Marketing asoslari



Yüklə 18,84 Kb.
tarix21.12.2023
ölçüsü18,84 Kb.
#187832
Begaliyev Javohir M


Begaliyev Javohir M-92-2/22 guruh talabasi
“Marketing asoslari” fanidan amaliy ishi .


1. Marketing kommunikatsiyasi - firmadan turli ommaga, mijozlar, xaridorlar, sotuvchilar, yetkazib beruvchilar, aksionerlar, boshqaruv organlari hamda firmaning o‘z xodimlariga mo‘ljallangan signallar majmuasidir. Reklama, shaxsiy savdo, savdoni rag`batlantirish va jamoat bilan aloqalar kabi asosiy vositalar kommunikatsiya majmuasi hisoblanadi.
Kommunikatsiya raqobat kurashida muvaffaqiyat omili bo‘lib hisoblanadi. Korxona o‘z firmasining yaxshi imijini yaratish uchun ko‘plab kommunikativ jarayonlar bilan o‘zaro kelishishga majbur. Korxona tovar bilan raqobatlashib kommunikativ raqobatga chuqurroq, ya’ni bozorni muhimroq maqsadli segmenti va xaridorlari e’tiboriga erishishga kurashib jalb etiladi.
Keyingi kommunikativ siyosatda strategik va taktik choralarni ichiga oluvchi faqat kompleks yondashish imkoniyati qo‘yiladi. Buning uchun korxonadan tadbirkorlikning integratsiyalangan kommunikativ konsepsiyasini yaratish va rivojlantirish talab qilinadi.
Integratsiyalangan kommunikativ jarayonning xususiyati bo‘lib kommunikatsiya vositasi va jarayoni, tashuvchilari, shakllarining turlitumanligi hisoblanadi.
Kommunikatsiya quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
  1. Kontakt turi bo‘yicha: shaxsli va shaxssiz.


  2. Jadalligi bo‘yicha: jadal va bo‘sh.


  3. Qo‘llash chastotasi bo‘yicha: yagona va ko‘p marotabalik.


  4. Ta’sir natijasiga ko‘ra: samarali va samarasiz.


  5. Kommunikatsiya tashuvchilari sifatida: menejment (firma boshqaruvi), xodimlar, mijozlar, jamoat, biznes bo‘yicha sheriklar va boshqalar.



Marketing tizimida kommunikativ jarayonlarni boshqarish:

  1. Kommunikatsiyalar va tovarlarni ilgari surish strategiyalarini ishlab chiqish samarali kommunikatsiyalar algoritmini asoslash.


  2. Hamkorlik, iste’molchilar va raqobatchilar bilan o‘zaro harakatlanishning samarali tizimini ishlab chiqish.


  3. Multimedia – kompaniyalarning optimal qarorlarini ishlab chiqish: reklama maqsadlarini tasdiqlash, reklama budjeti haqida qaror qabul qilish, reklama vositalarini tanlash, reklamaning samaradorligini baholash.


  4. Bevosita marketing dasturini ishlab chiqish, savdoni optimallashtirish va PR(Public Relations




2. narx bu raqobat, resurslarni qayta taqsimlash, kapital harakatining vositasidir. Narx – tovar, buyum va xizmatlar qiymatining puldagi ifodasi. Narx bu tovar nafliligi tan olinganda uning qiymatining pulda ifodalanishi, qiymatning bozorda namoyon bo‘lish shakli.
Mahsulotning narxiga xaridor uni olishga tayyorligi va mahsulotning nafligi ta’sir ko‘rsatadi. Agar xaridorda alternativ mahsulotni tanlash imkoniyati bo‘lsa, unda xaridor tomonidan mahsulotni sotib olish yoki olmaslik qaroriga nisbiy narx ta’sir qiladi. Bu vaziyatda xaridor o‘zi uchun eng ma’qul va ko‘proq foydali bo‘lgan mahsulotni sotib oladi.
Narx – “marketing-miks” kompleksining vositalaridan biri hisoblanadi. U hech qachon marketing — miksning boshqa vositalaridan ayrilgan holda ko‘rilmasligi kerak. Korxona biron bir “narx muammosini” tahlil qilganda ko‘p hollarda uning sababi narx emas, balki narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat ko‘rsatkichlarining zaifligi hisoblanadi.
Narx va narx belgilash siyosati marketingning bosh tarkibiy qismlaridan biridir. Oxirgi yillarda narx bo‘yicha olib borilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida mikroiqtisodiyot va marketing orasidagi masofa kamaymoqda. Mahsulotning narxi va nafliligi o‘rtasidagi nisbat har bir iqtisodiy kelishuvning asosidir.
Narx marketing va firma faoliyatining boshqa o‘zgaruvchilari bilan uzviy aloqada bo‘ladi. U tovarning hayotiylik sikli davomida o‘zgarib turadi. Marketingda baho siyosatining mohiyati, bozorda aniq ulushga erishish, ko‘zda tutilgan foydani olish va boshqa strategik va tezkor masalalarni yechish uchun firma tovarlariga narx belgilash va narxlarni o‘zgartirib turishdan iborat.
Nima uchun tovar narxi uning sifatini o‘lchaydigan ko‘rsatkich sifatida namoyon bo‘ladi?
Bu quyidagilar bilan izohlanadi:

  1. Tajribalardan ma’lumki, yuqori narx tovar sifatini past narxga qaraganda ko‘proq kafolatlaydi.


  2. Narx xarid jarayonida iste’molchi uchun bir o‘lchovli ma’lum ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Mahsulot narx bilan solishtiriladi. Bir iste’mol ehtiyojini qondiruvchi bir necha firmaning mahsuloti xaridor tomonidan solishtiriladi, so‘ngra xarid haqida qarorlar qabul qilinadi.


  3. Tovar narxi sotuvchi orqali xaridorga yetib boradigan signal bo‘lib hisoblanadi. Reklamada tovar narxi ko‘rsatilmaydi.




3. Marketing faoliyatida bozorni o’rganishning asosiy elementlaridan biri bozor kon’yukturasini o’rganish bilan bog’liq bo’ladi.Kon’yuktura deganda ma’lum omillarning ta’siri natijasida vujudga keladigan qisqa muddatli shart-sharoitlar tushuniladi. Omillarning o’zgarishi kon’yukturaning o’zgarishiga olib keladi.Marketing esa bozor kon’yukturasi deganda begilangan vaqtda maqsadli bozorda vujudga keladigan iqtisodiy shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. Bozor kon’yukturasini o’rganish zarurati, quyidagilarga bog’liq bo’ladi:
A) odatda bozorning sig’imi, segmentlanishi va ishlab qayishqoqligi o’zgarib boradi, shu sababli ularning monitoringini amalga oshirish lozim.
B) bozordagi omillar kompleks ravishda ta’sir o’tkazish sabali ularni alohida o’rganish tegishli samara bermaydi;
C) bozor to’g’risidagi ma’lumotlar odatda retrospektiv xarakterga ega, shu sababli rejalashtirish uchun maxsus usullar talab qilinadi.
Bozor kon’yukturasini o’rganish mazmuni va tartibi firma tomonidan ko’zlangan maqsadga bog’liq bo’ladi va uch turga bo’linadi: konyuktura axborotnomasi, konyuktura tahlili va konyuutkra prognozi.
Yüklə 18,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin