mln.t.dan ortiq g’alla tayyorlashga erishildi. Respublikalar qishloq xo’jaligi sohasida xo’jalik yuritishning ijarachilar uyushmasi, boshqa xususiylashtirilgan shakllari yaratildi, qishloqda fermerlar va dehqon xo’jaliklari paydo bo’ldi.
O’zbekistonda bugungi kunga kelib islohatlar markazi qishloq xo’jaligiga ko’chirildi. Buning sababini biz Islom Karimovning «O’zbekiston 21 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida (1997)gi fikr–mulohazalaridan ham bilsak bo’ladi: «Hozirgi vaqtda aynan iqtisodning agrar sektorida katta-katta zahiralar mavjud. Ularni ishga solish yaqin vaqt ichidayoq sezilarli natijalar berishi mumkin. Bugungi iqtisodiy o’zgarishlarning yakuni, o’zgarishlar jarayonlari agrar sektorni qanchalik keng qamrab olishga, qishloqda islohatlar qanchalik chuqur borishiga bog’liq bo’ladi».
Markaziy Osiyo Respublikalarida qishloq xo’jaligini rivojlashtirish uchun dunyodagi rivojlangan mamlakatlar tajribasiga katta e’tibor qaratilmoqda va qishloq xo’jaligi tarmoqlari ishlab chiqarishini taraqqiy ettirish uchun sanoatni takomillashtirish va rivojlantirishga harakat qilinmoqda.
Chunki, qishloq xo’jaligi eng avvalo sanoat, fan va texnikaning taraqqiyoti bilan bog’liq. Shuningdek qishloq xo’jaligi tarmoqlarini jadal taraqqiy ettirish uchun katta miqdorda moliyaviy resurslar ajratishga, uning moddiy–texnika va ilmiy bazasini yuqori darajada yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar ko’rilmoqda.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin