Analysis of world scientific views International Scientific Journal 2023 Vol1 Issue 8 IF(Impact Factor)8.2 / 2023 https://academics.uz/index.php/awsit
142 ajralib o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan besh respublikaning vujudga kelishi turli
tadqiqotchilar uchun mintaqani qaytadan kashf etish jarayonini boshlab berdi.
Jahon Markaziy Osiyoning zamonaviy tarixini mustaqil ahamiyatga ega tadqiqot
obyekti sifatida o‘rganmoqda. Zeroki, Markaziy Osiyoda jo‘g‘rofiy-siyosiy
joylashuv, umumiy din, o‘zaro o‘xshash tillar hamda qardosh xalqlar madaniyati
tutashgan mushtarak rishtalar mavjud.
Markaziy Osiyoning zamonaviy tarixini tadqiq etishda turli xil omillar
ustuvor o‘rin egallaydi. Bular jumlasiga siyosiy, iqtisodiy, madaniy, geografik va
geosiyosiy omillarni alohida keltirish mumkin. Tabiiyki, bunday nuqtayi-nazar
Markaziy Osiyoning o‘ziga xos xususiyati bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo: yagona tarix
umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik”
mavzusidagi xalqaro konferensiyada bu masalaga alohida urg‘u berib shunday
degan edi: “Bizning mintaqamiz xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi
qo‘shnichilik rishtalari bog‘lab turadi. Bizni tarix, umumiy, madaniyat va an’analar
birlashtiradi. Yevrosiyoning yuragida joylashgan mintaqamiz Yevropa va Yaqin
Sharq, Janubiy va Sharqiy Osiyoni bog‘lovchi ko‘prik bo‘lib, Rossiya va Xitoy
singari yirik davlatlar bilan chegaradoshdir. Mintaqamiz tabiiy resurslarga boy, bu
yerda ko‘plab mamlakatlar va butun mintaqalar rivojiga sezilarli darajada ta’sir
ko‘rsatagan noyob madaniyat va taraqqiyot salohiyati mavjud”.
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, Markaziy Osiyo geosiyosiy ahamiyati
mintaqaning o‘z salohiyati bilan emas, balki asosan boshqa, chindan ham muhim
mintaqalarga yaqinligi bilan belgilanadi. Masalan, “Vikipediya free ensiklopediya”
deb nomlangan ommabop internet saytda quyidagi so‘zlarni o‘qish mumkin:
“Markaziy Osiyo uzoq davr mobaynida strategik ahamiyatga molik mintaqa deb
hisonlanib kelingani faqat uning Yevrosiyoda joylashgan buyuk davlatlarga
yaqinligi bilan bog‘liq. Mintaqaning o‘zi hech qachon ko‘p sonli o‘troq aholiga
ham, o‘z tabiiy boyliklaridan foydalanish qobiliyatiga ham ega bo‘lmagan. Shu