Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi


Shimoliy Turkmaniston iqtisodiy rayoni-D



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə85/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Shimoliy Turkmaniston iqtisodiy rayoni-Doshhovuz viloyatidan iborat. Rayon respublika hududining 13 foizini, aholisining esa 20 foizini tashkil etadi.
Aholi zichligi 1 km2 ga 9 kishi to’g’ri keladi. Rayon respublikaning shimoliy qismida Amudaryo deltasida, Sariqamish ko’li va shimoliy Qoraqum cho’lining bir qismida joylashgan. Doshhovuz respublikadagi qadimgi sug’oriladigan mintaqadir. Hozirgi kunda bu erda paxtachilik, donchilik, sabzavotchilik rivojlangan maydonlar ko’p. Bog’dorchilik, ayniqsa poliz ekinlaridan sershira qovunlari mashhur. Mintaqa yirik qishloq xo’jalik rayoni bo’lib, sug’orib dehqonchilik qilishga ixtisoslashgan. Mintaqa hududidan ko’plab sug’oruv kanallari o’tgan (Toshsoqa, Qilich-Niyozboy, Qipchoq-Bo’zsu va boshqalar).
Iqlimi nisbatan quruq, qishi sovuq, yozi qisqa, lekin bu erda Markaziy pishar paxta etishtirish yaxshi yo’lga qo’yilgan.
Shimoliy rayon Respublikaning 1G’5 foiz ekin ekiladigan maydoni, jumladan 1G’4 foiz paxta maydonini tashkil etadi Mintaqa sholi, oqjo’xori, etishtirish bo’yicha respublikada birinchi, paxta, kunjut etishtirish bo’yicha esa ikkinchi o’rinda turadi. Shuningdek bu erda makkajo’xori va uzum etishtiriladi.
Bu erda respublikaning 20 foiz pillasi tayyorlanadi. Shimoliy mintaqada so’nggi yillarda chorvachilik, ayniqsa qo’ychilik rivojlanib bormoqda. Qo’ylar asosan Sariqamish ko’li atroflarida boqiladi. Mintaqaning iqtisodiy va mada-niy markazi Doshhovuz shahri bo’lib, Amudaryoning qo’yi qismida, temir yo’l yoqasida joylashgan. Shahar 19 asrlarda Xiva xonligi qal’asi sifatida tashkil topgan. Aholisi asosan o’zbeklardan iborat.
Sobiq ittifoq davrida Doshhovuz yirik sanoat va transport markazi sifatida rivojlanadi. Chorjoy-Qo’ng’irot-Beynov temir yo’lining qurilishi shaharning iqtisodiy aloqalarini kuchaytiradi. Shaharni Shovot magistral kanali ikki qismga: eski va yangi shaharga bo’lib turadi. Shaharda bir qancha sanoat korxonalari; paxta tozalash, yog’-moy, non, avtoremont, qishloq xo’jalik mashinalari remonti zavodi va boshqalar ishga tushirilgan. Shuningdek shaharda milliy hunarmandchilik gilam to’qish va ko’lolchilik yaxshi rivojlangan.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin