Doimiy eslab qolish qurilmasi (DEKD) ham bosh platada o‘rnatilgan modullar (kassetalar) asosida quriladi va ushbu o‘zgarmaydigan axborotlarni saqlash uchun ishlatiladi: operatsion tizimning yuklovchi dasturlari, kompyuter qurilmalarining testlash dasturlari va kiritish-chiqarish bazaviy tizimining (BIOS) bazi drayverlari va b. DEQQ dan faqat ma’lumotlarni o‘qish mumkin, DEQQ ga ma’lumotni yozish EHM dan tashqarida laboratoriya sharoitlarida bajariladi. DEQQ ning modullari va kassetalari, odatda, bir necha yuz kilobaytdan ortmaydigan sig‘imga ega. DEQQ, energiyaga bog‘lik, bo‘lmagan eslab qolish qurilmasidir.
Tashqi xotira Tashqi xotira qurilmasi yoki boshqachasiga aytganda, tashqi eslab qilish qurilmasi (TaEQQ) juda xilma-xildir. Ularni bir qator belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin: tashuvchi ko‘rinishi bo‘yicha, konstrukciya tipi bo‘yicha, ma’lumotlarni yozish va o‘qish tamoyili bo‘yicha, murojaat qilish usuli bo‘yicha va h. k.
9. Arifmetik mantiqiy qurilma vazifasini tashkil etuvchilar bilan tanishish Arifmetik-mantiqiy qurilma axborotni o‘zgartirishga oid arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan qurilma sanaladi.
Funksional jihatdan AMQ, odatda, ikkita registr, summator va boshqaruv sxemasidan (mahalliy boshqaruv qurilmasidan) tashkil topgan.
Summator - kirish qismiga kelayotgan ikkilik sonli kodlarni qo‘shish amalini bajaruvchi hisoblash sxemasi bo‘lib, mashinaning ikkilangan so‘ziga oid razryadlik darajasiga ega.
Uzunligi turlicha bo‘lgan tez ishlovchi xotira registrlari: 1- registr (Pr1) ikkilangan so‘z, 2- registr (Pr2) esa bitta so‘zga oid razryadlik darajasiga ega.
Operatsiya bajarilayotgan paytda Pr1 ichida operatsiyada ishtirok etayotgan birinchi son, operatsiya yakuniga yetgach - natija joylashadi;
Pr2 ichida esa operatsiyada ishtirok etayotgan ikkinchi son joylashib, operatsiya yakuniga yetgach, uning ichidagi axborot o‘zgarmay qoladi. 1- registr axborotni ma’lumotlarning kodli shinasidan olishi va xuddi shu shinasi orqali uzatishi mumkin.
Boshqaruv sxemasi yo‘riqlarning kodli shinasi orqali boshqaruv qurilmasidan boshqaruv signallarini qabul qilib, registrlar va AMQ summatori ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan signallarga aylantiradi.
MQ arifmetik (+, - , *, :) operatsiyalarni faqat so‘nggi razryaddan so‘ng qayd etilgan vergulli ikkilik axborotga, ya’ni faqat butun ikkilik sonlarga nisbatan bajaradi.
O‘zgaruvchan vergulli ikkilik sonlar hamda ikkilik-kodlashgan o‘nli
sonlarga nisbatan operatsiyalar ijrosi matematik soprotsessor yoki maxsus tuzilgan dasturlar jalb etilgan tarzda bajariladi.